Iqtisodiyot kafedrasi IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI Fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: “Qadimgi Gretsiya rivojlanishining asosiy xususiyatlari”
BAJARDI: 431-22 guruh talabasi Rajabov Sanjarbek
QABUL QILDI:
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Qadimgi Gretsiya mustamlakachilik siyosatining yo’nalishlari;
Qadimgi Gretsiya iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari;
Kirish
Bu mavzuni yoritishimdan asosiy maqsad Gretsiyanining oldingi va hozirgi iqtisodiyotini tubdan o’rganishdir. Qadimgi Gretsiyaning iqtisodiyotini asosiy vazifalari nimadan iborat ekanligini va uning o’sib borishi haqida to’xtalib o’tmoqchiman. Shuningdek Gretsiya aholisi, kelib chiqishi haqida ham ozgina ma’lumot berib o’taman. Gretsiya iqtisodiyoti hozirgi kunda qay holatda ekanligi va bu holatgacha qay tarzda
yetib kelganligi haqida ham so’z yuritiladi.Gretsiya deganda avvalo ko’z oldimizga qadimiy shahar gavdalanadi. Bu mamlakatning turmush tarzi, ma’daniyati , an’analari haqida ham ushbu mustaqil ishimda so’z yuritiladi. Shuningdek qadimgi Gretsiya iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy xususiyatlari haqida ham to’xtalib o’taman. Bu mamlakatda davlat boshqaruvi qanday olib borilgan ekan degan savolga ham ushbu mustaqil ishdan javob topasiz. Eramizdan avvalgi asrlarda Gretsiyada quldorlik tizimi bo’yicha uning qay yo’sinda olib borilganligi bo’yicha ham malumotga ega bo’lishingiz mumkin. Qo’shimcha qilib shuni aytib o’tishim kerakki Gretsiyaning mustamlakachilik yurishlari va qaysi hududlarni bosib olganligi, u yerda qanday ishlar olib borilganligi haqida bilib olishingiz mumkin. Gretsiya bosib olgan hududlarida qanday siyosat olib borganligi u yerni aholisiga bo’lgan munosabatlar va ulardan olinadigan soliqlar haqida ham o’z bilimingizni oshirib olishingiz mumkin. Qisqacha qilib aytganda Qadimgi Gretsiyaning o’tmishdan hozirgi kungacha rivojlanish bosqichlari uning sanoati, qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlari o’tmishdan to hozirgi kungacha rivojlanishi hamda uning rivojlanishiga asosiy sabab bo’lgan iqtisodiy omillar haqida ushbu yozma ishimda alohida to’xtalib o’tganman. Xullas bu yozma ishimda Qadimgi Gretsiya iqtisodining rivojlanish xususiyatlari haqida so’z yuritiladi.