Psixolog faoliyatining etik muammosi, kasbiy



Yüklə 425,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix25.09.2023
ölçüsü425,77 Kb.
#148578
1   2   3
psixolog-faoliyatining-etik-muammosi-kasbiy-me-yorlarning-o-ziga-xosligi

ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2023 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 379
1. 
Professional faoliyatda amaliy psixolog albatta hamma uchun mas’uliyatli 
bo‘lishi zarur. 
2. 
Amaliy psixolog o‘z vazifasini sidqidildan bajarishi lozim, u 
atrofdagilarning so‘zlariga qarab o‘zgarmasligi zarur.
3. 
Psixologning vazifasi mustaqil va avtonom tarkibga ega, u hech kimga 
bo‘ysunmaydi. Uning psixologik nuqtai nazardagi qarori yakuniy natijaga ega bo‘lishi 
zarur. 
4. 
Psixologning qarorini inkor qilish huquqiga faqat maxsus komissiya ega 
ular yuqori malakali mutaxassislar hisoblanib ularga bunday huquqlar berilgan. 
5. 
Psixolog haqqoniy va samimiy bo‘lishi zarur. 
6. 
Unda kasbiy mas’uliyat hissi bo‘lishi lozim. 
7. 
Psixolog himoyachi sifatida ham ishtirok etishi mumkin, u o‘z 
mijozlarining psixologik holatlarini himoya qiladi. 
8. 
U psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni amalga oshirayotgan vaqtida 
ehtiyotkor bo‘lishi zarur. 
9. 
Agar psixolog mijozining haq- huquqlar poymol qilinayotgan bo‘lsa, u 
buni yuqori tashkilotlarga yetkazish imkoniyatiga egadir.
10. 
U siyosiy g‘oyalardan, ijtimoiy g‘oyalardan, falsafiy fikrlardan xoli bo‘lishi 
zarur. 
11. 
Amaliy 
psixolog 
psixodiagnostik, 
psixokorreksion, 
psixterapevtik 
natijalarni mutaxassis bo‘lmaganlarga ko‘rsatish huquqiga ega emas. 
12. 
U insonlarga zarar ko‘rsatadigan holatlardan uzoqroq bo‘lishi talab 
qilinadi. 
13. 
Psixolog o‘zining qila olmaydigan ishlari haqida mijozga va’da bermasligi 
kerak. 
14. 
Psixolog ota-onaga, yoki yuqori mansabdagi insonlarga mijozi haqida 
tafsilotlarni bermasligi zarur.
15. 
U o‘rganilmagan metodikalarni mijozlarida qo‘llash huquqidan mahrumdir.
16. 
Psixolog albatta sir saqlashni bilishi zarur, u mijozining sirini xech kimga 
aytmasligi zarur.
17. 
Psixologik maslahatda albatta o‘z me’yorlariga amal qilishi talab qilinadi. 
18. 
Agar psixolog shu me’yorlarni buzsa albatta uning hatti-harakatlari amaliy 
psixologlar kollegiyasida ko‘rib chiqiladi va tegishli jazo qo‘llaniladi

Yüklə 425,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin