Prokuratura to‘G‘risida


-modda. Ishlarni suddan talab qilib olish va chaqirib olish



Yüklə 304,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/31
tarix25.12.2023
ölçüsü304,2 Kb.
#195285
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
prokuratura tóğridagi qonun

34-modda. Ishlarni suddan talab qilib olish va chaqirib olish 
Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni 
prokuror o‘z vakolatlari doirasida suddan talab qilib olish huquqiga egadir. Prokuror yoki uning 
topshirig‘iga binoan prokuratura organlarining boshqa xodimlari sudlarda bunday ishlarning har 
qanday toifasini o‘rganib chiqish huquqiga ega. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ayblov xulosasini, ayblov dalolatnomasini, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini 
qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror jinoyat ishi sudda 
ko‘rish uchun tayinlanguniga qadar ishni suddan chaqirib olish huquqiga ega. 
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 
35-modda. Sud qarorlariga protest keltirish 
Prokuror protsessual qonunda belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida sudning hukmi
hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga protest keltirishga haqli. 
Protest keltirish prokurorning vakolat doirasidan chetga chiqib ketadigan hollarda u protest 
keltirish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan yuqori turuvchi prokurorga murojaat etadi. 
36-modda. Protestlarni o‘zgartirish, to‘ldirish, chaqirib olish 
Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga nisbatan keltirilgan apellatsiya, 
kassatsiya, xususiy va nazorat tartibidagi protest ishni sudda ko‘rish boshlangunga qadar protest 
keltirgan prokuror tomonidan, shuningdek yuqori turuvchi prokuror tomonidan o‘zgartirilishi, 
to‘ldirilishi yoki chaqirib olinishi mumkin. 
V BO‘LIM. PROKUROR NAZORATI HUJJATLARI 
37-modda. Prokuror nazorati hujjatlarining turlari 
Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir.

Yüklə 304,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin