«Психология» маъруза матни



Yüklə 460,5 Kb.
səhifə23/31
tarix15.02.2023
ölçüsü460,5 Kb.
#84436
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Temperament – (yunoncha. Temperamentum – sifatlar munosabatlarni aralashtiraman) – inson psixik faoliyatining dinamik xususiyatlari, jumladan temni, tezligi, ritmi, intensivligi jihatidagi xarakteristikasidir.
Temperament sifatlari, bu shunday psixikaning individual sifatiki, ular psixik faoliyatining oqimini ifodalaydilar. Psixologik jihatdan temperament emotsional qo`zg`aluvchanlikdagi tezligi, kuchi va barqarorligida namoyon bo`ladi. Ular turli mazmunda vaziyatga qaramay, nisbatan o`zgarmas doimiy bo`lib, ular temperament turini ifodalovchi motiv va faoliyat maqsadlarida mavjud bo`ladi.
Yuqorida aytilganlardan shu narsa ayon bo`ladiki, emotsional quzg`aluvchanlik turli odamlarda qo`zg`alish kuchi, tezligi va barqarorligiga ko`ra turlicha bo`ladi. Shunday odamlar borki, ularda qo`zg`alish tez yuzaga keladi, kuchli va barqaror bo`ladi. Va unga teskari qo`zg`aluvchanlika ega bo`lgan kishilar ham bor. Bu holatlar ayniqsa, his-tuyg`ular yuzaga kelayotgan ixtiyorsiz holatlarda yaqqol namoyon bo`ladi. Tashqi jihatdan qo`zg`aluvchanlik yuz tuzilishi, mimika, pantomimika, turli xatti-harakatlarda namoyon bo`ladi. Bu holatlar diqqat, iroda, nutq tezligida ham o`z ifodasini topadi.
Temperament inson psixikasining individual xususiyatlaridan biri bo`lib inson psixik faoliyatining o`tishini ya’ni dinamikasini belgilab beradi. Ammo psixik faoliyat dinamikasi faqat temperamentga bog`liq bo`lmay, psixik faoliyat dinamikasi, shuning bilan birga, motivlarga va psixik holatlarga ham bog`liqdir. Temperamentning xususiyatlari deganda bir inson psixik faoliyati dinamikasining bog`lovchi psixikasining barqaror individual xususiyatlarini tushunamiz. Bu xususiyatlar turli mazmundagi faoliyatlarda motivlarda va maqsadlarga nisbatan o`zgarmaydi hamda tamperament tipining xarakterlovchi strukturasini hosil qiladi. Demak, psixikaning individual jihatdan o`ziga xos, tabiiy jihatdan shartlashgan dinamik ko`rinishlari majmui kishining temperamenti deb ataladi.
2. Temperament haqida ta’limot ilk bora yunon tabibi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-356 yillar) tomonidan yaratilgan bo`lib, uning ta’limotiga asosan «temperament» tushunchasi paydo bo`ladi va temperament turlarining nomlari saqlanib qoldi.
Bu qadimiy gumoral (subqlikka asoslangan) nazariya bo`lib, u temperament xususiyatlarini organizmdagi suyuqliklar bilan bog`laydi. Gippokrat fikricha inson organizmida to`rt xil suyuqlik mavjud:
Safro (yunon chole)
Qon (lotin Sanguis)
Qora o`t ( yunon melaine chole)
Shilimshiq (yunon phlagma)
Har bir suyuqlik o`z xususiyati va o`rniga ega.
Safro xususiyati - quruqlik. Uning o`rni organizmda quruqlikni saqlash.
Qonning xususiyati – namlik. U organizmni isitadi.
Shilimshiqning xususiyati – sovuqlik. U organizmni sovutishga xizmat qiladi.
Gippokrat fikricha inson organizmida mana shu to`rttadan bitta suyuqlik ustuvorlik qiladi. Ushbu suyuqliklar munosabati yunon terminologiyasida «krasis» deb atalib, (arlashma, qorishma) tarjima qilinganda «temperament» tushunchasi yuzaga keladi.
Gippokrat nazariyasi asosida 4 ta temperament turlari haqidagi ta’limot yuzaga keldi va temperament turlariga asos solindi. Unga asosan singvinik (sangvinik lotin Sanguis - qon), xolerik (yunon chole – safro, sariq o`t), melanxolik (yunon melaina chole qora o`t), flegmatik (yunon phlagma – shilimshiq) turlari yuzaga keldi.
Temperamentga taalluqli Abu Ali ibn Sino qarashlari (980-1037 y.) ham juda qiziqarlidir. U temperamentga tabiiy va psixologik tushuntirish beradi. Ibn Sino ta’limoti Gippokrat ta’limotiga asoslngan bo`lib, uning fikricha temperament bir-biriga qarama-qarshi sifatlar munosabatida yuzaga keladigan xususiyatdir. Ulardan birining ustuvorligi temperament turini yuzaga keltirib, bunda organizmdagi 4 ta suyuqlikdan biri ustuvor bo`ladi. Abu Ali ibn Sino fikrilari temperament haqidagi ta’limot tarixida o`ziga xos ahamiyatga ega.
Ilk bora temperament xususiyatlarning psixologik tavsifi nemis faylasufi I.Kant («Antropologiya», 1789 y.) tomonidan berilgan bo`lib, uning fikrlari, g`oyalarida temperament va xarakter sifatlarning aralashib ketishi namoyon bo`ladi. I.Kant ham o`z g`oyalarida gumoral nazariya asoschilariga suyanadi.
Gumoral nazariya yaqinroq fikrlarni I.F.Lesgaft (1837-1909) ilgari surib, u asosan temperament turlarini namoyon bo`lishini qon almashishinishi bilan bog`laydi.
Bunda u temperament turlari qon tomirlarini diametri, yurak formasi va tuzilishiga bog`liq deydi. Uning fikricha, qalin qon tomirlariga ega bo`lganlar xoleriklar, tor qon tomirliklar melanxoliklar va h.q.dir.
Temperamentni tadqiq qilishning ikkinchi yo`nalishi konstitutsional nazariyaga bog`liqdir. Uning asoschisi E.Krechmer (1888-1964) bo`lib, u temperament tiplarini morfologik konstitutsiyaga qarab aniqlashga e’tiborni qaratadi. Kremerga asosan, ular shizoid temperamentga xos bo`lib, ular his-tuyg`uga beriluvchan, sovuqqon, o`z ichki dunyosi bilan band, xatti-harakatlari chegaralangan kishilardir.
Morfologik nazariyaga amerikalik psixolog U.Sheldonining(1898-1974) ha kontseptsiyasini kiritish mumkin bo`lib, unga asosan temperament uch somatik konstitutsiyaga ega? Endomorf, mezamorf va ektomorf.
Endomorf – yumshoqlik, dumaloq tana tuzilishi, sust rivojlangan suyak va muskul tizimi, sevgi va komfortga intiluvchanlik, his-tuyg`uga beriluvchanlik, sekin harakatlanish xosdir. U vistserotonik temperamentdir.
Mezomorf - qt’iylik, beshafqatlik, qat’iy xatti-harakatlr, suyak, muskul tizimining yaxshi rivojlanganligi, kuchlilik, atletik tana tuzilishi, sevgi ishtiyoqlariga qiziqish, tavakkalchilik, faollik, qo`rqmaslik va agressivlik xosdir. Bu somototonik temperamentidir.
Ektomorf – noziklik, muskulning namoyon bo`lmasligi, kam kirishimlilik, odamovilik, yolg`izlikka intilish, yuqori reaktivlik xosdir. Bu tserobrotonik temperamentidir.
I.T.Pavlovning ta’rificha: “Temperament har bir odamning ham, har bir ayrim hayvonning umumiy xarakteristikasidir, nerv sistemasining har bir individ butun faoliyatga muayyan qiyofa beruvchi asosiy xarakteristikasidir”. I.T.Pavlovning nerv sistemasi turlari to`g`risidagi ta’limoti yoki shuning o`zi kabi oliy nerv faoliyatining turlari-temperamentlari tabiiy-ilmiy o`rganish tarixida chinakamiga keskin o`zgarish yasadi. Bu ta’limotni fiziologik ilmiy faoliyatning yakunlovchi bosqichida ifodalab bergan edi.
I.T.Pavlovning laboratoriyalarda bosh miya katta yarim sharlari qobig`ining individualligi bilan bog`liq bo`lgan nerv faoliyatidagi farqlari kashf etadi. Itlarda tajriba o`tkazildi. It xatti-haraktining o`ziga xosligi (masalan: ziyraklik va sustlik, dadillik yoki qo`rqoqlik) asosiy nerv jarayonlarining ayrim xususiyatlari hayajonlanish va tormozlanishga qonuniy ravishda mos kelganligi kuzatiladi. Ko`p yillik tadqiqotlar natijasida o`rganiladigan individual farqlar asosida quyidagi nerv sistemasining uchta asosiy xususiyatlarini nerv, sistemasining kuchi, qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlar o`rtasidagi muvozanatli hamda nerv jarayonlarining harakatchalik xususiyatlari aniqlangan.
I.P.Pavlov oliy nerv faoliyatining ana shu uchta xususiyati asosida nerv sistemasining to`rtta tipi bo`linishi mufassal tavsiflab bergan. Olim kuchli va kuchsiz tiplarning bir-biridan farq qilishini asoslab berishga alohida e’tibor bergan. Oliy nerv faoliyatining tiplari: nerv protsesslari (qo`zg`alish va tormozlanish)ning muayyan individ oliy nerv faoliyatini sifatlaydigan muhim va barqaror xususiyatlar yig`indisi. Bu xususiyatlarga nerv protsesslarining kuchi, muvozanatligi, harakatchanligi kiradi. Shu 3 ta xususiyatning ma’lum tartibda bir - biri bilan qo`shilishidan. Oliy nerv faoliyatining quyidagi to`rt asosiy tipi hosil bo`ladi:
1. Kuchli, muvozanatli harakatchan (chaqqon) tip.
2. Kuchli, muvozanatli, inert (osoyishta) tip:
3. Kuchli, muvozanatsiz, shiddatli tip.
4. Kuchsiz tip oliy nerv faoliyatining bu tipologiyasi hayvonlarga ham insonlarga ham xosdir.
I.P.Pavlov bundan tashqari, ikki signal sistemasining o`zaro nisbatiga qarab oliy nerv faoliyatining “Maxsus insonlarga xos 3 ta tipini aniqlagan”.
1. ”Fikrlovchi” tip, bunda 2 chi signal sistemasi birinchi signal sistemasiga nisbatan ustun turadi.
2. “Badiiy” tip bunda birinchi signal sistemasi ikkinchi signal sistemasiga nisbatan ustun turadi.
3. Temperamentning asosiy xususiyatlari quyidagilar (V.S.Merlin bo`yicha):
A) senzitivlik – tashqi ta’sirlarga ma’lum miqdordagi psixik javob berish kuchi (kuchsiz his-tuyg`u).
B) reaktivlikemotsional reaktsiya kuchi, emotsionallik, ta’sirchanlik, taassurotga berilishi.
V) faollik – tashqi olamga ta’sir etish faolligi.
G) reaktivlik va faollik munosabati.
D) ta’sirga javob tempi – psixik jarayonlr va ta’sirlar kechishi tezligi (aql tezligi, nutq tezligi va h.k.)
E) plastiklik – egiluvchanlik, beriluvchanlik.
J) rigidlik – intertlik, xulq-atvor ikkilanuvchanligi.
Z) ekstrovertlik – inson reaktsiyasini ichki obrazlar, fikrlar, o`tmish va kelajakka bog`liqligi.
K) emotsional ko`zg`aluvchanlik – emotsional jarayonlarning kechishi va tashqi ifodalanishi.
Yuqorida keltirilgan sifatlardan kelib chiqib, temperament turlariga psixologik xarakteristika quyidagi jadvalda berilgan.




Yüklə 460,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin