"psixologiya"



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
Xarakter 
xususiyatlarining 
aksentuasiyasi. 
Xarakterning 
kishida 
ko’rinadigan va tilimizda o’z ifodasini topgan xususiyatlari behad ko’p bo’lib, 
mingdan ortiqni tashkil etadi. Shu sababli xarakterning o’zgarib turadigan 
xususiyatlarini sanab va tasniflab berish juda qiyin. Bundan tashqari xozirgacha 
psixologiyada aniq bir tasniflash sxemasi ishlab chiqilgan emas. Xarakterning u 
yoki bu xususiyati mikdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va norma 
chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuasiya (ortiqcha urg’u berilishi) 
deb ataladigan vaziyat paydo bo’ladi. Xarakterning ortiqcha urg’u berilishi – 
ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi 
chegarasidir.
Xulq-atvor va xarakterning shakllanishi.
Xuddi temperament kabi 
xarakter ham kishining xulq atvor ko’rinishlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Temperamentning 
xususiyatlari 
xarakterning 
muayyan 
tomonlari 
rivojlanishiga qarshilik ko’rsatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki 
sangvinik tipdagi odamga qaraganda flegmatik tipdagi odam o’zida 
tashabbuskorlik va qat’iylikni tarkib toptirishi qiyinroqdir. Jur’atsizlik va 
vahimalilikni bartaraf etish melanxolik uchun jiddiy muammo bo’lib 
hisoblanadi. Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda 
o’zini tuta bilishni va o’ziga takidiy ko’z bilan qarashni, sangviniklarda 
sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar 
yaratadi.
Xarakter xususiyatlarining paydo bo’lishi, uning tabiati, o’zgarishi 
mumkinligi yoki mumkin emasligi psixologlarning uzoq davom etib kelayotgan 
munozaralari mavzui bo’lib hisoblanadi.
Xarakter – ko’p jihatdan o’z-o’zini tarbiyalash natijasidir. Xarakterda 
kishining odatlari jamlanadi. Xarakter odamlar faoliyatida namoyon bo’ladi,
shu bilan birga, u shu faoliyatda shakllanadi ham. Agar yigit yoki qiz o’zini - 
o’zi tanqid qilishni xarakterining xususiyati sifatida tarbiyalashga urinayotgan 
bo’lsa, ular o’zlariga tanqidiy nuqtai nazardan yondoshishlari kerak.
Mehnat va o’qish to’g’risida gapirmagan taqdirda ham kundalik turmush, 
oiladagi hayot sharoitlari insoniy xarakterlar maktabidir. Pedagoglar va ota-
onalar oldida muntazam ravishda mas’uliyatli vazifa: bolalar xarakterida sezila 
boshlagan o’zgarishlarni o’z vaqtida sezish va ularni inobatga olgan xolda xulq-
atvor va tarbiya sohasida o’z yo’lini amalga oshirish vazifasi turadi.
Shunday qilib, kishiga xarakter tabiatan berilmagan. O’zgartirib va 
qaytadan shakllantirib bo’lmaydigan xarakter bo’lmaydi. «Mening xarakterim 
shunaqa va men o’zimi Hech narsa qila olmayman» deb bahona qilish 
psixologik jihatdan mutlaqo asossizdir. Har qanday kishi ham o’z xarakterini 


115 
barcha ko’rinishlari uchun javobgardir, har bir kishi o’zini-o’zi tarbiyalash 
imkoniga egadir.
Xarakterning shakllanishi. 
Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va 
o’zgarmaydigan narsa emas. Bola onadan mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y 
yoki munofiq, botir yoki qurqoq, intizomli yoki intizomsiz bo’lib tug’ilmaydi.
Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta’siri bilan,
tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishi o’z-o’zini tarbiyalash bilan taraqqiy 
kilib, o’zgarib boradi.
Xarakterning taraqqiysi kishining irodasi, aql-idroki va xissiyotlarining 
taraqqiy kilib borishi bilan mustaxkam bog’liqdir. Shu sababli kishining irodasi,
aql-idroki va his-tuyg’ularining taraqqiy qilib borishi va ularning tarbiyalanishi 
xaqida aytilgan fikrlarning hammasi kishi xirakterining rivojlanishiga ham 
tegishlidir.
Xarakterning shakllanishida ijtimoiy muhitning roli. 
Kishining butun 
hayoti davomida uning xarakteri tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo, shu 
kishi birga yashab va ishlab kelgan jamoa katta ta’sir ko’rsatadi. 
Xarakterning shakllanishida tarbiyaning roli.
Xarakterning o’sishida 
tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash asosiy va yetakchi rol uynaydi. O’sib 
kelayotgan yosh avlodning xarakteri avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi.
Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta, mas’uliyatli vazifa ota-onalar,
o’qituvchilar, bolalar bog’chalari tarbiyachilari zimmasiga tushadi.
Xarakterning shakllanishida jamoaning roli. 
Bola xarakterining tarkib 
topishida jamoaning tarbiyaviy roli nihoyat kattadir. Inson yakka, bir-biridan 
ajralgan xolda tanho yashay olmaydi. U muayyan bir jamoada, chunonchi,
oilada, maktabda, sexda, bog’chada hayot kechiradi. Jamoa – shaxs bilan 
jamiyat o’rtasidagi bog’lovchi zvenodir. Odamning faoliyati – o’yin, o’qish va 
mehnati xuddi mana shu jamoada voqyea bo’ladi. Jamoa shaxsning eng yaqin 
konkret muhiti bo’lib qolmay, balki shaxsni tarbiyalaydi ham. Kishi 
xarakterining kerakli ijobiy xislatlari faqat jamoada tarbiyalanmog’i mumkin.
O’z xarakterini o’zi tarbiyalash. 
Kishi xarakteri o’z-o’zini tarbiyalashning 
ham maxsulidir. Shu sababli har bir kishi ma’lum yoshdan boshlab o’z 
xarakteri va uning ayrim sifatlari uchun javobgar hamdir. Shu bilan bir vaqtda 
kishi o’z xarakterida salbiy tomonlarni o’zi tan olishi, kamchiliklarni o’zi 
tarbiyalashi lozim. O’z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarni,
yaxshi idealini o’zida tarbiyalashi kerak.
Xarakterning shakllanishida namunaning roli.
Yuksak axloqiy va 
irodaviy xislatlari bilan hammaga manzur bo’lgan kishilar namunasi xarakter 
tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. Jamiyatimizda bolalarga 
namuna qilib ko’rsatish mumkin bo’lgan ajoyib insonlar juda kup. Ayniqsa, 
mustaqillikka erishganimizdan keyin o’zining ishbilarmonligi, tashabbuskorligi,
xalq manfaati yo’lidagi fidokorligi bilan yoshlarga ibrat bo’ladigan kishilar 
tobora ko’payib bormoqda. Bunday kishilarni biz ulkan qurilishlarda, chet ellar 
bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar ochganlar orasida, fan, texnika, san’at, 
adabiyot namoyandalari orasida ko’plab uchratishimiz mumkin.


116 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin