205
kiradi. 2. Tananing ichki a’zolaridagi uzgarishlarni sezadigan interioseptiv
sezgilar. Bunga organiq sezgilar kiradi. 3. Mushaklar va paylardagi xolatni
sezadigan prorioseptiv sezgilar. Bunga muskul-harakat sezgisi kiradi. Ular
gavdamizning harakati va xolati hakida axborot beradi.
Sezgining turlari.
Eksterioseptorlar uz navbatida yana ikki guruxga bo’linadi: kontakt va
distant sezgilar. Kontakt sezgilarga teri-tuygu va ta’m
bilish sezgilari kirsa,
distant sezgilarga ko’rish, eshitish, xid bilish sezgilari kiradi. Hozirgi zamon
fani ma’lumotlariga asoslanib sezgilarni tashki va ichki sezgilarga bo’lish
yetarli emas. Sezgilarning ba’zi bir turlarini tashki-ichki deb hisoblasa ham
bo’ladi.
Ularga xarorat va ogrik, tam bilish va tebranish, mushak-bugin va
statik-xarkat sezgilari kiradi.
Sezgilarga xos bir kancha konuniyatlar mavjuddir. Avvalo sezgining
xosil bo’lishligi uchun qo’zg’atuvchi ma’lum kuchga ega bo’lishi lozim.
Sezgi chegaralarga ham egadir. Uning
kuyi va yuqori chegarasi
farqlanadi. Sezgirlikni mashk yo’li bilan yoki maxsus morfiy modda ta’sirida
kuchaytirishga sensibilizasiya deyiladi.
Adaptasiya ham sezgiga xos xususiyatdir. Adaptasiya deb sezgi
organlarining tashki qo’zg’atuvchilarga moslashishiga aytiladi. Adaptasiyaning
uch turi farq qilinadi:
1. Qo’zg’atuvchining uzoq vaqt ta’siri natijasida sezgining yuqolib qolishi.
2. Kuchli qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgining zaiflashishi.
3. Kuchsiz qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgirlikning ortishi.
Sinesteziya – bu ikki sezgining yaxlit bir sezgi bo’lib kushilib ketishi
demakdir.
Dostları ilə paylaş: