Psixikaning nerv fiziologik asoslari



Yüklə 6,08 Mb.
səhifə4/9
tarix31.08.2023
ölçüsü6,08 Mb.
#141192
1   2   3   4   5   6   7   8   9
PSIXIKANING NERV FIZIOLOGIK ASOSLARI

I.P.Pavlovning uqtirishicha agar tormozlanish po’stloqning ko’p qismiga yoyilib miyaning quyi qismlariga yetib borsa odam uyquga ketadi. Kuchlar, ya’ni miya nerv xujayralari qayta tiklanadi. Po’stloqni to’liq qamrab olmay ayrim uchastkalarining qo’zg’alish holatida bo’lishini I.P.Pavlov soqchi punktlar deb atagan. Masalan, o’z bolasi yonida qattiq uyquga cho’mgan ona atrofdagi tovushlarni eshitmasligi mumkin, lekin chaqaloqning ozgina shitirlagan tovushiga uyg’onadi. Demak, onada o’z bolasiga nisbatan miya po’stlog’ida ba’zi xujayralar qo’zg’algan holda bo’ladi.

Katta yarim sharlar po’stlog’ining shartli refleks tarzidagi faoliyatini I.P.Pavlov miyaning signal faoliyati deb atagan, chunki tashqi muhitdan ko’rsatiluvchi ta’sirlar tevarak-atrofdagi narsalarning organizm uchun ahamiyati haqida darak beradi. Narsa va hodisalarning sezgi organlariga ta’sir ko’rsatishi tufayli (buning natijasida sezgilar, idrok, tasavvurlar paydo bo’ladi) miyaga keluvchi signallarni Pavlov birinchi signallar sistemasi deb atagan: bunday sistema odamda ham, hayvonlarda ham bor. Ammo odamda, deb yozadi Pavlov faoliyati mexanizmlariga qo’shimcha favqulotda ustunlik yuz bergan. Bu qo’shimcha ustunlik-inson nutqi va tafakkuridir. Demak, nutq ikkinchi signallar sistemasi hisoblanadi.

Bir hil izchillikdagi qo’zg’alishlarning takrorlanib turishi odamda shunga muvofiq ravishda bir hildagi reaksiyalarning amalga oshishiga olib keladi.Tajribalar shuni ko’rsatadiki, qo’zg’atuvchilardan birinchisi ta’sir etishi bilan, shartli reflekslar sistemasi paydo bo’ladi. Qo’zg’alishlarning takrorlanib turishi natijasida miya po’stlog’ida mustahkam o’rnashib qolgan o’choqlari dinamik stereotiplar (stereotip - yunoncha stereo - mustahkam, o’chmas, tupos-iz, tamg’a) deb ataladi. Demak, dinamik stereotip qo’zg’atuvchilarning tez-tez takrorlanib turuvchi ta’sirlariga organizmning moslashib qolishi hisoblanadi. Nerv sistemasining zaif muvozanatlashmagan tipiga mansub bo’lgan odamlarda dinamik stereotipni qayta qurish qiyin bo’ladi. Nerv sistemasi kuchli va muvozanatlashgan odamlar dinamik stereotipni o’zgartirishni oson uddalaydilar. Yarim sharlarning biror qismi zararlansa odam shu vazifasini yo’qotadi. Masalan, miyaning peshona orqa tomonidagi qismi zararlansa u gapira olmaydi, uning o’rnini boshqa markazlar amalga oshiradi.


Yüklə 6,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin