Konfutsiy Li tushunchasini hatto ilohiylashtirishga borib etadi. Keyinchalik qadimgi Xitoyda konfutsiychilar ta’limotiga qo‘shilmagan moistlar maktabi vujudga keladi. Bu maktabning asoschisi Mo-szi (Mo Di) hisoblanadi. U miloddan avvalgi 479-400 yillarda yashagan. Uning fikricha inson o‘z hayoti davomida ilohiy kuch belgilagan qoidalarga mos holda yashashi kerak. Ularga amal qilgan kishini Iloh baxtiyor qiladi, amal qilmaganlarni jazolaydi. Shunisi diqqatga sazovorki, Mo-szi urushlarni qoralaydi, davlatlar o‘rtasidagi tinch-totuvlikni qo‘llab quvvatlaydi. Moistlarning falsafiy qarashlarida bilish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘tariladi. Ular insonning butun bilimlari sezgi a’zolari bilan tafakkurning o‘zaro birligi natijasida vujudga kelishini ta’kidlaydilar. Qadimgi dunyoda falsafiy fikr taraqqiy etgan mamlakatlardan biri Yunoniston edi.

Qadimgi yunon falsafasi miloddan oldingi Vl asrda, ibtidoiy jamoa tuzumi quldorlik jamiyati bilan almashgan davrda vujudga keldi. Quldorlikning vujudga kelishi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji Yunonistonda shahar-davlatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Yunon shahar-davlatlari savdo va sanoat markazi hamda madaniy taraqqiyotning muhim omillaridan biri bo‘ldi.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimiy falsafiy qarashlarini o‘rganishda eramizning 5-asri oxiri va 6-asr boshlarida Eronda zardushtiylik ta’limotining yangi ko‘rinishi sifatida paydo bo‘lib, so‘ng markaziy Osiyo, Kavkaz va Shimoliy Hindistonda keng yoyilgan mazdakizm yoki mazdakiylik diniy-falsafiy ta’limoti bilan tanishish ham muhim o‘rin tutadi
Mazdakiylik ta’limoti, aslida, moniylik diniy-falsafiy ta’limotni to‘ldiruvchi diniy-falsafiy ta’limot bo‘lib, uning ildizlari zardushtiylikka borib taqaladi.
Bu ta’limot Mazdak (470-529 yillar) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u shimoliy Eronning Nishopur shahrida zodagon oilasida tug‘iladi. Mazdan dastlab zardushtiylik dini otashgohlaridan birida kohin bo‘lib, keyinchalik butun Eron bo‘yicha bosh kohin vazifasida ishlaydi. U bunda zardushtiylikka asoslanib o‘zining yangi ta’limotini ishlab chiqadi. Mazdakiylik ta’limotiga ko‘ra, dunyoda bo‘ladigan hodisalar va voqealar ongli va biror maqsadni ko‘zlab harakat qiluvchi ezgulik va yorug‘lik manbai bilan ko‘r-ko‘rona va tasodifiy harakatlanuvchi qorong‘ulik manbai o‘rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurash ezgulik (yaxshilik)ning, yorug‘likning qorong‘ulik (johillik) ustidan muqarrar g‘alabasi bilan tugallanadi.