32
faoliyat
— birinchi navbatda aqliy faoliyat bo’lib,
u sof psixologik
jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Kelib chiqishi nuqtai nazaridan ichki-
aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi. Dastlab
predmetli tashqi faoliyat ro’y beradi,
tajriba orttirib borilgan sari, sekin-asta bu
harakatlar ichki aqliy jarayonlarga aylanib boradi. Buni nutq faoliyati misolida
oladigan bo’lsak, bola dastlabki so’zlarni qattiq
tovush bilan tashqi nutqida
ifoda etadi, keyinchalik ichida o’zicha gapirishga o’rganib, o’ylaydigan,
mulohaza yuritadigan, o’z oldiga maqsad va rejalar qo’yadigan bo’lib boradi.
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar
ham ichki-psixologik, ham
tashqi-muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Har
qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy-motor harakatlar mujassam
bo’ladi. Masalan, fikrlayotgan donishmandni kuzatganmisiz? Agar
o’ylanayotgan odamni ziyraklik bilan kuzatsangiz,
undagi yetakchi faoliyat
aqliy bo’lgani bilan uning peshonalari, ko’zlari, xattoki, tana va qo’l
harakatlari juda muhim va jiddiy fikr xususida bir to’xtamga kelolmayotganidan,
yoki yangi fikrni topib, undan mamnuniyat his qilayotganligidan darak beradi.
Bir qarashda tashqi elementar ishni amalga oshirayotgan — misol uchun, o’zum
ko’chatini ortiqcha barglardan xalos etayotgan bog’bon
harakatlari ham aqliy
komponentlardan xoli emas, u qaysi bargning
va nima uchun ortiqcha
ekanligidan anglab, bilib turib olib tashlaydi.
Aqliy harakatlar — shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar
vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlaridir. Eksperimental tarzda
shu narsa isbot qilinganki, bunday harakatlar doimo motor harakatlarni ham o’z
ichiga oladi. Bunday harakatlar quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
perseptiv —
ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi
predmetlar va xodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi;
Dostları ilə paylaş: