Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik – bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yigʻindisiki, unda inson oʻz xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush koʻrish, ba’zi patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi.
Onglilikdan farqli oʻlaroq, ongsizlikda amalga oshirilayotgan harakatlarni maqsadli nazorat qilish, shuningdek, natijalarini baholash imkoniyati mavjud emas.
Ongsizlik tushunchasi psixologik va falsafiy fikrlarning turli yoʻnalish vakillari tomonidan quyidagi koʻrinishlarda ta’riflanadi:
- axborotni qayta ishlashni bu jarayonni subyekt kechinmalari darajasida aks ettirmagan holda amalga oshiruvchi miya faoliyati sifatida;
- subyekt tomonidan anglanmagan kechinmalar sifatida.