Psixodiagnostika va psixologiya tarmoqlari o'rtasidagi bog'liqlik reja


Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri



Yüklə 25,83 Kb.
səhifə3/4
tarix03.10.2023
ölçüsü25,83 Kb.
#151728
1   2   3   4
PSIXODIAGNOSTIKA VA PSIXOLOGIYA TARMOQLARI O\'RTASIDAGI BOG\'LIQLIK

3.Psixodiagnostikaning psixologik tadqiqotlar mustaqil sohasi sifatida rivojlanish davri. Psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida eksperimental asosda vujudga keldi.
Psixologik diagnostikaning vujudga kelishida F.Galton (1879); J.Cattell (1890); H.Ebbinghaus (1891); A.Binet va V.Henri (1896); A.Binet va Th.Simon(1905)larning ishlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu tadqiqotlarda individual farqlarni o‘rganishning yangi statistikaga asoslangan quroli – test ishlatila boshlagan. Psixologiyada ilk bor psixometrik yo‘nalish asoschisi F.Galton testlar yaratgan. Dastlabki test aqlni o‘lchash metodi sifatida qo‘llanildi, keyinchalik esa undan shaxsni, uning reaktsiyalarini o‘rganishda foydalanila boshlandi. Psixodiagnostikada yangi metodlarni ishlab chiqish psixiatrik shifoxonalarning ehtiyojlari tufayli kuchaytirildi. Keyinchalik esa kasb tanlash ishlari bilan bog‘liq psixotexnikaning taraqqiyoti bilan yanada rivojlantirildi.
Psixologik diagnostika fan sifatida 1920-yillarda keng shakllana bordi. Shveytsariyalik psixolog va psixiatr H.Rorschach (1921)ning «Psixodiagnostika» asari nashr etilishi bilan psixodiagnostikaga asos solindi. Psixodiagnostika tushunchasi individni o‘rganadigan barcha metodlar majmuini o‘z ichiga oladi. Bu kitob nashr etilishi bilan psixologik diagnostika taraqqiyotida yangi davr boshlandi, u psixometriyadagi shaxsni o‘rganish yangi metodlari bo‘lmish proektiv metodlar bilan bog‘langan edi. Proektiv psixologiya bir butun shaxsni o‘rganish mumkin emas, deb talqin qiluvchi psixometrik nuqtai nazar va bixeviorizmga qarshi e'tiroz bildiruvchi fan sifatida rivojlana boshladi. Keyinchalik psixodiagnostikada yangi metodlar yaratilishi bilan birga birlashtirilgan (kombinatsiya qilingan) testlar qo‘llanila boshlandi. Masalan, aqlni o‘rganish metodlari orasida amerikalik psixolog D.Wechsler(1939, 1955)ning subtestlari keng tarqaldi. Yangi proektiv metodlar ham yaratilib, keng foydalanila boshlandi. (Amerikalik psixolog G.Murray(1935, 1943)ning Tematik Appertseptsion Testi (TAT), nemis psixologi S.Rosenswegning frustratsiyaga bo‘lgan reaktsiyani o‘rganish bo‘yicha testi va boshqalar.) Shaxsiy savolnomalar (MMRI, 16 PF) keng tarqaldi.

Yüklə 25,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin