Kvazi-eksperiment. «Oraliq» tabiiy metodlar orqali kuzatuv o`tkazish bilan qattiq nazoratli kuzatuvlar o`zgarishiga aytiladi. Kvazi-eksperiment metodi yordamida to`liq sxemani yaratish mumkin emas. Ammo bu kamchilikka qaramay kvazi-eksperimental regionlardan foydalanish imkonini beradi. Eksperimental kuzatuvlarning barcha noeksperimental metodlarga ziddir.
Xuddi shuni F.Sh.Mak Giksen quyidagilarda ko`rsatadi:
A.K.Kobzi eksperimentga korrelyatsion metodini va eksperimentgacha metodini qarama-qarshi qo`yadi. Ularga: so`rovnoma, umumiy kuzatish va umumiy eksperiment. Xulq atvorni o`rganishga arxiv metodi, o`z-o`ziga baho berish va testni ko`rib o`tadi.
Formal ko`rinishlarga esa bir necha eksperimental kuztuvlarni tiplari ajratiladi. Bularni qidiruv (izlanish) va tasdiqlash eksperimentlarda ko`rish mumkin. Ularning farqi ishlab chiqarish muammosini darajasiga qarab ajratiladi. Qidiruv eksperimenti mustaqil yoki tobe o`zgarishlarga o`tishda o`zaro aloqa davrida olib boriladi.
Algoritm kuzatuv quyidagi ko`rinishda bo`ladi.
A va B orasidagi bog‘lanish farazi sababi.
Qidiruv eksperimentini o`tkazilishi.
Faraz tasdiqlanmasa yangi qidiruv eksperimenti yordamida faraz ko`rib chiqiladi. Agarda faraz tasdiqlansa, miqdor funktsional faraz ilgari so`riladi
Tasdiqlov eksperimenti o`tkaziladi.
O‘zgarish aloqalari haqida faraz qabul (yoki rad) qilinadi va aniqlik kiritiladi.
Psixologik eksperimentlarda «Kritik eksperiment», «pilotaj kuzatuv», «pilotaj eksperiment», «yopiq eksperiment», «tabiiy eksperiment» laridan foydalaniladi.
Pilotaj kuzatuv termini eksperiment jarayonida sinov holatida ko`riladi.
Bu usul asosan eksperimentga kirish vaqtida qo`llaniladi. U qat’iy kuzatuvga muxtoj emas. Bu usul orqali olingan ma’lumotlar ishonchli emas. Bu narsa ko`pgina xatolarni oldini olishga yordam beradi.
«Dala sharoitida kuzatish» real xayotdagi o`zgarish holatlarini kundalik xayotda olib boriladi. O‘z holiga ko`ra bu usul kvazi-eksperimentiga taalluqli deyishimiz mumkin. Chunki uni eksperiment jarayonida nazoratga olib bo`lmaydi. Tabiiy va dala sharoitidagi eksperiment ilmiy ma’lumotlarni olishni yagona usuli hisoblanadi.
Eksperimental kuzatuvlarni psixologiyada boshqa fanlar singari bir necha bosqich orqali amalga oshiriladi.