"psixologiya"


 Ijtimoiy hulq motivlari va shaxs motivasiyasi



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/175
tarix24.01.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#80408
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   175
psixologiya

 
4. Ijtimoiy hulq motivlari va shaxs motivasiyasi. 
Yuqorida biz tanishib chiqqan faoliyat turlari o’z-o’zidan ro’y bermaydi.
Shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday to’tishi, egallagan 
mavqyei ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi 
va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada «motiv» va 
«motivasiya» tushunchalari ishlatiladi.
«Motivasiya» tushunchasi «motiv» tushunchasidan kengroq ma’no va 
mazmunga ega. Motivasiya — inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi 
va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu 
tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi,
ya’ni: «nega?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «qanday manfaat 
yo’lida?» degan savollarga javob qidirish — motivasiyani qidirish demakdir.
Demak, u xulqning motivasion tasnifini yoritishga olib keladi.
Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o’zini to’tishi sabablarini 
o’rganish tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan narsa bo’lib, masalani yoritishning 
ikki jihati farqlanadi: a) ichki sabablar, ya’ni hatti-harakat egasining subyektiv 
psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar,
mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar); b) tashqi sabablar — faoliyatning 
tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib 
chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli 
boshqarish odatda shaxsiy dispozisiyalar ham deb ataladi. Ular shaxs 
tomonidan anglanishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ya’ni, ba’zan shunday 
bo’ladiki, shaxs o’zi amalga oshirgan ishi yoki o’zidagi o’zgarishlarga nisbatan 
shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o’zi tushunib yetmaydi, «Nega?» 
degan savolga «O’zim ham bilmay qoldim, bilmayman», deb javob beradi. Bu 
anglanmagan dispozisiyalar yoki ustanovkalar deb ataladi. Agar shaxs biror 
kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoydil 
harakat qilsa, bunda vaziyat boshqacharoq bo’ladi, ya’ni, dispozisiya 
anglangan, ongli hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan motiv — konkretroq tushuncha bo’lib, u shaxsdagi u 
yoki bu xulq-atvorga nisbatan turgan moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi 
sababni nazarda tutadi. Mashhur nemis olimi Kurt Levin motivlar muammosi,
ayniqsa, shaxsdagi ijtimoiy xulq motivlari borasida katta keng qamrovli 
tadqiqotlar olib borib, shu narsani aniqlaganki, har bir odam o’ziga xos tarzda u 
yoki bu vaziyatni idrok qilish va baholashga moyil bo’ladi. Shunisi 
ajablanarliki, o’sha bir konkret vaziyat xususidagi turli shaxslarning baholari 
ham turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, bir shaxsning o’zi ham o’zidagi holat,
kayfiyatga bog’liq holda bir xil vaziyatni alohida hollarda turlicha idrok qilishga 
moyil bo’larkan. Shuning uchun ham odamning ayni paytdagi real harakatlarini 
o’sha ma’lum sharoitdagi ichki va tashqi stimullarga uning bergan bahosi yoki 
reaksiyasi sifatida qaramay, balki unda shunga o’xshash holatlarni idrok 


35 
qilishga ichki bir xozirlik — dispozisiyaning mavjudligi bilan tushuntirish 
to’g’riroq bo’ladi. Shu ma’noda shaxs xulqining motivasiyasi turli sharoitlardan 
orttirilgan tajribaga tayangan, ongli taxlillar, xattoki, ijtimoiy tajriba 
normalarining ta’sirida shakllanadigan sabablar kompleksini o’z ichiga oladi.
Masalan, iqtisodiy oliygoxlarida: «Statistika» nomli kurs bor deylik. Shu 
kursni o’zlashtirish va undan sinovdan o’tish ko’pchilikka osonlikcha ro’y 
bermaydi. Hali kurs boshlanmasdanoq, yosh talabalarda shu kurs va uning 
talablariga nisbatan shunday ustanovka shakllanadiki, albatta, bu kurs qiyin,
uni olib boruvchi o’qituvchi o’ta talabchan, qattiqqo’l va hokazo degan.
Bunday motivasiya mana necha avlod talabalari boshdan kechirayotgan holat.
Endi konkret shaxsning dars jarayoni boshlangan keyingi harakatlari konkret 
motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq talaba uchun bu fan ham boshqa fanlar 
qatori tinimsiz izlanish, o’z vaqtida darslarni tayyorlashni talab qilsa, boshqasi 
uchun (dangasaroq talaba uchun) bu darsdan keyin dars yo’q va u qachon shu 
semestr tugashini kutib harakat qiladi.
Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Ya’ni,
maqsadli hayotda shaxsda avval u yoki bu ehtiyojlar paydo bo’ladi va aynan 
ularning tabiati va zaruratiga bog’liq tarzda xulq motivlari namoyon bo’ladi.
Misol uchun talabaning o’quv faoliyatini olish mumkin. Bilim olish maqsadi 
bilim, ilm olish, qiziquvchanlik ehtiyojini paydo qiladi. Bu ehtiyoj 
taraqqiyotning ma’lum bir davrida, masalan, bog’cha yoshidan boshlab 
qoniqtirila boshlaydi. Bolaga sotib olib berilgan kitoblar, daftar va boshqa 
o’quv qurollari, ma’lum ta’lim maskanida tashkil etilgan shart-sharoitlar va u 
yerdagi bevosita bilim olishga qaratilgan faoliyatning o’zi, bola uchun motiv 
o’rnini bosadi. Yana bir oddiy misol: qo’lingizda kitob bor. Siz hali uni 
o’qishni boshlamadingiz. Lekin o’qish istagi bor, shu istakning ortida esa,
o’sha mazmunni bilish va uning tagiga yetish ehtiyoji turadi.
Umuman shaxs ijtimoiy xulqi motivi haqida gap ketganda, uning ikki tomoni 
yoki elementi ajratiladi: harakat dasturi va maqsad.  Harakat dasturi maqsadga 
erishishing vositalariga aniqlik kiritadi. Shuning uchun ham dasturda nazarda 
tutilgan vositalar maqsadga erishishni oqlashi kerak, aks holda dastur xech 
narsa bermaydi. Masalan, ba’zi ota-onalar farzandlarini yaxshi tarbiyalash va 
undan ideallaridagi shaxs yetishib chiqishini orzu qilib, uning oldiga juda og’ir 
tarbiyaviy shartlarni qo’yadilar, bola erkinligi bo’g’iladi, u qat’iy nazorat 
muhitida ushlanadi. Oqibatda bola keyinchalik boshqarib bo’lmaydigan,
qaysar, uncha-muncha tashqi ta’sirga berilmaydigan bo’lib qolib, har qanday 
boshqa ijtimoiy sharoitda qiynaladigan bo’lib qoladi. Shuning uchun ham motiv 
har doim anglangan, extiyojlar muvofiqlashtirilgan va maqsadlar va unga yetish 
vositalari aniq bo’lishi kerak. Shundagina ijtimoiy xulq jamiyatga mos bo’ladi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin