Topshiriq№-2
«TASVIRNI YAKUNLA» metodikasi
Maqsad: berilgan proektiv metod yordamida inson psixik xususiyatlari bilan tanishib, shaxsga psixologik xarakteristika berish.
Zarur jixozlar: 12 ta kvadrat qog’oz ichidagi tugallanmagan tasvir, qalam.
Ko’rsatma: «Har bir kvadratdagi tugallanmagan rasmni davom ettiring».
Tasvirlar izohi .
1. O’z-o’ziga munosabatni bildiradi.
Negativ rasm – bosh suyagi yoki portlash bo’lsa, bu tajovuskorlikdan dalolat beradi.
Quyosh – liderlik belgisi, diqqat markazida bo’lishga ehtiyoj, fantaziya qilishga moyillikning mavjudligi. Quyosh rasmini chizgan odam odatda muloqotga kirishimli, dilkash, voqea – xodisalardan doim bohabar bo’lishni yoqtiradi.
Gul – ayollik belgisi. Bunday odam uchun uning qiyofasi birinchi o’rinda turadi. Agar gulni erkak kishi chizgan bo’lsa, bu uni seksual orientatsiyasi buzilganligidan dalolat beradi. Bu unda hissiyotga beriluvchanlik, arazchanlik, xafa bo’lish hissidan dalolatdir.
Qiyofa – muloqot qilishni yoqtirish belgisi, agar qiyofa kulib turgan bo’lsa, bu hazil qilishni yoqtirishdan dalolatdir.
Dostları ilə paylaş: |