Oilada ma’naviy - axloqiy munosabatlarni negizi va mazmuni. Oila insonlarning tabiiy – biologik – fizalogik, moddiy – iqtisodiy, huquqiy – qonuniy, ma’naviy – axloqiy, aloqa – munosabatlari asosiga qurilgan ijtimoiy birlikdan iboratdir. Insonlarning tabiiy –biologik – fizologik munosabati deganda jinsiy aloqa va nasl qoldirish ( farzand tug’dirish va tarbiyalashni), moddiy – iqtsodiy munosabatida - uy ro’zgorini boshqarish, mulkiy munosabat – nikoxining qonuniyligini, ma’naviy – axloqiy munosabatda esa er – xotin inoqligi, pokligi, ota – ona bilan farzand o’rtasidagi mehr – oqibat, hurmat, burch va shu kabilarni tushunish lozim. Hozirgi kunda yuqoridagi zikir etilgan oila va uning bilan bevosita bog’liq masalalar qonun yo’li bilan muhofaza qilingan va kafolatlangan. Chunki u jamiyatning ajralmas bir bo’lagidir. Shuning uchun ham O’zbekistonda Respublikasining 63 – moddasida; “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lishi huquqiga ega” - deydilar. O’zbekiston
Oila tarbiyasi deganda ota - ona, oiladagi katta kishilar, buva va buvilar , aka -opalar va shu kabilar tomonidan bolalarning to’g’ri , milliy axloq-odob no’rmalari asosida tarbiyalanish tushunish lozim. Zotan kelajakda qanday inson bo’lib yetilishini ota-ona, aka-opa, boshqalarni muomula – munasabatlar, xulq atvoriga ,tartib –intizomiga bevosita bog’liqdir. Xalqimiz: :Qush uyasida ko’rganini qiladi” deb bejiz aytmagan.
Oilada axloqiy tarbiyani negiziga asoslanadi. U bolada shakllanish lozim bo’lgan barcha insoniy munosabat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi.
O’zbek xalqi tabiatan bolajon xalq. Bolaga bag’ri kenglik, mehrdar yolik, o’ta fidoyilik o’zbeklargagina xos xususiyatidir. Shu boisdan ham, ota – onamiz farzandlarning baxti va kelajagi uchun qayg’uradi. Ularning puxta bilim olishlari qiziqishlari bo’yicha kasb – hunar egallashlari, axloq – odob qoidalarni mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari uchun mavjud imkoniyatlarni yaratadilar. Chunki oilada bolani to’g’ri tarbiyalash mustahkam poydevorli jamiyat barpo etishning garovidir.
Oilada bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini uning ongini, axloqiy hislatlarini, shaxsiy sifatlari va xulqi tarbiyalash va rivojlantirishni taqoza eyadi. Axloqiy tarbiyaning vazifalari asosan quydagilardir;
1.Bolalarda axloqiy his – tuyg’ularni, tassavvurlar va xatti – harakatlarni tarbiyalash.
2.Xulq madiniyati va ijodiy munosabatlarni tarbiyalash.
3.SHaxsda axloqiy his – tuyg’ularni tarbiyalash .
4.Xulqdagi salbiy hislatlarni barxam toptirish.
Oilada amalga oshirilgan axloqiy tarbiyaning mazmuni farzandda o’z ota – onasidan, oilasi, avlod – ajdodlari tarixidan, o’zi tug’ulib o’sgan o’lkasi, vatani, millati, tili, dini, an’analardan g’ururlanishi hissini shakllantirishdan iborat.
Davlatimiz va hukumatimizning ota – ona va tarbiyachi murabbiylar oldiga qo’yayatgan talabi ham aynan shundan ibratdir.
“Bola ongi yoshlikdan boshlab” , “Sen tarixi boy, ulug’ millatning farzandisan”, “Sen ulug’ mutafakkirlar, alloma zamonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalangan bobokolanlarning ajdodisan”, “O’zbek xalqi boy ma’naviyatli, vatanga, xalqa sadoqatli xalq”, “Bizning mamlakatda dunyoda tabiati eng go’zal, boy diyor”, “O’zbek xalqi bag’ri keng , insonpavar, mexmondo’st xalq” kabi tushunchalar bilan shakllantirilsa, uning ongida milliy g’urur, o’zligini anglash paydo bo’lib boradi. Shundagina u o’z avlod ajdodlari an’analari kelgusida davomchisi ekanligini , ongli ravishda tushunib yetdi. Mamlakat, oila tug’ulib o’sgan hudud ravnaqi, amalga oshirayotgan islohatlarning muvaffaqiyoti har bir shaxsning ma’naviy madaniyatliligi darajasiga, uning fidokorligiga, halol mehnatiga bog’liq ekanligini qalb anglaydi.
Yoshlarning ma’naviy – axloqiy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalash davlatimi- zning siyosatini ustuvor yo’nalishi hisoblanadi.
Oila esa tarbiyaning poydevori o’ziga xos jarayon bo’lib, u farzand tug'ulmasdan ancha oldin boshlanadi. Yaniy bo’lajak ota – onanig salomatligi , nasl – nasabi, dunyoqarashi, ichki va tashqi dunyosi, axloq – odobi, moddiy va ma’naviy va jismoniy tayyorligi kelajak farzand tarbiyasida mumkin ahamiyatga egadir.