Psixologiya va yoshlar psixologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Reja 1. Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari differensial



Yüklə 181,47 Kb.
səhifə36/37
tarix24.12.2023
ölçüsü181,47 Kb.
#190811
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Psixologiya va yoshlar psixologiyasi-fayllar.org

Reja
1. Shaxs rivojlanishining individuallik xususiyatlari differensial
2. Layoqat va qobiliyat. Qobiliyatlar tuzilishi va turlari.
3. Talantning paydo bo‘lishi va tuzilishi.


1.Shaxs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash imkonini beruvchi asosiy xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson individ shaxs individuallik» qatorida ko‘rib chiqamiz.Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrog‘i, ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur faylasuflaridan biri Yurgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»), ichki dunyo («mening olamim», individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning» betakrorligi) ajratishni taklif etdi.Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z maqsadlarida tabiatni qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami. Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir.Ijtimoiy dunyo – bu insonni dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli faoliyat bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va o‘ziga nisbatan munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va yo‘nalishini anglash uchun insonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. Insonga shaxs sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni biologik organizm, tur birligi sifatida hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, shaxsni o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi .




2. Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko‘nikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, bu xususiyatlarning o‘zi bu bilim va ko‘nikmalarga taalluqli bo‘lmaydi. Malaka, ko‘nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat tarzida namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo‘lib, biror bir ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo‘ladigan musiqaga qobiliyati uning musiqachi bo‘lishi uchun imkoniyatlar, maxsus ta’lim berilishi, qat’iylik, salomatligining yaxshi bo‘lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa ko‘pgina sharoitlar bo‘lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq so‘nib ketishi mumkin.



Yüklə 181,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin