84
etilishi lozim.
Majlis qatnashchilari muhokama etilayotgan muammo bo’yicha yetarli
tajriba va bilimga ega bo’lishlari kerak. Majlisda ko’riladigan masalalar mavzusi
qatnashchilarga ular tayyorgarlik ko’rish uchun vaqtga ega bo’lishlari uchun
avvaldan e’lon qilinishi lozim.
Yig’ilish o’tkaziladigan sana, vaqt va joy avvaldan ko’rsatilishi lozim,
chunki uning qatnashchilari o’z ish vaqtlarini rejalashtirishlari kerak.
Yig’ilish rahbari avvaldan yig’ilish maqsadi va o’tkazilish shaklini belgilash
lozim.
Yig’ilish o’tkazilish tartibi, erkin, ishchan muhokama uchun sharoit yaratish
ham muhimdir.
Rahbarning ko’plab majburiyatlari ichida tashrif qiluvchilarni qabul qilish va
suhbat o’tkazishni alohida ajratib ko’rsatish lozim. Qo’l ortida ishlovchilar
tashabbusi bilan qabul qilish uchun alohida vaqt ajratish muhimdir, chunki
„ochiq eshiklar siyosati“ tashqaridan demokratik xususiyatga ega bo’lsada, ish
vaqtini noto’g’ri sarflashga olib keladi. Suhbat davomida rahbar savollar berish
yo’li bilan xodimlardan ular niyatini aniq bilib olishi, o’z iltimos yoki takliflarini
asoslab berishiga intilishi kerak. Agar suhbat rahbar tashabbusi bilan amalga
oshadigan bo’lsa, xodim suhbat vaqti va maqsadi haqida ma’lumotga ega
bo’lishi kerak. Bu xodimga masala mazmuni bo’yicha tayyorgarlik ko’rish
psixologik tanglikka duch kelmaslik uchun imkon yaratadi. Suhbat davomida
o’zaro ishonch muhitini yaratish u muvaffaqiyatli bo’lishiga imkoniyat beradi.
Bunda rahbar suhbat maqsadi va xodimning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga
olishi kerak. Suhbat oxirida rahbar albatta muhokama etilgan masala bo’yicha
erishilgan natija va uni keyincha hal etish yo’llarini qayd qilib qo’yishi kerak.
Rahbar mehnati samaradorligining muhim omillaridan biri — qabul qilingan
qarorlarning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etishdir. Nazorat rahbarning
doimiy vazifasi bo’lib, uning ish rejasida hisobga olinishi lozim hamda
materiallar bilan tanishuv, shaxsan ma’lumot berish uchun qabul qilish,
inspeksiya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Nazorat qilishning qulay shakli
— topshiriqlarni maxsus muddatli kartochkalar va perfokartalar vositasida
hisobga olishdir.
Rahbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi uchun sharoit
yaratishi lozim, chunki butun boshqaruv tizimi va natijada butun ishlab
chiqarish samaradorligi shu narsaga bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: