Psixologiya va tabiiy fanlar.Biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va boshqa fanlar psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy-fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini obyektiv o‘rganish uchun material beradi.
Psixologiya va kibernetika. Kibernetika fani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo‘lib, u inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o‘z o‘rnida foydalanadi.
Psixologiya va texnika fanlari. Texnika fanlari bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini echishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo‘nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Hozirgi kunda psixologiyaning bolalar psixologiyasi, pedagogik psixologiya, kasb psixologiyasi singari tarmoqlari jadal rivojlanib bormoqda.