2 - rasm. Proteus dasturning asosiy oynasi
Komponentlar bibliotekasi
Komponentlar bibliotekasiga kirish uchun, piktogrammasi, keyin ob'ekt tanlagichning yuqori chap qismidagi tugmasini bosiladi (uning maydonida sichqonchaning chap tugmasini bosish ham mumkin). Sung, 3-rasmda ko’rsatilgan oyna ochiladi.
Biblioteka komponentlari kategoriyalar bo’yicha guruhlangan (Category) — kondensatorlar, rezistorlar, operasion kuchaytirgichlar, mantiqiy elementlar, mikrokontrollerlar va hokazo. Har bir kategoriya podkategoriya (Sub-category) larga bo’lingan. Masalan, kondensatorlar keramikali, oksidli va hokazo bo’lishi mumkin. Ma'lum tayyorlovchi komponentlari (Manufacturer) ni tanlash imkoniyati ham kiritilgan. Keywords oynasida kerakli komponent nomi (to’liq yoki bir kismi) ni yozgan holda topish mumkin.
3 - rasm. Komponentlar bibliotekasi oynasi
Sxema elementlarining o’zaro ulanishi
1. Sxema elementlarini o’zaro ulash uchun sichqoncha kursorini elementning chetiga shunday olib kelish kerakki, bunda elementning chetki qismi qizil kvadrat shakliga kelsin (4 - rasm).
- rasm. Elementlar ulanishida qizil kvadratning ko’rinishi
2. Keyin, qizil kvadrat paydo bo’lgach, sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda kurosorni boshqa element chetiga olib kelib, qizil kvadrat hosil bo’lgach qo’yib yuboriladi (5 - rasm). Shundan keyin elementlar ulanadi.
5 - rasm. Sxemadagi ulangan elementlarining ko’rinishi
Element parametrlarini o’zgartirish
Element parametrlarini o’zgartirish uchun parametri o’zgartiriluvchi element ustida sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi, hosil bo’lgan menyuda zgartirish uchun parametric o’zgartiriluvchi element ustida sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi, hosil bo’lgan menyuda Edit Properties satrini sichqonchaning chap tugmasini bosish bilan tanlanadi. Hosil bo’lgan oynada element qiymatlari o’zgartiriladi, quyida ko’rsatilgan holatda qarshilik qiymati o’zgartirilgan (6 - rasm).
Dostları ilə paylaş: |