4.Wi-MAX texnologiyasi imkoniyatlari: Wi-MAX texnologiyasi har qanday, shu jumladan zich shahar imoratlari sharoitlarida ishlashga, aloqa yuqori sifati va malumotlar uzatish katta tezligini ta’minlashga imkon beradi. Wi-MAX texnologiyasidan simsiz ulanish nuqtalarini tashkil qilib, kompaniyalar bo’limlari o’rtasida tarmoqni tashkil qilib va ilgari ananaviy texnologiyalar sababli imkoni bo’lmagan boshqa masalalarni hal etib
“oxirgi nuqta” keng polosali ulanishlarni yaratish uchun foydalanish mumkin.WiMAX texnologiyasi yuqori tezliklarda Internetga ulanishni, Wi-Fi tarmoqlariga qaraganda keng zonalarni qoplash va ishonchlilikni ta’minlashga imkon beradi.
Wi-MAX texnologiyasi -bu butun shahar hududida tashkil qilinadigan keng polosali simsiz ulanish tarmog’i, resiverdan baza stantsiyasigacha masofa esa kilometrlar bilan o’lchanadi. Wi-MAX qayd etilgan, mobil va harakatdagi ulanish senariylarini ta’minlaydi. Aloqa bilan ta’minlash masofasi-60 km, ulanish tezligi - 60 Mbit/s gacha. Wi-MAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: Wi-MAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat.
Wi-MAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga o’rnatilishi mumkin).
Wi-MAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form faktori asosida). Baza stansiyasi va qabul qiluvchi abonent antennasi bog’lanishi uchun o’ta yuqori chastota diapazonidan(O’YuCh) foydalaniladi. 2-11 GHz. Bu bog’lanish agar ideal darajada bo’lsa, unda ma’lumot uzatish tezligi 20 Mbit/s gacha bo’ladi. Bu bog’lanish abonent va server orasida to’g’ridan-to’g’ri ko’rinish talab etmaydi. Shuni yodda tutish lozimki, Wi-MAX texnologiyasi nafaqat «oxirgi nuqta»
(«so’nggi mil»), balki regional tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bog’lashda bemalol qo’llash mumkin.
Qo’shni baza stansiyalari bilan O’YCh (o’ta yuqori chastota 10-66 GHz) to’g’ridan-to’g’ri radioaloqa rejimida doimiy bog’lanish o’rnatiladi. Bunday bog’lanishlar 120 Mb/s tezlikda ma’lumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining to’g’ridan to’g’ri ko’rish orqaligina bir biri bilan ma’lumot almashinishi bu Wi-MAX ning minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida bir-biri bilan bog’lanishga orada to’siq bo’la olardi.
3-rasm. Wi-MAX stansiyalararo aloqa tarmog’i
5.Wi-MAX ning ishlash rejimlari: Fixed Wi-MAX - fiksirlashgan kirish. Nomadic Wi-MAX - seansli kirish.
Portable Wi-MAX - qaytadan joylashtirish rejimi bo’yicha kirish. Mobile Wi-MAX - mobillashgan kirish.
Fixed Wi-MAX. Fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu chastotali diapason kuchli so’nish tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning to’g’ridan to’g’ri bir biriga ko’rish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo bo’lmish signalning ko’pnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 120
Mbit/s gacha ko’tarilishiga olib keladi.
Nomadic Wi-MAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga ko’chib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi mumkin.
Portable Wi-MAX. Portable rejimida foydalanuvchining baza stansiyalar aro aloqani uzmagan holda avtomatik ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda foydalanuvchining joydan-joyga ko’chish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim. To’g’ri, ushbu rejimdan shaxarda foydalanish mumkin, lekin avtomobillarda foydalanish biroz muammoni tug’diradi.
Mobile Wi-MAX. 802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan bo’lib, foydalanuvchining joydan-joyga ko’chib yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha bo’lganda sifatli aloqani taminlay oladi. Mobile rejimning yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab o’tishimiz mumkin.
Ko’p nurlanishli tarqalishdan ishonchli himoyalanganligi.
Yuqori o’tkazuvchanlik qobiliyati.
TDD (Time Division Duplex) texnologiyasi bilan ta’minlanganligi, bu texnologiya orqali assimetrik trafiklarni qayta ishlashga va antennalarningishlashi qiyin bo’lgan kanallarni normallashtiradi.
ta’minlanganligi, bu texnologiya abonent serverdan boshqa serverga o’tish paytida aloqani uzmasdan ishonchliligini ta’minlaydi.
HHO(Network-Optimized Hard Handoff) texnologiyasi bilan ta’minlanganligi, bu texnologiya orqali 50 ms ichida abonent va server orasida ishonchli va uzviy aloqani ta’minlaydi va boshqa texnologiyalar bilan ta’minlangan.
Bir so’z bilan aytganda, bu rejim ishonchli va mustahkam aniq aloqani ta’minlashga ega. Hozirgi paytda simsiz aloqaning qurilish texnologiyasi soddaligi va tizimlararo ma’lumot almashish qulayligi, har qanday ob-havo sharoitida aloqani uzatish bir xilligi va simli aloqa liniyalari texnologiyalari orqali (bog’langan holda) qulayaloqa qilishi orqali samaraliligi oshishi kabilar qulaylik yaratmoqda. Wi-MAX texnologiyasi orqali qo’shimcha xizmatlar yaratish (Internet tizimga ulanish qulayligi va yuqori tezlikda ma’lumot almashishi) va ularni ishonchli ishlatilishi texnologiyaning ustuvorligini ko’rsatmoqda.
XULOSA
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, simsiz aloqa texnologiyasi rivojlanishi natijasida qimmat bo’lgan simli va sun’iy yo’ldoshli aloqa tizimlaridan kam foydalanilib, iqtisodiy jihatdan tejamkorlikka erishish mumkin. Bunday texnologiyalarni qo’llash orqali foydalanuvchi mobil va statsionar holatda, ixtiyoriy geografik muhitda ham aloqa almashinuvini va boshqa aloqa xizmatlaridan samarali foydalana oladi va vaqtdan ham, iqtisodiy jihatdan yutuqqaerishiladi. Shularni e’tiborga olib, biz ham Wi-Fi, WiMax va Wi-Bro texnologiyalarining ochilmagan qirralarini o’rganish, ularni qo’llash choralarini topish, parametrlarini optimallashtirish va yangi ko’rinishdagi tarmoq topologiyalarini loyihalashtirish oldimizga qo’yilgan dolzarb va muhim masaladir.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Qosimov S.S “Axborot texnologiyalari” texnik oliy o’quv yurtlari uchun uslubiy qo’lanma. Toshkent.: “Aloqachi” 2006