Oʻquv ishlari boʻyicha
prorektor dots. K. Kuliyev
______________ “____”_______2023 yil
MODUL / FAN SILLABUSI Boshlang’ich ta’lim va gumanitar fanlar fakulteti 60110600– Matematika va informatika
Fan nomi:
Umumiy psixologiya
Fan turi:
Majburiy
Fan kodi:
UPSIM1004
Yil:
2023-2024
Semestr:
5
Taʼlim shakli:
Kunduzgi
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
120
Maʼruza
30
Amaliy mashg‘ulotlar
-
Laboratoriya mashg‘ulotlari
-
Seminar
30
Mustaqil taʼlim
60
Kredit miqdori:
4
Baholash shakli:
Imtihon/yozma
Fan tili:
O‘zbek
SAMARQAND-2023
Fan maqsadi (FM)
FM1
“Umumiy psixologiya” fani bo’yicha tuzilgan dastur talabalarning psixologiya sohasi bo’yicha mutaxassisi sifatida shakllanishi uchun zarur bo’lgan tasavvurlar, bilimlar va ko’nikmalarga mo’ljallab tuzilgan. Talabalarning kasbiy tayyorgarligining asosiy olam, jamiyat va insonning o’rganishi uchun psixologik bilimlarga zaruratning mavjudligi; inson psixologiyasining umumiy psixologik qonuniyatlarini, shaxs va voqelikni anglashi, olamning psixologik tahlili, psixologik hodisalarning kechishi, psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini jamiyatda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
FM2
“Umumiy psixologiya” fanining maqsadi - Fan va ta’lim integratsiyasi mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda innovatsiyalarni ta’lim tizimiga keng jalb etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimidan keng foydalanish
Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar
1
Umumiy psixologiya fani yuzasidan ijtimoiy tasavvur va ma’lum umumpsixologim bilimlar bazasiga ega bo’lishlari kerak.
2
Mamlakatimiz hamda butun dunyoda kechayotgan voqeliklar, jarayonlar to’g’risida tegishli tasavvurga ega bo’lishlari lozim.
Ta’lim natijalari (TN)
Bilimlar jihatidan:
ТN1
Umumiy psixologiya fanining asosiy kategoriyalari, jamiyat a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari haqida;
ТN2
Umumiy psixologiyaning fanlar tizimida tuzilishi, ularning rivojlanish istiqbollari haqida;
ТN3
Psixologiya nazariyasi va metodologiyasiga aloqador tizimlar, kategoriyalar, mexanizmlar, qonuniyatlar, asosiy holatlar;
ТN4
Insonlarning ish qobiliyatini oshirish va funksional holatni optimallashtirishni bilish va ulardan foydalana olish.
Koʻnikmalarjihatidan:
ТN1
Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarni tashkil etish,o’tkazish metodlari va uning vositalaridan foydalana olish;
ТN2
Turli xil hayotiy vaziyatlarda shaxsni o’rganishda sotsial psixologiyaning har xil usullarini qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
1-MODUL. UMUMIY PSIXOLOGIYA FANINING TARAQQIYOTI Psixologiya fanining predmeti, rivojlanish tarixi, sohalari va tadqiqot metodlari Umumiy psixologiya, predmeti, vazifalari. Psixologiya tibbiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Psixologiyaning falsafa doirasidagi taraqqiyoti. Psixologiya va ilmiy-texnik taraqqiyot. Psixologiyaning asosiy muammolari. Pedagog faoliyatida psixologiyaning yetakchi ahamiyatga ega ekanligi. Psixologiyaning tuzulishi, psixologiya sohalari, psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni. Psixologiya fanining taraqqiyoti tarixi.
2
M2
Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Ong taraqqiyoti va ongsizlik. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi (Nerv tizimi. Neyronlar. Akson. Dendrit. Miya. Endokrin tizim. Genitika.) Endokrin tizimning inson organizmi va xulq- atvorining ahmiyati. Psixik xususiyat va holatlarining neyropsixologik asoslari. Psixik faoliyatning jinsga oid xususiyatlari. Filogeniz va ontogenez haqida tushuncha. Psixikaning sensor, perseptiv bosqichlari. Instinktlar. Instinkt tushunchasining mazmuni. Instinktlarning klassifikatsiyasi. Hayvonlarning individua va intelektual hatti-harakat shakllari. Ongning paydo bo’lishi va uning taraqqiyoti. Onglilik va ongsizlik. Muhit psixik faoliyat va taraqqiyot omili sifatida. Anglanmagan psixik jarayonlar.