"psixologiya"



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/175
tarix24.01.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#80408
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   175
psixologiya

Ixtiyorsiz diqqat maqsadsiz, rejasiz yuz beradi. Bunday xollarda faoliyat 
maroqliligi, qiziqarliligi yoki kutilmaganda sodir bo’lishligi bilan o’ziga jalb 
qiladi. Odam o’ziga ta’sir qilayotgan narsalarga, xodisalarga, bajarayotgan 
faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi.
Ixtiyoriy diqqat deb ongimizni aniq maqsad asosida va idoraviy kuch 
yordamida kerakli obyektga yo’naltirishga aytiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda ish 
bizni o’ziga shunchaki jalb qilib olsa, ijtiyoriy diqqatda biz diqqatimizni qaratish 


98 
uchun o’z oldimizga ongli suratda maqsad qo’yamiz, qiyinchiliklarni yengib,
diqqatni to’plash uchun kurashib va har kanday boshqa narsalarga berilmaslik 
uchun iroda kuchini sarflab diqqatimizni ongli ravishda narsaga qaratamiz.
Ixtiyoriy diqqatning xarakterli xususiyati xuddi mana shu maqsad ko’zlashda,
irodaviy zo’r berishda namoyon bo’ladi. 
Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo’lishidir. Qandaydir biror 
faoliyat bilan shug’ullanishga qaror qilar ekanmiz, diqqatimizni hatto ayni 
chog’da biz uchun qiziqarli bo’lmagan, lekin biz shug’ullanishni lozim topgan 
narsalarga ongli suratda qaratamiz. Demak, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan 
sifat jihatdan farq qiladi.
Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan kelib chiqqan. Odamda ixtiyoriy 
diqqat mehnat jarayonida yuzaga keladi. Chunki mehnat maqsadga muvofiq 
faoliyatdir. Maqsad ko’zlash esa o’z tarkibiga diqqatni yo’naltirishni ham oladi.
Ijtimoiy hayot extiyojlari odamda o’z diqqatini mehnat faoliyati uchun muhim 
ahamiyatga ega bo’lmagan narsalarga qaratmaslik va mehnat jarayoni bilan 
bog’liq narsa ustida to’plash ruxida tarbiyalaydi.
Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat kabi odamning qiziqishlari bilan 
mustahkam bog’liqdir. Lekin, agar ixtiyorsiz diqqatda qiziqishlar bevosita 
bo’lsalar, ixtiyoriy diqqatda bavosita xarakterga ega bo’ladi. Faoliyatning o’zi 
bizni qiziqtirmasligi mumkin, ammo faoliyatni bajarishda yuklangan vazifani 
hal qilish uchun zarur bo’lgani tufayli ana shu maqsad nuqtai nazaridan faoliyat 
biz uchun qiziqarli bo’lib koladi.
Ixtiyoriy diqqatdan tashqari, diqqatning ana bir turini qayd qilib o’tish 
lozim, bu diqqat, ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga qartilgan bo’lib, lekin doimiy 
irodaviy zo’r berishni talab qilmaydi. Masalan, o’quvchi uy topshirigini 
bajarishga kirishganda dastlab bu ishga o’zini majbur qiladi, ataylab diqqatni ish 
ustiga to’playdi, irodaviy zo’r beradi. Lekin ishga kirishib olgach, endi irodaviy 
zo’r berish pasayadi, diqqat o’z-o’zidan ish ustiga to’planadi, o’quvchi esa ishni 
berilib bajara boshlaydi. Ana shu paytda o’quvchining diqqati ixtiyoriy 
diqqatdan muvofiqlashgan diqqatga aylanadi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin