12
mutaxassining bemorlar bilan teng munosabatda boiishini yoqlaydi.
Shunday qilib, yuqoridagi tadqiqotlar nitajasida guruhiy terapeyada mutaxassisning (bugungi
kun uchun treningda trenerning) roli katta ekanligiga asos solingan.
XX asming 50-60 yillarida guruhlar bilan ishlovchi psixoterapevtlar soni oshdi. Dogmatik
psixoanalizga keskin qarshi chiqqan, psixologiyada gummanistik yo'nalishning asoschisi
hisoblangan Karl Rodjers shulardan biri edi. Uning ishi boshqalardan shunisi bilan farqlanadiki, u
guruh boshqaruvchisini mutaxassis yoki mijozni davolovchi shifokor emas, balki, ishtirokchilar
bilan teng bo'lgan, ular bilan o‘zaro teng munosabatda bo‘la oluvchi sherik sifatida qaraydi.
K.Rodjers o‘z yondashuvlarida terapiya va konsultasiyani mijozlarga qaratgan. Guruh boshlig'i
(hozirgi trener)ning xulq-atvori psixoanaliz talab qilgandek intrapsixik insaytga emas, balki guruh
a’zolarining o‘zaro munosabatiga qaratilgan boMishini, uning boshqaruvi esa demokratik usulda
boiishini ta’kidladi. Rodjers guruh rahbariga mutaxassis sifatida emas, balki “men va sen” o‘zaro
munosabatining teng qirrali sherigi, ya’ni munosabat yaratuvchisi sifatida qaragan. Nodirektiv
usuldagi psixoterapeya psixoterapevtning mijozda chuqur shaxsiy o'zini anglashni kuzatishga, bu
esa guruhiy ishlarda yangi-yangi yondashuvlaming yaratilishga olib keldi. 1960 yillarda
K.Rodjersning gumanistik psixologiya an’anasiga mos holda ijtimoiy va hayotiy ko‘nikmalami
shakllantiruvchi treninglar o'tkazihi boshlanadi. Bu treninglar o'qituvchi va menedjerlaming kasbiy
malakalarini va tayyorgarligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan. Hayotiy ko'nikmalami
shakllantirish yuzasidan olib • borilgan treninglarda ishtirokchilarga yo‘nallirilgan uchtu asosiy
modeldan foydalanilgan.
Birinchi model hayotiy ko'nikmalaming 7 xil turini o‘z ieliigii olgan boiib, bular:
• muommolami yecha olish;
• muloqotchanlik;
• o‘ziga ishonch vauni saqlab turish;
• tanqidiy tafakkur;
• qat’iyatlilik;
• “Men” - konsepsiyasini rivojlantirish;
• o'zini boshqara olish ко‘nikmalaridir.
Ikkinchi model treningni asosiy maqsadi sifatida hayotiy ko'nikmalaming 4 kategoriyasini o'z
iehiga oladi. Bular.
• shaxslararo muloqot;
• salomatiikni asrash;
• qaror qabul qilish;
• muammolami yechish ko'nikmalaridir.
Uchinchi model quyidagi 4 ta ko'nikmani o'z iehiga oladi:
• o'z hissiyotlarini nazorat qilish;
• shaxslararo munosabatlar va o'zini tushunish;
• o'zini iqtisodiy himoya qilish; o'zini qo'llab-quvvatlash ko'mkmalarini hosil qilishga
qaratilgandir.
Dostları ilə paylaş: