101
Analizator uch qismdan tarkib topadi: 1. Tashqi quvvatni nerv jarayoniga
o’tkazadigan maxsus transformator hisoblangan periferik bo’lim (reseptor), 2.
Analizatorning periferik bo’limini markaziy analizator bilan bog’laydigan
yo’llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan
qochuvchi) nervlar, 3. Analizatorning periferik bo’limlaridan keladigan nerv
signallarining qayta ishlanishi sodir bo’ladigan qobiq osti va qobiq (miyaning
o’zi bilan tugaydigan) bo’limlari. Sezgining hosil bo’lishi reflektor yoyi tufayli
bo’ladi.
Aks etish xususiyatiga va reseptorlarning joylashgan o’rniga qarab
sezgilar odatda uch guruhga ajratiladi: 1. Eksterioseptiv sezgilar. Bularga
tashqi muhitdagi narsalar va xodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan va tana
yuzasini sezadigan sezgilar (ko’rish, eshitish, hid bilish, tam bilish, teri-
tuyg’u) kiradi. 2. Tananing ichki a’zolaridagi o’zgarishlarni sezadigan
interioseptiv sezgilar. Bunga organik sezgilar kiradi. 3. Mushaklar va paylardagi
holatni sezadigan prorioseptiv sezgilar. Bunga muskul-harakat sezgisi kiradi.
Ular gavdamizning harakati va holati xaqida axborot beradi.
Eksterioseptorlar o’z navbatida yana ikki guruhga bo’linadi: kontakt va
distant sezgilar. Kontakt sezgilarga teri-tuyg’u va ta’m bilish sezgilari kirsa,
distant sezgilarga ko’rish, eshitish, hid bilish sezgilari kiradi. Hozirgi zamon
fani ma’lumotlariga asoslanib sezgilarni tashqi va ichki sezgilarga bo’lish yetarli
emas. Sezgilarning ba’zi bir turlarini tashqi-ichki deb hisoblasa ham bo’ladi.
Ularga harorat va og’riq, tam bilish va tebranish, mushak-bo’g’in va statik-
harkat sezgilari kiradi.
Sezgilarga xos bir qancha qonuniyatlar mavjuddir. Avvalo sezgining hosil
bo’lishligi uchun qo’zg’atuvchi ma’lum kuchga ega bo’lishi lozim.
Qo’zg’atuvchi ta’sir etishi bilan sezga hosil bo’lmaydi, balki oradan
ma’lum vaqt o’tadi. Bu vaqt 0, 02 sekunddan 0, 1 sekundga tengdir. Xuddi shu
singari, sezgi hosil bo’lgach, ma’lum muddat davom etadi. Davom etish
muddatiga qarab sezgilar qisqa va uzoq muddatli bo’ladi. Sezgilar kuchli va
kuchsiz ham bo’lishi ham mumkin. Bu qo’zg’atuvchi kuchiga bog’liqdir.
Sezgi chegaralarga ham egadir. Uning quyi va yuqori chegarasi
farqlanadi. Sezgirlikni mashq yo’li bilan yoki maxsus morfiy modda ta’sirida
kuchaytirishga sensibilizasiya deyiladi.
Adaptasiya ham sezgiga xos xususiyatdir. Adaptasiya deb sezgi
organlarining tashqi qo’zg’atuvchilarga moslashishiga aytiladi. Adaptasiyaning
uch turi farq kilinadi:
1. Qo’zg’atuvchining uzoq vaqt ta’siri natijasida sezgining yo’qolib qolishi.
2. Kuchli qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgining zaiflashishi.
3. Kuchsiz qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgirlikning ortishi.
Sinesteziya – bu ikki sezgining yaxlit bir sezgi bo’lib qo’shilib ketishi
demakdir.
Dostları ilə paylaş: