40
birgalikdagi faoliyatiga unumli jalb qila bilgan, tarbiyaning maqsad va
vazifalariga javob beradigan tarzda o’zaro birgalikdagi harakat va o’zaro
hamjihatlikni yo’lga qo’ya oladigan, yangi to’laqonli pedagogik munosabatlarni
o’rnata olgan taqdirdagina muvafaqqiyatli hal etilishi mumkin.
Muloqot birgalikda faoliyat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborot
ayirboshlashni o’z ichiga oladi. Bunday axborot ayirboshlash munosabatining
kommunikativ shakli sifatida ta’riflanadi. Odamlar
muloqotga kirishayotganda
ular tildan foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi jihati muloqotga
kirishuvchilarning bir–birlarini idrok etishlarida namoyon bo’ladi. Muloqotning
uchinchi jihati – muloqotga kirishuvchilarning o’zaro birgalikdagi harakati –
nutq jarayonida faqat so’zlar bilan emas, balki harakatlar, hatti–harakatlar bilan
ham bir–birini tushunishdan iborat. Shunday qilib, yagona muloqot jarayonida
shartli ravishda uchta tomonni – kommunikativ /axborot o’zatish/, o’zaro bir–
birini idrok qilishni va o’zaro birgalikdagi harakat, o’zaro ta’sir qilishini
ko’ramiz.
Kishi birgalikda faoliyat ko’rsatayotganda zaruratga ko’ra boshqa
odamlar
bilan birlashishi, ular bilan muloqotga kirishishi, ya’ni aloqa
o’rnatishi, o’zaro hamjihatlikka erishishi, kerakli axborot olishi va javob
tariqasida axborot berishi lozim va hokazo. Bu o’rinda muloqot faoliyatning bir
tomoni, bir qismi, uning eng muhim informativ kommunikasiya sifatida
namoyon bo’ladi.
Insoniy munosabatlar psixologiyasi. Shaxs — ijtimoiy munosabatlar
mahsuli deyilishining eng asosiy sababi — uning doimo insonlar davrasida, ular
bilan o’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va
nufo’zli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi.
Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita
«yuzma-yuz» bo’lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va
shunga o’xshash)
orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat
jarayonidagi amaliy yoki do’stona bo’lishi; subyekt-subyekt tipli (dialogik,
sheriklik) yoki subyekt-obyektli (monologik) bo’lishi mumkin.
Insoniy munosabatlar shunday o’zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro
munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar
o’rtasida ro’y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvish-u — quvonchlar
almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo’lishgani sari, ular
o’rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o’rtasida umumiylik,
o’xshashlik va uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki, ular bir-birlarini bir
qarashda tushunadigan yoki «yarimta jumladan» ham fikr ayon bo’ladigan
bo’lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig’izligi teskari
reaksiyalarni — bir-biridan charchash, gapiradigan
gapning qolmasligi kabi
vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana
shunday tig’iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig’izlik oilaning barcha
a’zolari o’rtasida emas, uning ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin (ona-
bola, qaynona-kelin va h. k. )
O’zaro
munosabatlarga
kirishayotgan
tomonlar
munosabatdan
ko’zlaydigan asosiy maqsadlari — o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir.
41
Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, «jozibasi», betakrorligi shundaki,
o’zaro bir xil til topishish yoki tomonlarning aynan bir xil o’ylashlari va
gapirishlari mumkin emas. Agar ana shunday vaziyatni tasavvur qiladigan
bo’lsak, bunday muloqot eng samarasiz, eng beta’sir bo’lgan bo’lar edi.
Masalan, tasavvur qiling, uzoq vaqt ko’rishmay qolgan do’stingizni ko’rib
qoldingiz. Siz undan hol-ahvol so’radingiz, lekin u tashabbusni sizga berib,
nimaiki demang, sizni ma’qullab, gapingizni qaytarib turibdi. Bunday muloqot
juda bemaza bo’lgan va siz ikkinchi marta o’sha odam bilan iloji boricha rasman
salom-alikni bajo keltirib o’tib ketavergan bo’lardingiz. Ya’ni, muloqot
faoliyati
shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi,
betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo’ladi va
shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o’ziga jalb etadi.
Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam
muloqotdan, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan
charchamaydi,
yaxshi
suhbatdoshlar
doimo
ma’naviy
jihatdan
rag’batlantiriladilar.
XXI asr bo’sag’asida odamning eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji,
uning sirlaridan xabardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga
bo’lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor.
Birinchidan, industrial jamiyatdan axborotlar jamiyatiga o’tib
bormoqdamiz. Axborotlarning ko’pligi aynan inson manfaatiga aloqador
ma’lumotlarni
saralash, u bilan to’g’ri munosabatda bo’lishni taqozo etdi.
Axborot XXI asrda eng nodir kapitalga aylanadi va bu o’z navbatida insonlarga
zarur axborotlar o’zatilishi tezligi va tempini o’zgartiradi.
Ikkinchidan, turli kasb-faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining
ko’payishi, ular o’rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarbligi axborotlar
tig’iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional, bilimdonlik
asosidagi muloqotni talab qiladi. Umuman, XX1 asrning korporasiyalar asri
bo’ladi, deb bashorat qilayotgan iqtisodchilar ham bu korporasiya insonlarning
o’zaro til topishlariga qaratilgan malakalarning rivojlangan, mukammal bo’lishi
haqida gapirmoqdalar. Undan tashqari, bu kabi korporativ aloqa ko’p xollarda
bevosita yuzma-yuz emas, balki zamonaviy texnik vositalar — uyali aloqa,
fakslar, elektron pochta, Internet kabilar yordamida aniq va lo’nda
fikrlarni
o’zatishni nazarda tutadi. Bu ham o’ziga xos muloqot malakalarining ataylab
shakllantirilishini taqozo etadi.
Uchinchidan, oxirgi paytlarda shunday kasb-hunarlar soni ortdiki, ular
sosionomik guruh kasblar deb atalib, ularda «odam-odam» dialogi faoliyatning
samarasini belgilaydi. Masalan, pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil
xizmatlar (servis), marketing va boshqalar shular jumlasidandir. Bunday
sharoitlarda odamlarning ataylab muloqot bilimdonligining oshirilishi mehnat
mahsulini belgilaydi.
Shuning uchun ham muloqot, uning tabiati,
texnikasi va strategiyasi,
muloqotga o’rgatish (sosial psixologik trening) masalalari bilan shug’ullanuvchi
fanlarning ham jamiyatdagi o’rni va salohiyati keskin oshdi.
Dostları ilə paylaş: