Psixologik tadqiqot nazariy metodlari Reja: Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida



Yüklə 117,84 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü117,84 Kb.
#40842
5- metod eksperiment



Psixologik tadqiqot nazariy metodlari 

Reja: 1.

Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida 

2. So‘rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar

 

Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlari 

Psixologiyada test deb, o‘rganilayotgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini, miqdoriy va sifat 

ko‘rsatkichlarini  bir-biriga  taqqoslash  imkonini  beruvchi  standartlashtirilgan  psixodiagnostik 

metodikaga aytiladi. Metodikaning standartlashtirilishi tushunchasining ma'nosi shundan iboratki, 

u  voqea,  hodisalardan  boshlab  sinaluvchiga  beriladigan  ko‘rsatmalar,  hisoblash  usuli,  olingan 

natijalarni sharhlash bilan tugaydigan, butun jarayonning hammasi, hamma vaqt va har joyda bir 

xil qo‘llanilishiga aytiladi. 

Testlar  yordamida  olingan  baholar,  agar  test  to‘g‘ri  qo‘llanilgan  bo‘lsa,  test  qachon,  qaerda, 

qanday  qilib  va  kim  tomonidan  qo‘llanilganidan  qat'i  nazar  ularni  bir-biri  bilan  tenglashtirish, 

taqqoslash deb Yuritiladi. Har xil psixodiagnostik metodikalarda testlarning validlik, ishonchlilik, 

aniqlik va bir xillik mezonlariga juda qat'iy talablar qo‘yiladi. 

Testlarning ko‘plab turlari mavjud va ularni qo‘llanish asoslariga qarab bir necha guruhga bo‘lish 

mumkin: test predmetligi bo‘yicha (sifati bo‘yicha, ya'ni aynan sifatni testlar yordamida baholash); 

testlarda  topshiriqlardan  foydalanishning  alohida  xususiyati;  materiallar  bo‘yicha  sinaluvchiga 

talablar; ob'ekt bo‘yicha baholash. Predmetligi bo‘yicha testlar intellektual shaxsiy va shaxslararo 

testlarga bo‘linadi. Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati bo‘yicha amaliy, 

obrazli va so‘zli testlar. Test materiallarining tavsifi bo‘yicha sinaluvchiga talablar, blankali va 

apparaturali testlarga bo‘linadi. Ob'ekt bo‘yicha baholash – protsessual testlar, Yutuqqa erishish 

testi, holat va xususiyatlar testi. 

Intellektual  testlar  shaxsning  aqliy  faoliyati  rivojlanganlik  darajasi  va  ularni  alohida  bilish 

jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi. 

Shaxs  testlari  insonning  barqaror  individual  xususiyatlari,  xatti-harakatlarini  aniqlash,  bunga: 

temperament, xarakter, motivatsiya, emotsiya va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar kiradi. Bundan 

tashqari,  shaxsni  har  tomonlama,  shaxs  holatini  kompleks  baholash    alohida  xususiyatining 

rivojlanganlik  darajasini baholash testlari  ham mavjud. Bunga Kettell, MMPI va boshqa testlar 

kiradi. 


Xususiy testlar  yordamida, shaxsning  alohida belgilari, motivlar, emotsiyalar, masalan xarakter 

aktsentuatsiyasi,  xavotirlik,  lokus nazorati, Yutuqqa erishish motivi,  tajovuzkorlik  va boshqalar 

aniqlanadi. 

Shaxslararo  testlar  har  xil  ijtimoiy  guruhlarda  odamlarning  munosabati  sifatida  ijtimoiy-

psixologik o‘z-o‘zini attestatsiya qilish testi. 

Amaliy  testlar  o‘ziga  topshiriq  va  shakllarni  qamrab  oladi,  bunda  sinaluvchi  aniq  predmet 

materiallari  ularni almashtiruvchi materiallar bilan ko‘rgazmali-harakatli reja asosida amaliy ish 

bajaradi. 

Obrazli testlar obrazlar, surat, rasm, sxema va tasavvurlar bilan mashqlarni o‘zi ichiga oladi. 

Verbal testlar so‘zli topshiriqlardan iborat, ular tushunchalarni aniqlash, xulosa chiqarish, har xil 

so‘zlarning  ma'nosini  anglash  va  taqqoslash  hamda  bu  so‘zlar  bilan  har  xil  mantiqiy 

operatsiyalarni bajarishni o‘z ichiga oladi. 

Testlarda qo‘llaniladigan ko‘pgina topshiriqlar kompleks xarakterga ega va bu testlarda amaliy, 

nazariy,  obrazli  va  verbal  topshiriqlar  mujassamlashgan.  Bu  odamning  real  hayotdagi  ko‘p 

vazifalari kompleks xarakterga ega ekanligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham, testlar, kishining 

real hayotdagi Yutuqqa erishish imkoniyati va xulqini aytib berish uchun o‘tkaziladi. 

Blankali testlar – sinaluvchida test materiallari sifatida har xil shakldagi blankalarda foydalaniladi, 

masalan, rasmlar, sxemalar, jadvallar va savolnomalar. 

Apparaturali testlar – bu shunday testlarki, unda test natijalarini qayta ishlash va ko‘rsatish uchun 

har  xil  turdagi  apparaturalar  qo‘llaniladi,  masalan,  audio  va  videotexnika,  elektron  hisoblash 

mashinalari.  



Protsessual testlar yordamida qandaydir bir psixologik  xulqiy jarayon o‘rganiladi va unga aniq 

miqdoriy  va  sifatiy  tahlil  beriladi,  masalan,  materiallarni  esda  olib  qolish  jarayoniga, 

individlarning guruhda shaxslararo hamkorlik jarayoni tahlilini misol sifatida keltirish mumkin. 

Yutuqqa erishish testlari kishining qandaydir bir faoliyatida, bilish sohasining qandaydir bir turida 

Yutug‘ini  baholashda  qo‘llaniladi,  masalan,  tafakkurning  mantiqiyligi,  diqqatning  barqarorligi, 

verbal tafakkurning rivojlanganlik darajasi. 

Holatlar  va  xususiyatlar  testlari  shaxs  psixologik  sifatlarining  barqarorligini  diagnostika  qilish 

bilan bog‘liqdir, masalan, shaxs xislatlari, temperament xususiyati, qobiliyatlari va boshqalar.  

Proektiv  testlar  maxsus  guruhga  ajratiladi.  Proektiv  test  kishining  u  yoki  bu  psixologik  sifatini 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri  emas,  balki  bavosita  baholaydi.  Bunday  baholash  kishining  ko‘p  ma'noli 

ob'ektlarni  qanday  qabul  qilishi  va  talqin  qilishining  analizi  natijasida  olinadi.  Bunga:  surat 

sYujetining  noaniqligi,  shaklsiz  dog‘lar,  tugallanmagan  jumlalar  va  boshqalar  kiradi.  Bunday 

ob'ektlarni tahlil qilish va baholashi kishi ongsiz ravishda o‘z-o‘zining «proektsiyasini» ko‘rsatib 

berishi deb Yuritiladi. 

Bu guruh testlariga, Rorshax testi, Tematik Appertseptiv Test (TAT) va boshqalar kiradi. 

Proektiv  testlar  sinaluvchining  yashirin  va  anglanilmagan  psixologik  xususiyatlarini 

psixodiagnostika qilish zarurati tug‘ilganda qo‘llaniladi. 

Psixodiagnostik  eksperiment  metod  sifatida  kamdan-kam  voqelikda,  asosan,  kishining  zarur 

psixologik sifatini boshqa usullar bilan aniqlash va baholash imkoniyati bo‘lmaganda qo‘llaniladi. 

Protsessual  testlar,  tadqiqotchini  sinaluvchida  kechayotgan  psixik  va  xulqiy  jarayonlarning 

xususiyatlari  qiziqtirganda  qo‘llaniladi,  Yutuqqa  erishish  testlari  esa  kishining  qobiliyati, 

ko‘nikma va malakalarini baholash vazifasini o‘taydi. 

Intellekt  testlaridan  kishining  intellektual  taraqqiyotining  umumiy  ko‘rsatkichini  aniqlash  va 

miqdoriy baholash zarurati tug‘ilganda foydalaniladi. 

Psixodiagnostik metodlar singari testlarga ham qat'iy talablar qo‘yiladi: 

1. Testning ijtimoiy-madaniy adaptatsiyasi. 

Bu  so‘zlar  tuzilmasi,  test  topshiriqlari  va  test  baholari  hamda  sinaluvchiga  berilayotgan  test 

topshiriqlari  ushbu  jamiyat  madaniyati  milliy  qadriyatlariga  mos  bo‘lishi  zarur  degan  ma'noni 

anglatadi. Masalan, Evropada tuzilgan test boshqa bir mamlakatda birinchi marta qo‘llanilayotgan 

bo‘lsa  va  bu  mamlakatda  intellekt  strukturasi  so‘z-mantiqiy  bo‘lmasa,  balki  obrazli    amaliy 

tafakkurli  bo‘lsa,  test  albatta  ijtimoiy-madaniy  moslashtirilgan  bo‘lishi  shart.  Agar  test 

moslashtirilmagan  holda,  ya'ni  qanday  bo‘lsa  shundayligicha  qo‘llanilsa,  u  holda  biz  juda  past 

natijalar olamiz va natijalar ushbu mamlakatda yashovchi kishilarning tafakkuri taraqqiyotining 

ko‘rsatkichiga mos kelmaydi. Ba'zan buning aksi, ya'ni ushbu mamlakatda so‘z-mantiq tafakkuri 

asosiy  rolga  ega  bo‘lsa-Yu,  test  topshiriqlari  amaliy  tafakkurga  oid  bo‘lsa,  u  holda  biz  aqliy 

taraqqiyotning noadekvat ko‘rsatkichiga ega bo‘lamiz. 

2. Test topshiriqlarining sodda tuzilganligi va bir ma'noliligi. 

Ushbu  talabga  binoan,  testning  so‘z  va  boshqa  topshiriqlarida  ya'ni,  so‘z,  rasmlar  kishilar 

tomonidan har xil idrok qilinishi va tushunilishi momentlari bo‘lmasligi kerak. 

3. Test topshiriqlarini bajarishda vaqtning chegaralanganligi. 

Bunda psixologik test topshiriqlarini bajarishda vaqt 1,5-2 soatdan oshmasligi lozim, chunki kishi 

o‘zining ish qobiliyatini Yuqori saviyada uzoq muddat ushlab turishi juda mushkuldir. 

4. Ushbu test uchun me'yorlarning mavjudligi. 

Test me'yorlari deb, ushbu test reprezentativligining o‘rtacha ko‘rsatkichi tushuniladi, ya'ni ko‘p 

odamlardan to‘plab olingan ko‘rsatkichlarning o‘rtacha ko‘rsatkichi bilan individning ko‘rsatkichi 

taqqoslanib,  uning  psixologik  taraqqiyoti  baholanadi.  Test  me'yorlari  asosan,  sinaluvchilarning 

yoshi, jinsini aniq bilgan holda, katta tanlama guruhidan olingan test natijalarining o‘rtacha bahosi 

va keyinchalik ularning yoshi, jinsi va bir qancha relevant ko‘rsatkichlarini differentsiyalash bilan 

aniqlanadi. 

Test  me'yorlari  –  bu  kishilar  taraqqiyotining  o‘rtacha  ko‘rsatkichi.  Har  qanday  me'yor,  o‘lchov 

ham vaqti bilan o‘zgarib turadi, chunki ishlar davomida kishilarning ham psixologik taraqqiyotida 

o‘zgarishlar  bo‘ladi,  masalan,  XX  asrning  birinchi  choragida  kishilarning  intellektual 




taraqqiyotiga  qo‘yilgan  me'yorlar,  shu  asrning  oxirgi  choragida  qo‘yilgan  me'yorlarga  to‘g‘ri 

kelmaydi  chunki  ushbu  yillar  mobaynida  kishilarning  aqliy  taraqqiyot  ko‘rsatkichlari  ancha 

Yuqorilagan. 

Bundan tashqari, empirik qoidalar mavjud bo‘lib, unga ko‘ra kamida har besh yilda test me'yorlari 

qayta ko‘rib chiqilishi shart, asosan bu intellektual testlarga taalluqlidir. 

Test me'yorlariga qo‘yilgan talablardan tashqari, test o‘tkazishni, natijalarni qayta ishlash va tahlil 

qilishning qat'iy qoidalari mavjud. Bular quyidagilardir:  

U yoki bu testni qo‘llash uchun psixolog test bilan tanishib chiqib, o‘zida  boshqa bir kishida sinab 

ko‘rishi  kerak.  Bu  testni  o‘tkazish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  xatoliklarning  oldini  olish  imkonini 

beradi. 


Sinaluvchi test topshiriqlarini bajarishidan oldin va ko‘rsatmalarni yaxshi tushunib olishi uchun 

oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yish.Test o‘tkazish vaqtida, sinaluvchilar mustaqil ishlashi, bir-

biriga halaqit bermasligini va ta'sir o‘tkazmasligini nazorat qilib turish, chunki bu test natijalarini 

o‘zgartirib  Yuborishi  mumkin.Har  bir  test  natijalarini  qayta  ishlash  va  tahlil  qilish  uchun 

asoslangan va aniq ishlangan matematik-statistik usullarni oldindan tayyorlab qo‘yish. 

Biz test turlari va uning me'yorlariga qo‘yilgan talablarni o‘rganib chiqdik, endi test me'yorlarining 

reprezentativligi, validligi, ishonchliligiga to‘xtalib o‘tsak. 

Test  tuzilishining  asosiy  statistik  printsiplari  1980-yillarda  V.S.Avanesov,  A.Anastazi, 

V.K.Gayda,  V.P.Zaxarovlarning  adabiyotlarida to‘liq  yoritib o‘tilgan. Ammo ko‘rsatib o‘tilgan 

adabiyotlarda psixometrik testlarning asosiy muammosi, test me'yorlari to‘liq yoritib berilmagan. 

Bu  birinchi  navbatda  amerikalik  testolog  A.Anastazining  ishlariga  taalluqlidir.  Anastazining 

yaratgan  qo‘llanmasi,  g‘arb  testologlari  tomonidan  ikkita  asosiy  printsipi  zaruriy  tanqidiy 

muhokamalarga  ega  bo‘lmaydi,  bular  diagnostik  me'yoriy  sifat  tarzida  statistik  me'yorlarning 

qo‘llanilish  muammolari  va  normal  modellarga  hamma  empirik  ma'lumotlarning  taqsimlanishi 

haqidagi ma'lumotlar muammosi.  

Endi  biz  differentsial  asosiy  tushunchalar  tizimi  tuzilishining  qisqacha  kontekstini  analiz  qilib 

o‘tamiz: 

1.  Test  shkalalarining  statistik  tabiati.  Psixodiagnostikada  tipik  o‘lchov  testi  –  bu  qisqa 

topshiriqlarning    punktlarning  ketma-ketligi,  sinaluvchi  tomonidan  topshiriqlar  bajarilishi 

natijasida  ularning  bir  xil  miqdoriy  tahlil  qilinishi  demakdir.  Masalan,  alohida  topshiriqlardan 

tuzilgan  intellektual  testlarning  interpretatsiya  qilinishi:  «echimi  to‘g‘ri»,  «echimi  noto‘g‘ri», 

«javob  yo‘q»  (vaqt  etishmasligi  sababli  topshiriqni  o‘tkazib  Yuborilishi),  shaxsiy 

savolnomalarning  tahlil  qilinishi:  sinaluvchi  tomonidan  ta'kidlanishi  lozim  bo‘lgan  javoblar 

berilishi: «tasdiqlashi», «inkor qilinishi» («rozi emasman», «yo‘q»). 

Umumiy ballar kalit orqali hisoblab chiqiladi, kalit har bir punkt bo‘yicha sonlar bilan ifodalanadi. 

Masalan, topshiriqning to‘g‘ri echimiga – «+1», noto‘g‘ri  o‘tkazib Yuborilganiga – «0». Bunda 

ballar to‘g‘ri javoblarning miqdorini ko‘rsatib beradi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Yüklə 117,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin