"psixologiya"



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/175
tarix24.01.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#80408
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175
psixologiya

Piktogramma metodi 
Bevosita esda olib qolish xususiyatlarini piktogramma, ya’ni rasmli 
assosiasiyalar metodi orqali ham o’rganish mumkin. Piktogramma 
eksperimental-psixologik tadqiqot usuli sifatida birinchi marta L. V. 
Zankov(1935) tomonidan qo’llangan. Sinaluvchi aniq so’zni rasmdagi tasvir 
orqali eslab qolishi kerak. Sinaluvchi so’z va tasvir o’rtasidagi aloqani o’ylab 
topishi kerak, bu esa keyinchalik so’zni qayta esga tushirishga yordam beradi.
Rasm va so’z o’rtasidagi assosiativ aloqani shakllantirish jarayonida 
inson shunday mazmunli aloqalarni tanlaydiki, uning fikricha, bu rasmlar 
so’zni eslab qolish uchun yaroqli bo’ladi. (A. R. Luriya, 1967). Shuning uchun 
ham bu metodika orqali tadqiqot o’tkazish faqatgina assosiativ, bevosita xotira 
xususiyatlargina emas, fikrlash faoliyati xarakteri, tushunchali tafakkurning 
rivojlanishi darajasi haqida ham bilish imkonini. . beradi. (S. V. Longinova, S. 
Ya. Rubeynshteyn, 1972 B. G. Xersonskiy, 1988).
Metodikaning mazmuni shundan iboratki, sinaluvchi aniq bir so’zni,
tushunchani eslab qolib, o’zi mustaqil rasm sxema chizadi. Bu chizilgan rasm 
yoki sxema keyinchalik so’zni-tushunchani esga tushirishga yordam berishi 
kerak. Alohida harf tavsiya etilmaydi. Tajriba o’tkazish uchun oldindan 
tayyorlangan qog’oz varag’i va qalam kerak bo’ladi. Keyinchalik sinaluvchini 
quyidagi so’zlarni eshitish va esda olib qolishga va topshiriqlarni bajarishga 
taklif qilinadi. «Men sizga so’zlarni aytaman, siz bo’lsangiz ularni yaxshiroq 
eslab qolish uchun kichikroq rasm chizib oling. Rasm chizish tezligi va 
rasmning sifati sizni xavotirlantirmasin. Asosiysi, siz keyin rasmga qarab turib,
eslab qolishi uchun so’zlar berilganligini aytsangiz bo’ldi.


203 
So’zlar yoki birikmalari quyidagilar bo’lishi mumkin.
Vatan 
Uchish 
Taraqqiyot 
Roxat 
Qo’rqinch 
O’rmon 
Quvvat 
Kasallik 
Quvonch 
Daraxt 
Tog’ 
Vaqt 
Baxt 
O’qish 
Yirtqich 
Yo’l 
E’tiqod 
Akter 
Insoniyat 
Mish-mish 
Diqqat va faoliyat. Diqqat turlari va xususiyatlari. Sezgi va Idrok.
Sezgilarning ahamiyati, klassifikasiyasi va qonuniyatlari. Idrok to’g’risida 
tushuncha. Idrokning xususiyatlari va turlari. Xotira. Xotira to’g’risida 
tushuncha. Xotira jarayonlari va turlari. Kichik guruhlarda ishlash uchun 
guruh 4 ta kichik guruhga bo’linadi va ularga quyidagi tarqatma materiallar 
berilib, Ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi. 
Takdimot tayyorlash uchun 20 daqiqa va xar bir gurux taqdimoti uchun 4 
daqiqadan Taqdimotlar muhokamasi uchun 4 daqiqa ajratiladi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin