"psixologiya"


- amaliy mashg’ulot mavzusi: Muloqot psixologiyasi



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/175
tarix24.01.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#80408
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   175
psixologiya

6- amaliy mashg’ulot mavzusi: Muloqot psixologiyasi 
Reja: 
1. Muloqot, muomala, munosabat so’zlariniini eshitganingizda fikringizga 
qanday 
so’zlar, 
iboralar 
keladi. 
(Aqliy 
xujum) 
-
5 daqiqa
2. Samarali muloqot omillari va vositalari haqidagi fikrlar munozarasi (3x4 
pedagogik texnologiya asosida) -25 daqiqa 
3. Shaxsning muloqotga kirishuvchanlik xususiyatini o’rganish bo’yicha 
amaliy mashq – 10 daqiqa 
4. Muloqotning tomonlari. Pedagogik muloqot. Nutq va til to’g’risidagi 
tushuncha. Nutqning turlari va funksiyalari (Kichik guruhlarda ishlash metodi 
orqali) 35 daqiqa 
5. «Kompliment» o’yini Talabalar dars yakunida juftlikda o’z hamkorlariga 
ulardagi mavjud ijobiy sifatlarni ta’kidlab, «kompilimet» aytishadi
- 5 daqiqa 
 
Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik
tarqatma materiallar 
1. Psixologiya so’zini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar iboralar 
keladi. (Aqliy xujum) 
2. Samarali muloqot omillari va vositalari haqidagi fikrlar munozarasini
«3x4» pedagogik texnologiya asosida tashkil etish uchun guruh 4ta kichik 
guruhlarga bo’linadi. Xar bir gurux uchun bir varaq qog’oz olinib, Samarali
muloqot omillari va vositalari haqidagi 3 tadan guruh fikrini yozishini hamda,
bu fikrlar yozilgan qog’ozni (soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha) keyingi 
guruhlarga uzatish taklif etiladi. Keyingi guruh esa yana bu haqda uchta fikr 


193 
bilan to’ldirishi va keyingi guruhga uzatishi lozim. Shu tarzda davom etib, xar 
bir qog’ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo’lgach, guruxlar bu fikrlarni tahlil 
etib, guruxning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi.
3. Shaxsning muloqotga kirishuvchanlik xususiyatini o’rganish bo’yicha 
amaliy mashq uchun metodika:
 
Test. «Muloqotga kirishuvchanlik».
Quyida berilgan 16 savolga «ha», «yo’q», «ba’zan» deb javob bering: 
Sizni amaliy uchrashuv kutmoqda. Uni betoqatlik bilan kutasizmi? 
Sizni biror kasallik xoldan toydirmaguncha, vrachning oldiga borishni orqaga 
suravermaysizmi? 
Sizni biror mavzudagi axborot bilan yig’ilish, majlis va shunga o’xshash 
tadbirda ma’ruza bilan chiqish topshirig’i xavotirga soladimi? 
Sizga ilgari bormagan shahringizga safarga borib kelishni taklif etishdi. Shu 
safarga bormaslik uchun bor imkoniyatni ishga solasizmi? 
O’zingizdagi hissiy kechinmalar bilan kimlar bilandir o’rtoqlashishni yaxshi 
ko’rasizmi? 
Ko’chada sizga notanish odam biror iltimos bilan murojaat qilsa, sizning 
g’ashingiz keladimi? 
Siz «Otalar va bolalar» muammosi borligi va turli avlod vakillarining bir-
birlarini tushunishlari qiyinligiga ishonasizmi? 
Tanishingizga bir necha oy avval olgan qarz pulini eslatishga uyalasizmi? 
Oshxona yoki restoranda sizga yoqmaydigan taom berishdi, idishni chetga 
surib, achchig’ingiz kelganini yashira olasizmi? 
Begona odam bilan yolg’iz qolganingizda, u birinchi bo’lib gap boshlasa, Sizga 
javob qaytarish malol keladimi? 
Siz turli yerlarda odamlarning uzun navbatda turishganini ko’rsangiz, toqatingiz 
toq bo’ladimi. Navbatda turib ko’tishdan ko’ra, o’z niyatingizdan voz 
kechishni afzal ko’rasizmi? 
Biror janjalli vaziyatni muhokama qilishi kerak bo’lgan komissiyaning a’zosi 
bo’lishdan qo’rqasizmi? 
Sizda biror adabiyot, san’at va madaniyat asarlarini baholashning sof individual 
mezonlari bor va bu borada boshqalarning fikrini qabo’l qilmaysiz. Shundaymi? 
Sizga juda tanish bo’lgan masala bo’yicha boshqalarning noto’g’ri fikrlarini 
tasodifan eshitib qolsangiz, indamay qo’ya qolasizmi? 
U yoki bu masalada yordam berishingizni so’rashsa, siz bundan og’rinasizmi? 
O’z nuqtai nazaringizni og’zaki bayon etgandan ko’ra, uni yozma tarzda 
ifodalashni afzal ko’rasizmi? 
Endi ballarni hisoblang: 
«ha» — 2 ball, «ba’zan» — 1 ball, «yo’q» — 0. Shu tarzda ballarni qo’shib 
chiqqach, odamlarning qaysi toifasiga kirishingizni bilib olasiz.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin