Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?


Kasbiy faoliyat motivatsiyasi?



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə19/101
tarix01.04.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#54581
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101
Mutaxassislikka kirishdan oraliq savollar javoblari kasbiy kamol

19.Kasbiy faoliyat motivatsiyasi?

Kasbiy motiv va motivasiya muammosi xorij psixologlari tomonidan keng doirada tadqiq qilingan. Jumladan, kasbiy motivlar borasida Ye.A.Klimov, V.A.Kruteskiy, A.N.Vasilkova, E.Disi, V.Vrum, M.V.Dmitriy va boshqalarni kiritishimiz mumkin. Shaxsning ish faoliyati bilan bog’liq motivasiyalarni 3 guruhga ajratish mumkin; birinchisi - mehnat faoliyati motivlari, ikkinchisi - kasb tanlash motivlari va uchinchisi - ish joyini tanlash motivlari. Aniq faoliyat esa barchasini jamlangan holda izohlanadi, ya’ni, bunda mehnat faoliyati motivlari, kasb tanlash motivlarining shakllanishi, shuningdek, qolgan ikkita motiv orqali esa ish joyini tanlash motivlari ham yuzaga keladi.

Mehnat faoliyati motivlari xilma-xil bo’lib, ular o’ziga xos omillar bilan belgilanadi.

Birinchi guruh omillariga jamoaviy xarakterning uyg’onishi bilan bog’liqliklari kiritilib, bunda jamoaga foyda tegishini anglash, boshqa insonlarga yordam berish istagi, mehnat faoliyatida ijtimoiy ustanovkaning zarurligi va boshqalarga nisbatan tobelikni xohlamaslik kabi motivlar hisoblanadi.

Ikkinchi guruh omillari o’zi va oilasi uchun moddiy mablag’ning orttirilishi, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishi uchun pul ishlab topish motivlaridir.

Uchinchi guruhga o’zini o’zi faollashtirish, rivojlantirish, o’zini namoyon qilish ehtiyojlarining qondirilishi va boshqalar kiradi. Ma’lumki, insonlar tabiatdan biror-bir faoliyat bilan shug’ullanmasdan turolmaydilar. Inson nafaqat iste’molchi balki yaratuvchi bo’lib, yaratish jarayonida u ijoddan ilhom oladi. Bu guruhga mansub motiv jamiyat tomonidan ehtiyojlarning qondirilishi va boshqalarning hurmatini qozonish bilan bog’liq. Maktab o’quvchilarining mehnat tarbiyasi ham shu motiv bilan bog’liq ravishda shakllantiriladi.




Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin