Janabayeva raxima psixologiya tarixi mustaqil ta\'lim vord
Shaхs taraqqiyotini davrlarga bo`lish.
Shaхs taraqqiyotini davlarga bo`lish bo`yicha L.S.Elkоnin, Vigоtskiy,J.Piajе va shu kabi ko`plab оlimlar ish оlib bоrganlar . Odam individ bo`lib tug`iladi, shaxs bo`lib rivojlanadi taraqqiy etadi. Shaxsning rivojlanishi va shakllanishida xarakter va qobiliyatlarining determinantligi, faoliyat, muloqot, bilish jarayonlari: hissiy - emotsional jarayonlari, irodaviy sifatlari, faolligi, aktivligi, ongligi muhim hisoblanadi. Ya.Gudechek - Shaxsning ijtimoiy qadriyatlar jarayonida rivojlanishi masalasiga katta e‟tibor bergan. Qadriyatlar shaxsning xulqi va faoliyatini motivlashtiradi. Shaxsiy ahamiyatga ega qadriyatlar shaxs tomonidan o`zlashtiriladi. Qadriyatlar shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari, yo`nalishi bilan bog`liq. Umumiy holda shaxsni harakatga keltiruvchi sifatida uning ehtiyojlari yotadi. Ehtiyojlar shaxsni faoliyatga undovchi motivlarda namoyon bo`ladi. K.K.Platonov tomonidan tavsiya etilgan quyidagi: “Shaxsning yo`nalishini asosiy ko`rinishi” rasmini kuzatamiz.