Przyszłości


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR



Yüklə 21,89 Kb.
səhifə2/4
tarix18.12.2023
ölçüsü21,89 Kb.
#183939
1   2   3   4
347-350 Finlyandiya Va O‘Zbekistonda Ta‘Lim Tizimini Sifatini Solishtirma Taxlili

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR


O„zbekiston Respublikasida uzliksiz ta„lim tizimini tashkil etish va uning tashkiliy bo„linmalarini belgilash uchun “Ta‟lim to„g„risidagi qonun” qabul qilingan. Ta‟lim to„g„risidagi qonunda uzliksiz ta‟limni barcha tamoyillari belgilab berilgan.[3]
Dunyo miqyosida rivojlanish Respublikamiz ta‟lim tizimini tashkillashtirish va uni boshqarish tamoillari modernizasiyalashni ta„lab etmoqda. Shuning uchun xam O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PF- 5763-son "Oliy va o„rta maxsus ta„lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to„g„risida"gi Farmoni e„lon qilindi. [2] Farmonda Oliy va o„rta maxsus, kasb-hunar ta„lim tizimini tubdan takomillashtirish, sohada davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish, tizimdagi muassasalarning sifatli faoliyat yuritishini ta„minlash orqali yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil etish maqsadida, shuningdek 2017 - 2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo„nalishi bo„yicha Harakatlar strategiyasi hamda O„zbekiston Respublikasida Ma„muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq katta o„zgarishlar kiritildi. [1]
Joriy yilning 6 noyabr kuni O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “O„zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta„lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to„g‟risida”gi farmoni qabul qilingan edi.[4] Farmonda maktab ta„limi bo„yicha ilg„or davlatlar tajribasini, xususan Finlyandiya ta„lim tizimining o„ziga xos xususiyatlarini o„rganish vazifasi yuklatildi. Davlatimiz rahbari tomonidan aynan Finlyandiyani misol qilib ko„rsatilgani bejizga emas. Ushbu mamlakat ta„lim sifatini baholash bo„yicha o„tkazilgan xalqaro tadqiqotlardagi o„z muvaffaqiyatlari bilan ajralib turadi. Fin o„quvchilari PISA tadqiqotidagi barcha yo„nalishlarda savodxonlik va ta„lim tengligi ko„rsatkichlari bo„yicha eng yaxshi natijalarga erishgan.
Xalqaro o„quvchilarni baholash dasturi (PISA - The Programme for International Student Assessment) shunday tadqiqot dasturlarining eng keng tarqalgani hisoblanadi. PISAning o„ziga xos xususiyati shundaki, u sof bilimni emas, balki turli



1 Farg‘ona davlat universiteti, matematika-informatika fakulteti, axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi

sohalarda savodxonlikni baholaydi. Savodxonlik - “o„quvchilarning asosiy mavzular bo„yicha bilim va ko„nikmalarni qo„llash qobiliyati, turli vaziyatlarda muammolarni aniqlash, talqin qilish va hal qilishda samarali tahlil qilish, mulohaza yuritish va muloqot qilish qobiliyati” sifatida izohlanadi. PISA dasturi doirasida har 3 yilda takrorlanuvchi sikllarda o„quvchilarning matematika, tabiiy fanlar va o„qish fanlari savodxonligi baholanadi. PISA dasturi 2000 yilda tashkil etilgandan buyon Finlyandiya unda muntazam qatnashib kelmoqda va erishgan natijalari bilan fin ta„lim tizimi dunyodagi ko„plab mamlakatlarining e„tiborini o„ziga jalb qilmoqda. Finlyandiya ta„lim tizimi PISA tadqiqotlari natijalari bo„yicha uzoq davrda eng yaxshi natijalarga erishgan davlatlardan biri hisoblanadi.
Finlyandiyaning ta„lim to„g„risidagi qonunida (1998 yil) ta„limining uchta asosiy maqsadi belgilab berilgan:

  1. o„quvchilarga hayotda zarur bo„lgan bilim va ko„nikmalarni berish.

  2. jamiyatda rivojlanish va tenglikni targ„ib qilish .

  3. butun mamlakat bo„ylab ta‟lim sohasida tenglikni ta‟minlash.

Finlyandiyaning intellektual va ta‟lim sohasidagi islohotlari fin ta‟lim tizimini o‟zgartirib yuborib, uni dunyodagi eng yaxshi tizimlardan biriga aylantira oldi. Fin ta„lim tizimi bugun dunyoning ko„plab rivojlangan mamlakatlaridagi tizimlardan farq qiladi. Jumladan,

    • Finlandiya tizimi standart sinovlarni rag„batlantirmaydi;

    • Finlyandiyada odatiy fikrlash amaliyoti va o„qitishning yaxlit muhitiga e„tibor qaratiladi

Ko„pgina maktab tizimlari test natijalarini oshirish, matematika va tabiy fanlardan bilimlarni oshirishga e„tibor qaratadilar. Ular uchun talabaning yakuniy imtixonlarda qayd etadigan natijalari muhimroq. Ko„p yillar oldin fin maktablari ham shunday edi. Undan keyin jiddiy islohotlar davri boshlandi. Finlandiyada a„lo baholarga ega bo„lish katta ahamiyat kasb etmaydi. Buning o„rniga ular maktab muhitini yanada adolatli tashkil qilishga harakat qilishdi.
O„tgan asrning 80-yillaridan beri Finlyandiya o‟qituvchilari ushbu masalalalarga ustuvor ahamiyat qaratib kelmoqdalar:
-Ta„lim, ijtimoiy tengsizlikni muvozanatlash vositasi bo‟lishi kerak.
-Barcha talabalar maktabda bepul ovqatlanishadi.
-Sog„liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish qulay bo„lmog„i lozim.
-Maktabda o„ziga xos psixologik maslahatlar berib boriladi.
Finlandiyada o„quvchilar yetti yoshdan maktabga boradi. Majburiy ta„lim 9 yil davom etadi, undan keyin o„qishni davom ettirish yo ettirmaslikni bolaning o„zi tanlaydi.
Bu narsa bolalarga o„zini muayyan fikrlar qafasiga solmasdan, hayotga tayyorlashni osonlashtiradi. Finlandiyada qarorni o„quvchining o„ziga qo„yib berishadi, bu esa har tomonlama samarali usul hisoblanadi. Ya„ni o„quvchi xayotda o„zini fikriga ega bo„lishni va qaror qabul qilishni o„rganadi.
Odatda o‟quvchilar hayotda nimagadir erishish uchun o‟qishni kollejlarda davom ettirishlari, imtixonlardan o„tishlari, murakkab bir tizim ichida bo„lishlari kerak. Bu esa ularni psixologik qafasga solib qo„yadi. Finlyandiyada esa ushbu muammo boshqacharoq hal qilinadi. Maktab bitiruvchilariga o„z hayotlarini davom ettirish uchun kollejlar bilan birga bir xil foydali bo„lgan boshqa imkoniyatlar taklif qilinadi.
Kasb hunar kollejlari xam xuddi shu jumladandir. Bu fin o„quvchilariga o„z iqtidorini istaganicha yo„naltirish imkoniyatini beradi.

Yüklə 21,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin