Psixologiya” fakulteti “iqtisodiyot va turizm” kafedrasi



Yüklə 32,15 Kb.
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü32,15 Kb.
#204721
  1   2
umiddavlattartib


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI





MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
IQTISODIYOT VA TURIZM” KAFEDRASI
_____________________________________” FANIDAN

1-MUSTAQIL ISH


Mavzu:________________________________________________________________________


Topshirdi: 140-20 guruh talabasi U.Abdunabiyev


Qabul qildi: _______________


Jizzax 2023
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda monetar nazariya va siyosat

Reja:

1 Iqtisodiyotni tartibga solishda monetar nazariya va siyosatning ahamiyati


2 Pul-kredit siyosati vositalarining iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli
3.Pul tizimini tartibga solishda Markaziy bank siyosati

Bugungi kunda iqtisodiyotni monetar boshqarishning pul nazariyasi, inflyatsiya bilan kurash muammolari 1976 yilgi Nobel mukofoti sovrindori amerikalik Milton Fridman boshliq Chikago maktabi olimlari tomonidan zo`r berib ishlab chiqilgan. Monetar nazariya burjua iqtisodiy nazariyasi shakllanishi paytida paydo bo`ldi. O`sha mahalda “pul neytralligi” kontseptsiyasi umumiy iqtisodiy ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi “bo`lmasligini” va demak, kapitalizmning hayotbaxshliligini isbotlashda asos bo`lib xizmat qilgan edi. XX asrning 20-yillarida boshqarishning monetar usullari ko`pchilik iqtisodchilar tomonidan “abadiy farovonlikka” erishish vositasi sifatida baholandi. Ammo mazkur usul 30- yillar sinoviga bardosh bera olmadi. Hatto ular 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqirozning va undan so`ng uzoq davom etgan tanazzulning asosiy sabablaridan biri bo`ldi. Xuddi mana shuning uchun pul keynscha modelning muhim tarkibiy qismi bo`lsa ham ushbu modelning ko`plab o`ziga xos jihatlari monetar omillar ta`sirini yetarlicha e`tiborga olmadi. Pul jarayonlarining bunday nazarga ilinmasligi, ularning mumkin bo`lgan ta`sirini mensimaslik iqtisodiy siyosat masalalari bo`yicha tavsiyalarda yorqin namoyon bo`ldi, ushbu tavsiyalar sarmoyalar multiplikatorining sodda sxemasiga asoslangan edi. Biroq kamomadli moliyaviy ta`minlash amaliyoti pul sohasi beqarorligiga va inflyatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib keldi. Shuning uchun 50-yillardan boshlab monetar tahlilni faollashtirish zarurati paydo bo`ldi. Ayniqsa, 1971-1973 yillardagi iqtisodiy hamda valyuta inqirozlari inflyatsiya bilan kurashning va iqtisodiyotni boshqarishning monetar usullarini dolzarb qilib quydi.


Ayni 50- yillarning boshlaridan pul nazariyasi keynschilar va M. Fridman boshliq monetarchilar o`rtasidagi kurash maydoniga aylandi. Monetarchilar pulni xo`jalik tuzilmasining muhim qismi, pul-kredit siyosati esa iqtisodiyotni boshqarishning eng samarali usuli, deb hisoblaydilar. Fridman keynscha kontseptsiyaga mantiqiy muqobil bo`lgan nazariya yaratish maqsadida pulning miqdor nazariyasi asosiy qoidalariga yangicha ta`rif berdi va asosiy e`tiborni inflyatsiyaga qaratdi. U inflyatsiyani sof pul muammosi sifatida ko`rib chiqdi. Uning fikricha, bu muammoni monetar tadbirlar tizimi yordamida hal qilish mumkin.
Monetar nazariya tahlil sohasi bo`lib, u iqtisodiy muvozanat va o`sishning umumiy muammolari hamda pul va bank mexanizmi ishlashi maxsus masalalari qo`shilgan joyda yotadi. Monetar soha pul agregati ko`rsatkichlari o`rtasidagi sababiy va funktsional bo`gliqliklar, shuningdek, ularning xo`jalik tizimi monetar elementlari bilan o`zaro ta`siri muammolari, uning asosiy yo`nalishi bo`lib xizmat qiladi. “Monetar siyosat” tushunchasi deganda esa davlatning pul-kredit sohasida boshqaruvchilik tadbirlari majmui tushuniladi. Shuning uchun keynschilik va monetarizm bahsida asosiy e`tibor pulning ahamiyatiga va pulkredit sohasidagi siyosatga qaratiladi. Masalan, keynscha yondashuv iqtisodiy kon`yunktura va xo`jalik rivoji sur`atlari ra`gbatlantirilishini kundalik boshqarish vositasi sifatida puldan tezkor foydalanish `goyasini o`zida aks ettiradi. Monetarizm pul sohasida bunday harakatlarni qoralaydi. Monetarizm tarafdorlarining fikriga ko`ra, bunday siyosat xo`jalik ziddiyatlari va mutanosibliklari kuchayishiga hamda bozorning o`z-o`zidan barqarorlashtiruvchilar harakatining qiyinlashuviga olib keladi. Ayirboshlash tenglamasi yoki Fisher formulasi - monetarizmning asosiy tenglamasidir: MV = R x Q bu yerda: M - pul taklifi; V - daromadlar doiraviy aylanmasida pul muomalasi tezligi; R - baholar darajasi, aniqro`gi, ishlab chiqarish natural hajmi har bir birligining sotiladigan o`rtacha bahosi; Q - ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning natural hajmi. MV - jami ishlab chiqarilgan boyliklarni sotib olishga xaridorlar xarajatlarining umumiy sarfi bo`lsa, RQ esa ushbu boyliklarni sotgan sotuvchilarning umumiy daromadini bildiradi. Agar MV bir yilda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarga sarflangan umumiy xarajatlar bo`lsa, u holda u nominal SMM (sof milliy mahsulot)ga teng bo`lishi kerak, ya`ni SMM = R x Q 1 . Shuning uchun monetarchilar pul massasi o`sish ta`sir sohasini obligatsiyalar xarid qilish va undan so`ng foiz stavkasini pasaytirish bilan cheklab qo`yish o`rniga pul taklifining kengayishi ham real, ham moliyaviy aktivlarning barcha turlariga, shuningdek, ishlab chiqarishning joriy hajmiga bo`lgan talabni oshiradi, deb hisoblaydilar. Demak, M ning ortishi yoki R ning, yoki = ning, yoki bo`lmasa biror nisbatda ham R, ham = ning ortishiga olib keladi; M ning kamayishi esa teskari natijani beradi. M. Fridman ushbu qoidani asoslash uchun quyidagi formulani taklif qiladi: P\M q f (rd x re; P 1 x t dP  W P V ; U ) bu yerda:
real kassa qoldiqlariga bo`lgan talab ( P \M ) foiz stavkalari;
(rv, re), baholar o`zgarishi sur`atlari (. P 1 x dt dP )
aktivlar summasi (W), real daromad ( P \V ) hamda did va imtiyozlar (U) funktsiyasidir.
Fridman nazariyasiga muvofiq, pul qoldiqlari boshqa aktivlar bilan taqqoslanadigan aktiv sifatida ko`rib chiqiladi. Ushbu nazariya oqim sifatida emas, balki zaxiralar tariqasida talqin qilinadi. Pul daromadi - bu oqimdir va uni biror vaqt orali`gida aniqlash mumkin. Pulning o`zi esa zaxiradir, ya`ni muayyan bir vaqtda mavjud biror miqdordir. Zaxirani orttirish uchun kishilar o`z xarajatlarini kamaytiradilar yoki o`zlarining pul bo`lmagan aktivlarini pulga almashtiradilar. Zaxiralarni qisqartirish uchun esa ular aksincha ish tutadilar, Fridman pulga bo`lgan turli moliyaviy yangiliklar, moliyaviy aktivlarning daromadliligi Markaziy bank faoliyati ta`siri ostida o`zgarishi mumkin, deb hisoblaydi. Biroq shunga qaramasdan kishilar baribir pul taklifini nazorat qiluvchi sarmoyalarning barqarorligi saqlanib qolgan davrda o`z pul mabla`glarini yalpi milliy mahsulot (YaMM)ning biror muayyan ulushi darajasida ushlab turishga harakat qiladilar. Agar pulga bo`lgan talab barqaror miqdor bo`lsa, unda Markaziy bank taklifni barqaror saqlab qolgan holda jami talab ham barqaror bo`ladi. Shunday qilib, bank zaxiralarining o`sish sur`atlarini va pul taklifini boshqarish Markaziy bankning muhim vazifasi bo`lishi lozim. Bundan davlatning jami talabni boshqarish buyicha ikki siyosati, ya`ni fiskal va kredit pul siyosatlari kelib chiqadi. Iqtisodiyotni boshqarishning monetar yondashuviga muvofiq bozor mexanizmi kamchiliklarini to‘grilash emas, balki uning ishlashi uchun eng yuksak darajada barqaror moliyaviy sharoitlarni ta`minlash muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu maqsadda pul birligi xarid kuchi va valyuta kursi barqarorligi ular uchun muhim jihatlardir. Shuning uchun ular fiskal siyosatning resurslarni qayta taqsimlash va barqarorlashtirish vositasi sifatidagi ahamiyatiga kam e`tibor beradilar. Ularning fikricha, siqib chiqarish effekti sababli fiskal siyosat mutlaqo yaramaydi. Ular quyidagicha fikr yuritadilar: davlat obligatsiyalar sotib, ya`ni pulni aholidan qarzga olib, byudjet kamomadini hosil qiladilar. Bunda davlat fondlar uchun xususiy biznes bilan raqobatli kurashga kirishadi. Shu tariqa davlat qarzlari pulga bo`lgan talabni kengaytiradi, foiz stavkasini oshiradi va, demak, ko`p miqdordagi xususiy kapital mablag‘larni siqib chiqaradi, aks holda ular foydali bo‘lar edi. Demak, monetarchilar fikricha, byudjet kamomadining jami xarajatlarga bo`lgan ta`siri pirovard natijasini oldindan aytib bo`lmaydi yoki u sezilmaydi. Agar kamomad yangi pullarni muomalaga chiqarish bilan qoplansa, siqib chiqarish effekti sodir bo`lmasligi mumkin va kamomaddan so`ng iqtisodiy faoliyatning kengayishi yuz berishi mumkin. Ammo bunday kengayish faqat qo‘shimcha pullar yaratish tufayligina amalga oshadi .
Monetarizm nazariyasiga muvofiq iqtisodiy beqarorlik aksariyat hollarda iqtisodiyotning ichki o`zgaruvchanligiga nisbatan noto‘g‘ri pul-kredit boshqarilishi tufayli yuzaga keladi: birinchidan, o`zgaruvchan vaqt laglari mavjudligi. U shuni bildiradiki, bunda pul-kredit ta`siri bevosita berilsa-da, pul taklifidagi o‘zgarishlar nominal SMMga uzoq va noma`lum vaqt oralig‘idan so`ng ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun vaqt lagining noma`lum muddatida, monstarchilar fikricha, iqtisodiyotni davriy (tsiklik) yuksalish va pasayishga moslashtirish uchun diskret pul-kredit siyosatidan foydalanish aksincha samara berishi va davriy (tsiklik) tebranishlarni kuchaytirishi mumkin. Ikkinchidan, Federal zaxira tizimi foiz stavkasini barqarorlashtirishga urinib, iqtisodiyotni beqarorlashtirish va inflyatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib kelishi mumkin . Shuning uchun monetarchilar hukmron pul-kredit muassasalari foiz stavkasini barqarorlashtirish o`rniga pul taklifi o`sishi sur`atlarini barqarorlashtirishlari zarur, degan xulosaga keldilar. Bunga bog‘liq holda M. Fridman monetar qoidalarni qonun yo`li bilan belgilash taklifi bilan chiqdi, unga ko‘ra pul taklifi har yili YaMM o‘sishi mumkin bo’lgan sur’atda oshishi, ya`ni pul taklifi barqaror ravishda yiliga 3-5%ga kengayishi, lozim. Demak, monetarchilar fikriga ko`ra, pul taklifini berilgan sur`atda doimiy ravishda oshirib borish, xarajatlarni har qanday inflyatsiya yo`li bilan oshirish mablag‘lar yetishmasligi tufayli o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi
Davlatning kredit tizimi ustidan ham ma`lum nazorat o`rnatishi muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun pul emissiya qilish huquqiga ega bo`lgan va pul muomalasini tartibga soladigan Markaziy Bank tashkil etilgan. Bundan tashqari, davlat ixtiyorida bir qancha ixtisoslashgan banklar bo‘lishi lozim. Oqibatda, ishbilarmonlarning bank operatsiyalarini kredit va moliyaviy tizim orqali tartibga solish imkoniyati vujudga keladi. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida kredit-pul siyosati sohasida quyidagi ustuvor yo`nalishlarni amalga oshirish asosiy vazifalar qilib belgilandi: - Markaziy bank boshchiligida hamda keng tarmoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli tizimini vujudga keltirish, respublika hududida yirik chet el banklarining bo`limlari hamda vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoitlarni yaratish; - barqaror pul muomalasini ta`minlash, kredit va nakd pul emissiyasi, jami pul massasining asossiz o`sishini keskin cheklash; - O‘zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni yaratish . Ushbu ustuvor yo`nalish va chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida “Banklar va bank faoliyati to``grisida”gi Qonun qabul qilindi. Uning asosida ikki bosqichli bank tizimi amalda shakllandi. Markaziy bank emissiya banki bo`lib, uning zimmasiga boshqa rivojlangan mamlakatlardagi markaziy banklarga xos bo`lgan vazifalar yuklatildi. Sobiq tarmoq doirasida ish yurituvchi davlat banklari tugatilib, Agrosanoat banki va sanoat-qurilish banki ixtisoslashtirilgan hissadorlik-tijorat banklariga aylantirildi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tuzildi va u muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. Hozirgi davrda, jahon bank amaliyotida pulga bo`lgan talab va taklifni, xususan, pul massasi, moliya bozorlari hamda bank tizimi likvidliligini samarali tartibga solishda ochiq bozordagi operatsiyalar, hisob stavkasi siyosati, majburiy zaxiralar siyosati, valyuta siyosati kabi bozor iqtisodiyotining bir qator zamonaviy vosita va mexanizmlari keng qo`llanmoqda. “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunda monetar siyosatning: ochiq bozordagi operatsiyalari; Markaziy bankning hisob operatsiyalari; Markaziy bankning operatsiyalari bo‘yicha foiz stavkalari; majburiy rezerv talablari va Markaziy bankning qayta moliyaviy ta`minlash kabi vositalari qayd etilgan.
Pul-kredit siyosatining vositalari - Markaziy bank tomonidan pulga bo`lgan talab va taklifni tartibga solish hamda pul-kredit siyosatini amalga oshirish mexanizmidir. O‘z navbatida, ushbu vositalar bevosita va bilvosita turlarga bo`linadi. Bevosita vositalar – Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga nisbatan foiz stavkalari yoki kredit miqdorini belgilash va cheklashdan iborat bo`lgan ma`muriy usullardir. Bilvosita vositalar esa – Markaziy bank va tijorat banklari o`rtasida ixtiyoriy ravishda foydalaniladigan, ya`ni bozor orqali pulga bo`lgan talab va taklifni o`zgartirish, muomaladagi pul massasi miqdori va banklarning to`lovga qobiliyatliligini tartibga solish usulidir. Bevosita vositalarga - foiz stavkalarini chegaralash, maqsadli kreditlar, har bir bank uchun kreditning yuqori chegarasini belgilash kabi ma`muriy usul va choralar kiradi. Ular bir qator kamchiliklarga ega bo`lib, bozor iqtisodiyoti sharoitlariga mos kelmaydi. Xususan, ular har bir bankka nisbatan qo`llanuvchi yakka tartibdagi nazorat qilish chorasi bo`lib, moliya bozorida raqobatni bo‘g‘ib qo‘yadi, moliya sohasining rivojlanishini susaytiradi va banklarning moliyaviy vositachilik rolini pasaytiradi. Shuningdek, bir qator banklar ustidan nazoratning o‘rnatilishi natijasida alohida tarmoq va hududlarda kreditlashtirish samarasini pasaytiradi, katta miqdordagi moliyaviy mabla`glarning nazorat qilib bo`lmaydigan sohaga, ya`ni xufiyona iqtisodiyotga yoki xorijga chiqib ketishiga olib keladi. Bilvosita vositalarga - ochiq bozordagi operatsiyalar (davlatning va Markaziy bankning qimmatli qo‘gozlarini birlamchi bozorlarda sotish), ikkilamchi bozordagi operatsiyalar (bevosita oldi-sotdi yoki REPO operatsiyalari), qayta moliyalash siyosati, majburiy zaxira talablari, valyuta siyosati, kredit auktsionlari, valyuta svoplari, veksellarni qayta hisobga olish mexanizmi, lombard yoki overdraft mexanizmlari va boshqalar kiradi. Ular bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladi va bevosita vositalarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Jumladan, Markaziy bankka pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish, pul massasi, moliya bozorini samarali tartibga solish, davlatning kreditni taqsimlash va pul-kredit orqali boshqarish jarayonlariga aralashuvini kamaytirish, moliya bozorining rivojlanishi va kengayishiga, banklarning vositachilik rolini oshirish, kapital qo`yilma va moliyaviy jamg‘armalar hajmining ko`payishiga qo`shimcha qulayliklar yaratadi. Markaziy bank o`zining va davlatning qimmatli qo`gozlarini, xorijiy valyutalarni erkin sotish va sotib olish, mabla`glarni depozitlarga jalb qilish va qaytarish, majburiy zaxira talablari me`yorini va qayta moliyalash stavkasini o`zgartirish orqali banklarning moliyaviy holatiga ta`sir qiladi
Markaziy bank yuqorida qayd etilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi hajmini iqtisodiyot uchun zarur bo`lgan miqdorgacha kamaytiradi. Pul massasining kamayishi hisobiga inflyatsiya darajasi pasayadi va milliy valyuta kursining barqarorligi oshadi. Bu esa, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar va aholining bank tizimiga bo`lgan ishonchining tobora oshishiga, mamlakatda jam`garmalar va iqtisodiy faollikning o`sishi, iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va makroiqtisodiy barqarorlikning mustahkamlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratadi. Monetar siyosat vositalarining turlari Bevosita vositalar Bilvosita vositalar Foiz stavkalarini chegaralash Ochiq bozordagi operatsiyalar Maqsadli kreditlar Majburiy zaxiralar Har bir bank uchun kreditlash miqdorini belgilash Veksellarni qayta hisobga olish mexanizmi Har bir bank uchun hisobga olish me`yorlarini belgilash va boshqalar Qisqa muddatli depozitlar mexanizmi Kredit auktsionlari Lombard va overdraft mexanizmlari Valyuta svoplari va bevosita oldi-sotdi operatsiyalari Manba: jadval Xalqaro valyuta fondi ma`lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, pul-kredit siyosatini amalga oshirishda bilvosita vositalar ixtiyoriy ravishda qo`llanilishi va sonining ko`pligi jihatidan bozor iqtisodiyoti talablariga to`liq javob berishi bilan bevosita vositalarga nisbatan afzalligi yaqqol ko`rinmoqda. Shu bois hozirgi paytda jahonning eng taraqqiy etgan davlatlarida ham pul-kredit siyosatining bilvosita vositalarini takomillashtirish jarayonlari davom etmoqda. So`nggi yillarda mamlakatimizda monetar siyosat sohasida ham bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, investitsiya loyihalari va davlat byudjeti taqchilligini Markaziy bank kreditlari hisobidan moliyalashtirish amaliyotiga chek qo`yildi. Bu esa Markaziy bank mustaqilligini oshirdi. Tijorat banklarining bo`sh pul mablag‘larini Markaziy bankning depozit sertifikatlariga va maxsus depozitlariga jalb qilish bo`yicha operatsiyalar muntazam ravishda o‘tkazib borilmoqda. Markaziy bankning obligatsiyalari muomalaga chiqarildi, muomaladagi ortiqcha likvidlilikni kamaytirishning bozor mexanizmlari yaratildi, inflyatsiya va foiz stavkalari sezilarli darajada pasaytirildi. Amaldagi mavjud almashuv kurslari birxillashtirilib, milliy valyutaning barqarorligi ta`minlandi. Aholining banklardagi omonatlari miqdori sezilarli darajada o`sdi. 2003 yilda Xalqaro joriy operatsiyalar bo`yicha milliy valyutaning konvertatsiya qilinishi ta`minlanib, XVFning VIII moddasi talablariga zid keluvchi barcha cheklovlar olib tashlandi. Umuman, 2003 yilda amalga oshirilgan qat`iy monetar siyosat milliy valyuta barqarorligini ta`minlashga, inflyatsiya darajasi va foiz stavkalarini yanada pasaytirishga, pul bozorini rivojlantirish, valyuta bozorini erkinlashtirishga hamda pul mabla`glarining bankdan tashqari muomalasini qisqartirishga yo`naltirildi. O‘z navbatida, 2003 yilda depozit operatsiyalari pul taklifi va bank tizimi likvidliligini tartibga solishda eng ko`p qo`llanilgan vosita bo`ldi. O‘zbekistonda bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, banklarning kapitallashuv darajasi, likvidligi, ya`ni to`lov qobiliyatini oshirish uchun oldindan chora-tadbirlar amalga oshirildi. O`zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan 2018-2021 yillarga mo`ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida moliya-bank tizimini mustahkamlash bo`yicha talay ishlar amalga oshirildi. Oqibatda, so`nggi ikki yilda tijorat banklarining umumiy kapitali 2 barobar ko`paydi. 2019 yilning o`zida yetakchi banklarning nizom jam`garmalarini oshirish uchun qo`shimcha ravishda 500 milliard so`mdan ortiq davlat mabla`glari ajratildi. Banklarimiz kapitalining yetarlilik darajasi 23 foizdan oshadi. Mamlakatimizda 28 ta tijorat banki “Fitch Reytings”, “Mudis” va “Standartend Purs” kabi yetakchi xalqaro reyting kompaniyalarning “barqaror” degan yuqori reyting bahosini olishga muvaffaq bo`ldi. Umuman, davlat bank-moliya tizimining barqarorligini oshirish tijorat banklarini yirik investitsiya institutlariga aylantirish orqali iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlanishi uchun mustahkam shart-sharoit yaratadi.


Yüklə 32,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin