"psixologiya"


 Shaxsning ustanovkalari va muhim oriyentasiyalari



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/175
tarix24.01.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#80408
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   175
psixologiya

 
3. Shaxsning ustanovkalari va muhim oriyentasiyalari. 
Ijtimoiy ustanovkalar — shaxsning atrof muhitida sodir bo’layotgan 
ijtimoiy xodisalarni, obyektlarni, ijtimoiy guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish,
qabul qilish va ular bilan munosabatlar o’rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida 
odamdagi dunyoqarashni ham o’zgartirishga aloqador kategoriyadir.
Rus olimi V. A. Yadov o’zining dispozision konsepsiyasini yaratib, unda 
ustanovkalarni to’rt bosqich va to’rt tizimli sifatida tasavvur qilgan.
A) elementar ustanovkalar (set) — oddiy, elementar ehtiyojlar asosida 
ko’pincha ongsiz tarzda hosil bo’ladigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish 
uchun moddiy shart-sharoitlarni va odamdagi ehtiyojlar tizimini o’zgartirish 
kifoya.
B) ijtimoiy ustnovkalar (attitud) — ijtimoiy vaziyatlar ta’sirida ijtimoiy 
obyektlarga nisbatan shakllanadigan ustanovkalar. Ularni o’zgartirish uchun 
ijtimoiy shart-sharoitlar va shaxsning ularga nisbatan baho va munosabatlari 
tizimini o’zgartirish kerak.
V) bazaviy ijtimoiy ustanovkalar — ular shaxsning umumiy yo’nalishini 
belgilaydi va ularni o’zgartirish e’tiqodlar va dunyoqarashlarni o’zgartirish 
demakdir.
G) Qadriyatlar tizimi — ular avlodlararo muloqot jarayonining mahsuli 
sifatida jamiyatda qadr-qimmat topgan narsalarga nisbatan ustanovka. Masalan,
sahih hadislar shunday qadriyatlardir, biz ularni tanqidsiz, muhokamalarsiz 


23 
qabul qilamiz, chunki ular ham ilohiy, ham eng buyuk insonlar tomondan 
yaratilgan va avloddan avlodga o’z qadrini yo’qotmay kelayotgan qadriyatlardir.
Ijtimoiy ustnovkalarni o’zgartirishning eng sodda va qulay yo’li — bu ayni 
vaziyatlar va ulardagi ta’sirlarni qaytarishdir.  Bu qaytarish qayd qilingan obraz 
sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo 
bo’lganda, obyektivlashadi, ya’ni o’z kuchini va mavjudligini ko’rsatadi.
Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo’lsak, u yerda 
biror g’oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o’z siyosiy,
mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so’zlar va iboralar, harakatlar bilan 
qaytaraveradi va shu yo’l bilan ko’pchilikning ma’qullashiga erishadi. Ayniqsa,
saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo’llaniladi. Shulardan kelib chiqib,
ijtimoiy ustanovkalarni o’zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali 
ham dunyoqarashni o’zgartirishga erishish mumkin. 
5

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin