58
RAHBARGA ZARUR BO‘LGAN TO‘RTTA “T”
Ayrim psixologik manbalarda kuchli rahbar shaxsiga oid sifatlarni
umumlashtirib, unga to‘rtta “T” zarurligi haqida ham yozishadi. Bular -
Temperament
Toqatlilik (terpenie)
Talant
Tinimsiz mehnat (trudolyubie).
Tashabbuskorlikning
muhimligi shubxasiz, lekin bu sifatning faqat
rahbarda bo‘lganda ish samaradorligi yuqori bo‘ladi, degan fikrga e’tirozlar ham
bo‘lgan. Masalan, mashhur Deyl Karnegi kitobida tashabbusni yuqori
lavozimdagi shaxsda bo‘lishidan tashqari, uni xodimlarga bera olish muhimligi
xaqida yozilgan. o‘sha kitobda keltirilishicha, o‘sha
paytda jahonda yiliga bir
million dollar miqdorda daromadga ega bo‘lgan odamlar juda kam bo‘lgan.
SHunday shaxslardan Uolter Kraysler va CHarlz SHveblarning yutuqlari asosida
esa oddiy xaqiqatlar yotgan. Masalan, mashxur biznesmen Endryu Karnegi o‘z
menedjeri SHvebga kuniga 3000 dollar, yiliga 1 mln. dollar to‘lagan. Bu haqda
SHvebning o‘zi shunday yozgan: “Men cho‘yan quyishda oddiy ishchidan
anchagina no‘noq va ilmsiz bo‘lganman. Lekin men odamlarni boshqarishni
bilganman. Mendagi eng noyob sifat - odamlarda tashabbusni uyg‘ota olish
qobiliyatidir.
CHunki insondagi eng noyob, qimmatli narsani tan olish uni
ruhlantiradi. SHaxsning or-nomusi, qadrini tushiradigan narsa - bu
mansabdorlarning ularni tanqid qilishidir. Xatolarni betga aytishdan o‘zni tiyish
ham rahbarlik saxovatidir”. Endryu Karnegi o‘zining
qabr toshiga quyidagi
so‘zlarni yozishlarini vasiyat qilgan ekan: “Bu erda umri mobaynida o‘zidan
ko‘ra aqlliroq insonlarni o‘ziga bo‘ysundira olgan odam yotibdi”. Demak, bu
so‘zlarning mohiyati ham oldingiday - odamdagi iqtidor va aql-zakovatni
qo‘llab-quvvatlash orqali ulardagi tashabbusni uyg‘ota olish mahorati unumli
mehnatga olib keladi.
Ko‘plab tadqiqotchilar rahbarlarning qaysi ish uslubi ma’quliligini
o‘rganish borasida tajriba to‘pladilar. 30-yillardayoq K.Levin, R.Lippman,
R.Uaytlar tomonidan tavsiya etilgan boshqaruvning avtokratik,
demokratik
hamda erkin turlari haqidagi nazariya keyingi tadqiqotlarda jahonning ko‘plab
olimlari tomonidan har taraflama tahlil qilindi. Ґar bir boshqaruv uslubining ham
ijobiy, ham salbiy jixatlari to‘g‘risidagi fikrlar tasdiqlandi. Bundan tashqari, u
yoki bu boshqaruv uslubining samaradorligi xodimlarning malakalari va
saviyalariga bog‘liq ekanligi ham e’tirof etildi. Masalan, Rossiyada o‘tkazilgan
ТALANT
Dostları ilə paylaş: