Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari Reja


-Mavzu: Tarbiyasi “qiyin o`quvchilar bilan ishlash texnologik asoslari



Yüklə 82,03 Kb.
səhifə10/27
tarix14.10.2023
ölçüsü82,03 Kb.
#155312
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari Reja

5-Mavzu: Tarbiyasi “qiyin o`quvchilar bilan ishlash texnologik asoslari
REJA:

Kirish
1. Tarbiyasi qiyin va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar faoliyatini stimullashtirish


2. Tarbiyasi qiyin va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlashni tashkil etish va boshqarish qoidalari
3. Tarbiyasi qiyin va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar o`quv-biluv faoliyati darajalarini tashxislash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

KIRISH

Ta’lim tizimi – ijtimoiy-genetik mexanizm bo`lib, u ijtimoiy tajribani avloddan-avlodga o`tkazadi va shu orqali shaxsni shakllantirishni ta’minlaydi hamda uning istiqbollarni belgilaydi. Bu tizim odamzod paydo bo`lgan davrlardan buyon amal qilib kelmoqda. Zero, madaniy-ma’naviy boyliklarsiz, ta’lim tizimisiz jamiyat yashay olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim oliy darajadagi ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy institut bo`lib hisoblanadi.


O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonunida ta’limning davlatimiz ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e’lon qilinish pedagogika fani zimmasiga mas’uliyatli ulug`vor vazifalarni yukladi.
O`sib kelayotgan yosh avlodning bilimi va ularning kelajakda qanday kasb-hunar egallashlariga qarab mamlakatimiz kelajagini tasavvur qilish mumkin. YOshlar farovon hayotimiz mezonidir. Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish har bir ota-onaning, o`qituvchi-pedagogning Vatan oldidagi muqaddas burchidir.
Kelajakda buyuk “davlatni sog`lom mafkurali, ma’naviy barkamol avlod barpo eta olishini nazarda tutib, komil insonni tarbiyalash borasidagi izlanishlarni istiqbolda ham davlat siyosati darajasida uzluksiz kuchaytirib borish va umumxalq harakatiga aylantirish” 1 avj olgan hozirgi tarixiy sharoitda bolalikning ilk pog`onalaridanoq yoshlarda ijtimoiy qimmatga ega faoliyatni tarbiyalash, bolalarda o`qish-o`rganishga nisbatan ehtiyojni kuchaytirish, ularni ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilaridan faol sub’ektlariga aylantirish dozarb muammo bo`lib qolmoqda.
Boshlang`ich ta’limga keyingi ta’lim bosqichlari uchun asos-poydevor ekanligi nuqtai nazaridan yondashish, unga alohida e’tiborni qaratish zarurligi respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida ko`p marotaba ta’kidlangan. “Norasida bolaning miyasi, ongi nimani o`ziga singdira oladi, nimani qabul qilmaydi? Kim bu masalani ilmiy jihatdan tadqiq qilgan?”2 Davlat rahbari tomonidan qo`yilgan aniq va qat’iy savollar xuddi shunday aniq va qat’iy javobni talab etadi.
Albatta, mustaqillik yillarida pedagogika fani sohasida boshlang`ich ta’lim muammolari bo`yicha ko`plab ilmiy ishlar, tadqiqotlar amalga oshirildi. Ammo boshlang`ich ta’lim sohasida hali o`z echimini kutayotgan muammolar talaygina. Shulardan biri tarbiyasi qiyin va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlash muammosidir.
Ma’lumki, boshlang`ich ta’lim fanlari orqali o`quvchilarning umuminsoniy va ahloqiy ko`nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantiriladi. Ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish saloxiyatini, aqliy rivojlanishini dunyoqarashini, o`z-o`zini anglash, jismoniy sog`lom bo`lishga, milliy urf-odatlarni o`zida singdirishga, mamlakatimiz boyliklarini ko`z-qorachig`iday asrashga, tabiatga ongli munosabatda bo`lishga o`rgatadi. O`quvchi maktabga kelgan dastlabki kunidan boshlaboq o`qishga havas qo`yishi savodli o`qishi, dastlabki amallarni to`g`ri bajarishga o`rgatishi kerak. O`qish inson xayotida muxim axamiyatga ega. O`qishni bilmagan odamning ko`zi ojiz kishidan farqi yo`q. O`qish faoliyati boshlang`ich sinflarda barcha fanlar tarkibida amalga oshiriladi, lekin o`qishga o`rgatish o`qish darslarining asosiy vazifasidir. Kichik yoshdagi o`quvchini o`qishga o`rgatishda ularning umumiy rivojlanishini, psixologiyasini hisobga olish zarur. Ta’limga ilg`or pedagogik texnologiyalarni olib kirish va eng zamonaviy, takomillashgan o`qitish usullarini qo`llagan xolda yuqori samaraga erishish bugungi kun boshlang`ich ta’lim oldidagi dolzarb vazifalaridan biridir. O`quvchilarni qiziqarli topshiriqlar asosida o`qitish o`qishga o`yin tusini beradi. Bola o`ynab charchamaganidek, o`qib charchaganini sezmaydi. O`qishga qiziqmaydigan, darslarga kelib-kelmaydigan o`quvchilar ham o`yinga qiziqadi. Darslarda turli o`yin mashg`ulotlarini tashkil etish bu o`quvchilarda ham qiziqish uyg`otadi.


Yüklə 82,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin