Faol o’rganish jarayonida o’rganuvchilarning ruhiy va jismoniy faolligini
oshiruvchi maxsus mashqlar (enerjayzerlar) va ulardan foydalanish.
Psixologiyadan amaliy mashg’ulotlar jarayonida darsni jonli va qiziqarli
tashkil etish uchun quyidagi talabalarning ruhiy va jismoniy faolligini
oshiruvchi maxsus mashqlardan (enerjayzerlardan) foydalanish mumkin:
«Shamol esmoqda» mashqi.
Barcha ishtirokchilar aylana shaklida stullarga o’tirishadi. Bitta odam
aylana markazida turadi va boshlovchi hisoblanadi. Boshlovchi « kuchli shamol
. . . tomonga esmoqda » deydi. Bunda boshlovchi boshqa ishtirokchilarga yoki
butun guruhga xos bo’lgan belgilarni (masalan: ko’zning rangi, kiyimning
belgisi. . . ) aytadi. Kimgaki bu belgilar xos bo’lsa, ular joyidan turishadi. Joy
yetmay qolgan ishtirokchi boshlovchi bo’ladi. Qo’shni o’rinlarni egallash
mumkin emas.
«Bunga-Yunga» mashqi.
O’yin ishtirokchilari aylana shaklida turishadi. Boshlovchi boshqa
ishtirokchilar bilan turadi va «A-a-a-a» deya baland kuylay boshlaydi. Keyingi
ishtroqchi davom ettirib ketadi, hamda shu tarzda o’yin boshlovchiga qadar
davom etadi. So’ngra barcha ishtirokchilar baland sakrab «Bunga-Yunga» deya
qichqiradi. Mashq 3 marta takrorlanadi. Bu mashqlar qon aylanishini
yaxshilashni yo’lga qo’yadi va ishtirokchilarning umumiy tonusini ko’taradi.
«Dohiyni top» mashqi.
Barcha ishtirokchilar aylana shaklida turishadi. Bir ishtirokchi o’z
ixtiyoriga ko’ra tashqariga chiqariladi. Qolganlar o’rtada dohiyni tanlaydilar.
Uning buyrug’iga binoan butun guruh qandaydir mashqlarni «qo’l silkitish,
chapak chalish va hokazolarni» bajarishadilar. Mashqlar vaqtma-vaqt almashib
boraveradi, tashqaridan qaytib kirgan ishtirokchining vazifasi esa, guruhni kim
boshqarayotganini, «Dohiy» kimligini topishi bo’ladi. Bu mashqning qiyinligi
shundaki, ishtirokchilar dohiyga to’g’ri qaramaydi.
«Tropik yomg’ir» mashqi
Barcha ishtirokchilar aylana shaklida turadilar. Boshlovchi harakatini
bajarib ko’rsatadi va bu ishtirokchilar tomonida boshlovchiga qadar davom
etadi. Boshlovchi bo’lsa harakat to’rini o’zzgartiradi va bu ishtirokchilar
tomonidan shu tarzda davom etiriladi.
228
Harakatlar ketma-ketligi:
Barmoqlarni qirsillatish; kaftini kaftiga urish; kaftlar bilan ko’krakka
urish; oyoqlarni topillatish; shu tarzda yana ketma-ket bajarilaveradi. O’yin
davomida hosil bo’ladigan tovush «Tropik yomg’iri» tovushiga juda ham
o’xshaydi.
«Paravozcha» mashqi.
Barcha ishtirokchilar 3 kishidan bo’lib guruhlarga bo’linadi.
Guruxdan biri «Paravozcha» qolganlari «vagonlar» bo’lishadi.
«Paravozchalar» ko’zlarini yumadilar «Vagonlar» bo’lsa «paravozcha»ning
harakatini boshqa «paravozchalar» bilan to’qnashmaydigan qilib boshqaradi.
topshiriq.
«Vagonlar» «Paravozchani» shunday yo’naltirishadiki, u boshqa
«qismlar» bilan «bog’lanishi» kerak. O’yin barcha «qismlar» aylana holda
birlashgandan keyin tugaydi.
«Sirli farvater» mashqi.
Bu mashqda to’siqlarni yengishga mo’ljalangan 7-8 ishtirokchi
paravozcha bo’lishadi va bir-birini orqasidan ushlashadi. 1-turgan kishidan
boshqa barchani ko’zlari bog’lanadi. 1-ishtirokchi (boshіaruvchi kishi) Hech bir
so’z aytmasdan, parovozchalarni qarama-qarshidagi devorgacha olib borishi
kerak. O’yinning qiyinchiligi shundaki, dum sudralish xususiyatiga ega va
«mina»larga to’qnashib ketishi mumkin. Bu hodisa yuz bermasligi uchun har
bir ishtirokchi o’zidan oldingisining harakatini aniq qaytarishi lozim. Mashqni
minalar sonini ko’paytirish va o’zgartirish bilan murakkablashtirish mumkin.
«Timsoh va qurbaqalar» mashqi.
O’yin uchun uning yordamida shovqin hosil qilish mumkin bo’lgan biror
bir predmet zarur va bu predmet timsohning qo’lida turishi kerak (temir banka,
tayoqcha). Xonani xovuz deb tasavvur qilish mumkin. O’yin ishtirokchilari
qurbaqalar vazifasini, faqatgina bitta ishtirokchi timsoh vazifasini bajaradi.
Polga gazeta varaqlari sochib tashlanadi. Bular suzuvchi barglar hisoblanadi.
O’yin qoyidalari:
-Timsoh qurbaqalarni yeyish, qurbaqalar esa o’zlarini himoya qilishlari
kerak;
-Timsoh shovqin chiqarsa bu uning uxlayotganidan, va hurrak
otayotganidan darak beradi va bu vaqtda qurbaqalar xavfdan holi bo’ladilar;
-Shovqin tinganda esa qurbaqalar barglar ustida xavfsiz bo’ladi;
-Timsoh shovqin chiqarganda qurbaqalar hovuz bo’ylab harakatlanishi,
ammo barglar ustiga chiqmasligi kerak;
-Shovqin tinganda timsoh ularni tutib olmasdan oldin ular barglar ustiga
chiqib olishi kerak. Barglar ustida bir nechta qurbaqalar turishi mumkin, ammo
bunda ular 2 oyoqlab turishganda, barglarni chetlari ko’rinib turishi kerak yoki
bir oyoqda turishi ham mumkin.
-Shovqin chiqara turib, timsoh xona bo’ylab yuradi va har safar 3 yoki 4
bargni yig’ishtirib oladi. Shovqin tugaganda barglar ustida noto’g’ri turgan
qurbaqani o’yindan chiqadi. Keyin barchasi qaytadan takrorlanadi, barglarning
bir qismi olib tashlanadi va shu tariqa o’yin davom ettiriladi.
229
8. Hayvonlar qorong’ulikdan ozodlikka chiqib olishdi va har bir hayvon
ovoziga ko’ra o’z juftini topishi kerak. O’yin ishtirokchilari 2 guruhga
bo’linadi. Boshlovchi 1 va 2 chi guruhdagi har bir ishtirokchiga ma’lum bir
hayvon nomini beradi va u guruhda yagona bo’lishi kerak. Har ikki guruh ham
joyidan turib bitta yagona guruhga birlashadi. Ishtirokchilar ko’zlarini
yumadilar va joylarida aylanishadi, aylana turib ular o’zlari tasvirlayotgan
hayvonga xos tovushlar chiqaradilar. O’z juftini topgan hayvon u bilan birga
chetga sekingina chiqib turadi va boshqa hayvonlar o’z juftlarini topgunicha
kutib turadi.
«Tutqunlikdan qochish» mashqi.
O’yin anchagina energiya sarf qiladi, fasilatorlar komandasi o’yinni
boshqarib turadi va vaziyatning nazoratdan chiqish xavfi tug’ilganda uni
to’xtatishadi. Agar 2 juftlik bitta stulga talashib qolsa, ular sudya vazifasini
ham bajarishadi, stullarni ikkita-ikkitadan qilib xonada har joyga qo’yib
chiqishadi. Bu stullar orasi 1 metrdan kam bo’lmasligi kerak. 2ta stul xonaning
markaziga qo’yiladi. Bu tutqunlik bo’ladi. Guruhni stulga o’tkazib chiqishadi.
Har guruh bir-birini qo’lidan ushlab oladi va o’yin davomida ular qo’llarini
qo’yib yubormasligi kerak bo’ladi. «Tutqunlikda»gi juftlikka va boshqa
juftliklarga ham nomer qo’yib chiqiladi va bu nomerlarni o’yin oxirigacha
saqlash kerak bo’ladi.
«Tutqunlik»dagi juftlik o’yinni boshlaydi. Ular 2 yoki undan ortiq
nomerni aytishadi va shu raqamdagi juftliklar o’zlariga yangi joy topishlari
kerak bo’ladi. «Tutqunlik»dagi juftliklar ularning joylarini egallab olishga
harakat qilishadi. Agar ular hamma juftliklarning o’z o’rinlarini almashtirishini
hohlashsa «Tutqunlikdan qochish» deb baqiradi. «Tutqunlik»ga to’lib qolgan
juftliklar yana shu tariqa o’yinni davom ettiradi.
«Uchuvchilar» mashqi.
Ishtirokchilar o’zlarini samolyot deb tasavvur qilishi kerak.
Boshqaruvchining vazifasi samolyotlar tezligini va yo’nalishini boshqarib
turishdir. O’yin davomida boshqaruvchi samolyotlar tezligini va yo’nalishini
o’zgartirib turadi.
«Fillar va palmalar» mashqi.
Barcha ishtirokchilar aylana shaklida turishadi. Aylana markazida turgan
odam ishtirokchilardan birini ko’rsatadi va «fil» deydi. Tanlangan odam
engashadi va qo’lini xartumga o’xshatib oldinga tutadi. Uning yonidagi
o’yinchilar qo’llarini fil qulog’iga o’xshash tarzda engashtiradi. Agar o’yin
markazida turgan odam «palma» desa, u ko’rsatgan atrofdagi kishilar daraxt
shoxlarini tasvirlaydi. Agar markazdagi odam «Skuns» desa u ko’rsatgan odam
aylanadi va qo’lini dumga o’xshatib ko’rsatadi. Uning atrofidagilar o’girilib
olib burunlarini qisishadi.
«Boyo’g’li va sichqon» mashqi.
O’yin uchun ko’zni bog’lashga latta va toshlar bilan to’ldirilgan banka
kerak. Boyo’g’lining vazifasi sichqonni to’tish, sichqoning vazifasi
boyo’g’lidan qochish. 2 kishi tanlanadi, ulardan biri boyo’g’li va boshqasi
sichqon bo’ladi. Ularni ko’zini bog’lab, qo’liga toshli bankalar beriladi. Ular
bu bankalarni shaqqilatib, biri qochishi, ikkinchisi quvishi kerak. Qolgan
230
ishtirokchilar aylana bo’lib turishadi va bu bilan o’yinchilarning bir birini
jarohatlab qo’yishning oldini olishadi. Agar boyo’g’li sichqonni to’tish o’rniga
boshqa ishtirokchini tutib olsa, sichqon boyo’g’li bo’ladi va o’ziga boshqa
sichqon qidiradi.
«Sabzavotli arava» mashqi.
Boshqaruvchidan boshqa hammada stul bo’lishi kerak. Avvaldan tuzilgan
ro’yxatga ko’ra, u har bir ishtirokchiga qarab sabzavot nomini qo’yadi. Bunda
kamida uchta odam bitta sabzavot nomini olishi kerak. Boshlovchi
sabzavotning nomini aytib bajaradi va bu sabzavot nomini olgan o’yinchilar o’z
o’rinlarini almashtiradi. Agar boshlovchi bu vaqtda o’yinchilardan birining
joyiga o’tirishga ulgursa, joysiz qolgan o’yinchi boshqaruvchi bo’ladi. Agar
boshqaruvchi «Sabzavotli arava» deb baqirsa, barcha o’yinchilar o’z joylarini
almashtiradilar.
«Xa-xa» mashqi
Barcha ishtirokchilar boshlarini yonida yotgan odamning qorniga
qo’yganicha polga yotadi. Birinchi odam «xa» deydi, ikkinchi odam esa «xa-
xa» deydi va shu holda butun zanjir bo’ylab kulgu davom etadi. Agar polga
yotish imkoni bo’lmasa, ishtirokchilar aylanma bo’lib turishadi va 1-variantdagi
harakatlar bajariladi.
«Yozuv mashinkasi» mashqi.
Barcha ishtirokchilar bir chiziq yoki aylana bo’lib turadilar. Guruhga
to’rtlik (gap, so’z birikmasi. . . )ni o’qish topshirig’i beriladi. Ular buni xor
bo’lib o’qishlari kerak emas. Ishtirokchilar birin-ketin bittatadan harf aytadi.
Gapda chiziqcha bo’lsa, ishtirokchilar chapak chaladi, vergul va nuqtalarni
ham shu tarzda biror belgi bilan belgilab olishi mumkin. Xato qilgan o’yindan
chiqib ketadi. Uchta kishi qolganda barcha guruh o’yinni qaytadan boshlaydi.
«Qarsaklar» mashqi.
Guruh a’zolari bir chiziq bo’ylab, kolonna yoki aylana bo’lib turishadi.
Buyruqqa binoan birinchi kishidan boshlab har bir ishtirokchi bittadan
qarsak uradi. Qarsaklar birin-ketin davom etishi kerak. Bir ishtirokchi
faqatgina bir qarsak uradi. 20 kishilik guruhning mashqni bajarib bo’lishi 3
sekund davom etadi.
«Kim tormoz» mashqi.
Ishtirokchilar juft-juft holda bo’linadi, stolning o’rtasida kichkina
predmet turadi. 2 kishi 2 tarafdan qo’llarini predmetdan 1 xil masofada tutib
turishadi. Boshlovchi har xil raqamlarni aytadi. Juft son aytilganda predmetni
darrov ushlab olish kerak bo’ladi.
«Buzuq telefon» mashqi.
Ishtirokchilar bir chiziq bo’lib turadi. Boshlovchi qatorning oxirida
turadi. Ishtirokchilar unga orqasi bilan turadi. U ishtirokchining yelkasiga urib
o’ziga o’girilishini so’raydi va unga imo-ishoralar bilan qandaydir predmet
tasvirini ko’rsatadi ( gugurt kutisi, pistolet. . . ) Birinchi ishtirokchi ikkinchisiga
o’girilib, uni yelkasiga turtib o’ziga qaratadi va huddi shu imo-ishoralar bilan
ko’rsatadi va shu tariqa o’yin davom etadi, oxirgi ishtirokchi ovoz chiqarib
aytadi.
Sharti: barcha harakatlar ovoz chiqarilalmasdan bajariladi, faqat qaytarib
ko’rsatilishi iltimos qilinishi mumkin. Ishtirokchilar o’zidan avvalgisi yelkasiga
turtmagunicha o’girilmaydi.
231
«Ko’prikcha» mashqi.
Bu mashq bir oz murakkab bo’lib, guruhning ilk shakllangan davrida uni
bajarish tavsiya etilmaydi. Butun guruh ixtiyoriy ravishda 2ga bo’linadi.
Tajribalar ko’rsatishicha, o’zaro muloqotda muammolari bo’lgan insonlar
boshqa-boshqa guruhlarni tanlashadi. Polga butun xona bo’ylab 20sm enlikda
ko’prik rasmi chiziladi yoki doska tashlanadi. Bu ko’prikdan bitta komanda 1
metr oraliq masofani saqlagan holda birin-ketin joylashadi. Ikkinchi
komandaning xar bir ishtirokchisi qarama-qarshi guruh ishtirokchilari bilan
to’qnashgan holda ko’prikdan o’tib olishlari kerak. Agar kimdir orqaga ketib
qolsa ( u qaysi guruhdan bo’lishi qat’iy nazar ) butun komanda ko’prikdan
o’tishni qayta boshlaydi, undan so’ng komandalar joylarini almashadi.
20-mashq.
Ishtirokchilar soni 10-15tagacha. Ishtirokchilar markazga yonbosh holda
turishadilar. Boshlovchi qandaydir haraktni ko’rsatadi. Boshlovchi harakatidan
so’ng, birinchi ishtirokchi birinchi harakatni ko’rsatadi, uchinchi harakatdan
so’ng birinchi ishtirokchi ikkinchi harakatni ko’rsatadi. Ikkinchichi ishtirokchi
esa birinchi harakatni ko’rsatishi kerak. To’rtinchi harakatdan so’ng birinchi
ishtirokchi uchinchi harakatni, ikkinchi ishtirokchi ikkinchi harakatni, uchinchi
ishtirokchi birinchi harakatni ko’rsatadi. O’yin so’ngi ishtirokchi birinchi
harakatni ko’rsatguncha davom etadi. Shunday qilib, navbati kelgan ishtirokchi
o’zidan avvalgi ishtirokchining undan avvalgi harakatini ko’rsatishi kerak.
«Uzukcha» mashqi.
Ishtirokchilar 4 kishidan iborat guruhga bo’linadilar. Diametri 3-3, 5 sm
bo’lgan uzukka 3ta ip bog’lanadi. 3 ta ishtirokchi ipning oxiridan ushlaydi,
ularning ko’zlari bog’lanadi, Uchinchi ishtirokchi uzukni polga yoki stolga
o’rnatilgan sterjenga ulab qo’yadi, guruhlar o’rtasida tezlik bo’yicha musobaqa
uyushtirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |