50
turib gapirish lozimligini o’rgatib boradi. Bolalar yoshi ulg’aygach, masalan,
katta maktab yoshida o’quvchilar badiiy adabiyot yoki maxsus pedagogik
adabiyotlarni o’qish orqali muomala madaniyati haqida yana ham kengrok
tushunchaga ega bo’ladilar.
Lekin muomala madaniyatini maxsus mashq qilish orqali o’rganishning
zarurligi Hech kimga sir emas. Psixologik trening, ya’ni muomalani mashq
qilish ikki xil vazifani bajarishni nazarda tutadi, birinchidan muomalaning,
ayniqsa pedagogik muomalaning umumiy qonuniyatlarini o’rganishni,
ikkinchidan, pedagogik kommunikasiyaning «texnologiyasini» egallash, ya’ni
professional pedagogik muomala ko’nikma va malakalarini shakllantirishni
nazarda tutadi.
Psixologik trening nazariy va amaliy tomonlarga ega. Amaliy tomoni
o’quvchilar bilan bo’ladigan muomala ko’nikmalari va malakalarini egallashga
hamda ularni chiniqtirishga qaratilgan mashqlar: darsning barcha bosqichlarida
izchillik bilan harakat qilish ko’nikmalarini, pedagogik ish davomida
mushaklarning zo’riqishini sundirish malakalarini, ixtiyoriy diqqatni taqsimlash
malakasini shakllantirishga, kuzatuvchanlikni o’stirishga qaratilgan mashqlarni
taqozo qiladi.
Muloqot madaniyatini egallashni mashq qilishda magnitafon yozuvlari,
videotasvirlardan foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Chunki bunday
yozuvlar bo’lajak o’qituvchining o’z nutqini takomillashtirish, ovozini sozlash,
gapirayotganda qomatini to’g’ri, tik to’tish, ortiqcha, keraksiz harakatlar,
mimikalardan holi bo’lish imkonini beradi. Shuning uchun bo’lajak pedagoglar
nutq madaniyatini, muomala madaniyatini egallashda ana shunga o’xshash
mashqlardan foydalanish kerak.
Dostları ilə paylaş: