85
Shaxs trening jarayonida muloqot jarayonining va guruhiy jarayonlaming asosiy sub’ekti va
ob’ekti sifatida yuzaga chiqadi. Shutting uchun trening jarayonida
shaxs muammosini barcha
jarayonlaming ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi sifatida o'rganish tabiiydir. Shaxs
muammosi shuning uchun muhintki, u turli guruhlar bilan bo'ladigan turli shakldagi o'zaro
munosabatlarning oqibati sifatida ham qaraladi, ya’ni trening guruhining a’zosi
hisoblangan
shaxsning xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo‘ysunishi, boshqalar bilan muloqot jarayonida buni
qanday namoyon qilishini o'rganish lozim bo‘ladi.
O ‘z -o ‘zini shaxs sifatida anglash, o ‘z xususiyatlarini bilish umuman olganda shaxsning
o‘z-o‘zini anglashga erishishi shaxsni barkamollashtiruvchi treninglaming asosiy maqsadidir.
Inson toraonidan uning motivlari, qiziqishlari hamda qadriyatlarining anglanishi o‘z-o‘zini
anglashning mohiyatini tashkil etadi. O ‘z-o ‘zini anglash negizida «Men obrazi» va «Men
konsepsiya»ning shakllanishi yotadi. Ya’ni individ o‘zini qanday ko'radi va qanday ko’rishni
istaydi.
«Men» obrazi tarkibida shaxsning o‘zi haqidagi hamda o’zining
jismoniy va psixologik
xususiyatlari: tashqi ko’rinishi, qobiliyatlari, qiziqishlari, intilishlari, o’ziga bo’lgan
hurmat va
o'ziga ishonch xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlari mavjnd boTadi. «Men obrazi» vositasida
inson o'zini boshqa odamlardan, tashqi dunyodan farqlaydi. Bundan tashqari, «Men obrazi»ning
asosini о z imkoniyatlariga baho berish va o‘z-o‘ziga baho berish tashkil etadi. Negaki,
inson о
zining «Men obrazi»ga muvofiq tashqi dunyoga munosabat bildiradi va o’zining xulq-atvorini
rejalashtiradi. Shunga ko‘ra, shaxsni barkamollashtiruvchi treninglaming asosini shaxsning o‘z-
o‘ziga adekvat baho berishi va uning «Men obrazbni shakllantirish tashkil etadi.
Inson bildirayotgan hech bir fikmi ob’ektiv deb atash mumkin emas. Negakt, har qanday
bildirilgan fikr «Men konsepsiya» tizimidan o'tadi. «Men konsepsiya». Real men,
Ideal men,
Ijtimoiy men kabi tarkibiy qismlardan iborat bo ladi. Ushbu uchta tarkibiy qism hech qachon bir xil
darajada kuzatilmaydi. Ular doimo о zaro tafovutda, ziddiyatda bo'ladi. Bu ziddiyat
shaxs
taraqqiyotining sababi bo lishi mumkin. Ammo uning og’ir shakllari shaxs deformasiyasiga olib
kelishi mumkin. Inson intuitiv ravishda «Men konsepsiya»ning uch tarkibiy qismini yaqinlashtirish
imkoniyatini
beruvchi
rollarni
izlaydi.
«Men
obrazi»
nisbatan
turg'un
psixologik
hodisahxisoblansada,
uning shakllanishi asosan, insonning ichki o‘z-o‘zini rivojlantirish
xususiyatiga bog’liq bo ladi. O ‘z-o‘zini rivojlantirish - insonning o ‘zini shaxs sifatida iloji boricha
to’hqroq namoyon qilishga qaratilgan ongli faoliyatdir. U aniq hayotiy maqsad, ideallar, shaxs
ustanovkalari mavjudligini taqozo etadi.
Shaxsning «Men obrazi»ning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillardan eng muhimi -
«ahamiyatli birov»ning ta’siridir. «Ahamiyatli birov» bu inson uchun muhim bo’lgan shaxsning
e’tibori. maqtovi yoki salbiy munosabati hisoblanadi. Bu «ahamiyatli birov» shaxsning ota-onasi,
do’sti, u faoliyat yuritadigan guruhdagi biror a’zo, taniqli inson, kino qahramoni bo’lishi mumkin.
Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar aynan shu «Men obrazi”»ni
muvofiqlashtirishni
nazarda tutadi.
Bugungi lcunda Ьаткато1 avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ко tarilgan
ekan, shaxsri rivojlantiruvchi treninglaming ahamiyati ham beqiyos ekanligini tushunish qiyin
emas, shunday ekan trening bo'yicha har bir mutaxassis bu yo’nalishdagi treninglami puxta bilishi
zarur.
Dostları ilə paylaş: