"psixologiya"



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

so’zma-so’z qaytarish 
va 
boshqacha talqin etish. 
Birinchisi,
suhbatdosh so’zlarining bir qismini yoki yaxliticha qaytarish orqali, sherikni 
qo’llab-quvvatlashni bildiradi. Ikkinchi usul esa — sherigimiz so’zlarini 
tinglab, undagi asosiy g’oyani muxtasar, o’zimizning talqinimizda ifoda etish.
Ikkala usul ham sherik uchun muhim, chunki u sizning tinglayotganingizni,
hattoki, undagi g’oyalarga qarshi emasligingizni bildiradi. Bundan tashqari,
biz yaxshi tinglayotgan bo’lib, «Yo’g’-e?», «Nahotki?», «Qara-ya?»,
«Yasha!» luqmalari bilan ham suhbatdoshimizni gapirishga, yanayam o’z 
fikrlarini oydinlashtirishga chaqirib turamiz.
Demak, aslida bizdagi gapirayotgan shaxs yetakchi, u suhbatning mutloq 
hokimi, degan tasavvur unchalik to’g’ri emas. Yaxshi tinglashda ham shunday 
kuch borki, u suhbatdoshni Sizga juda yaqinlashtiradi, ishonchni tug’diradi.
Chunki muloqot jarayonidagi eng qimmatli narsa — bu axborotning o’zi.


49 
Tinglayotgan odam ma’nili, yaxshi dialogdan faqat yaxshi, foydali ma’lumot 
oladi. Gapirgan esa aksincha, o’zidagi borini berib, gapirmaydigan 
suhbatdoshdan «teskari aloqani» olib ulgurmay, Hech narsasiz qolishi ham 
mumkin. Shuning uchun muloqotga o’rgatishning muhim yo’nalishlaridan biri 
— odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va noverbal 
omillardan o’rinli foydalanishga o’rgatishdir.
Professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi: 
1. 
aktiv holat. 
Bu — agar kreslo yoki divan kabi mebel bo’lsa, unga bemalol 
yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga 
qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so’ziga 
qiziqayotganligingizni bildirishni nazarda tutadi; 
2. 
suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. 
Bu nafaqat suhbatdoshni o’ziga 
jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o’zining har bir so’ziga uni ham 
ko’ndirishning samarali yo’lidir. 
 
3. 
o’ychan jimlik
. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan 
tinglayotganday 
tasavvur 
qoldirish 
orqali 
o’zingizning 
suhbatdan 
manfaatdorligingizni bildirish yo’li. 
 
Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz 
unda o’z-o’ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni 
ko’pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning 
muloqotning samarali bo’lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash 
qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar,
g’oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ma’ro’zachi 
professorning har bir chiqishi va ma’ro’zasi agar talabalar tomonidan diqqat 
bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
6
Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon — gapirish va 
tinglashning faol o’zaro ta’sir uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu 
jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini 
egallashining ahamiyatini anglash qiyin bo’lmaydi. Shuning uchun ham 
ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o’rgatishga juda 
katta e’tibor beriladi. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida 
muzoqaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo’l-yo’riqlarini 
birgalikda topish, katta auditoriya oldida so’zlashga o’rgatish, majlislar 
o’tkazish, janjalli, konfliktli holatlarda o’zini to’g’ri to’tish malakalari hosil 
qilinadi. Bundagi asosiy narsa — trening qatnashchilari ongiga birovlarni 
tushunish, o’zini o’zga o’rniga qo’ya olish, boshqalar manfaatlari bilan 
o’zinikini uyg’unlashtira olish g’oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida 
guruhiy munozaralar, rolli o’yinlarning eng optimal variantlari sinab, mashq 
qilinadi.
Kishilarda muloqot madaniyatini tarkib toptirish ham muhim ahamiyatga 
egadir. Muloqot madaniyati kishilarda tasodifan yoki maktab ta’limi ta’sirida 
shakllanadi. Masalan, o’qituvchi birinchi sinfdanoq o’quvchilarga to’g’ri 
gapirishni, savollarga keng va batafsil javob berishlikni, so’raganda o’rnidan 
6
Каrimova V. , Акramova F. Psixologiya. Ма’ruzalar matni. – Т. , 2002,109 b 


50 
turib gapirish lozimligini o’rgatib boradi. Bolalar yoshi ulg’aygach, masalan,
katta maktab yoshida o’quvchilar badiiy adabiyot yoki maxsus pedagogik 
adabiyotlarni o’qish orqali muomala madaniyati haqida yana ham kengrok 
tushunchaga ega bo’ladilar.
Lekin muomala madaniyatini maxsus mashq qilish orqali o’rganishning 
zarurligi Hech kimga sir emas. Psixologik trening, ya’ni muomalani mashq 
qilish ikki xil vazifani bajarishni nazarda tutadi, birinchidan muomalaning,
ayniqsa pedagogik muomalaning umumiy qonuniyatlarini o’rganishni,
ikkinchidan, pedagogik kommunikasiyaning «texnologiyasini» egallash, ya’ni 
professional pedagogik muomala ko’nikma va malakalarini shakllantirishni 
nazarda tutadi.
Psixologik trening nazariy va amaliy tomonlarga ega. Amaliy tomoni 
o’quvchilar bilan bo’ladigan muomala ko’nikmalari va malakalarini egallashga 
hamda ularni chiniqtirishga qaratilgan mashqlar: darsning barcha bosqichlarida 
izchillik bilan harakat qilish ko’nikmalarini, pedagogik ish davomida 
mushaklarning zo’riqishini sundirish malakalarini, ixtiyoriy diqqatni taqsimlash 
malakasini shakllantirishga, kuzatuvchanlikni o’stirishga qaratilgan mashqlarni 
taqozo qiladi.
Muloqot madaniyatini egallashni mashq qilishda magnitafon yozuvlari,
videotasvirlardan foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Chunki bunday 
yozuvlar bo’lajak o’qituvchining o’z nutqini takomillashtirish, ovozini sozlash,
gapirayotganda qomatini to’g’ri, tik to’tish, ortiqcha, keraksiz harakatlar,
mimikalardan holi bo’lish imkonini beradi. Shuning uchun bo’lajak pedagoglar 
nutq madaniyatini, muomala madaniyatini egallashda ana shunga o’xshash 
mashqlardan foydalanish kerak.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin