Psixologiya yunon tilidan tarjima qilinganda – ta’limot, jon bilim to’g’risida («psyuxe» – jon, ruh va «logos» – ta’limot, ilm) degan ma’noni anglatadi. Bu fan eng avvalo inson va insonlarning turli xil ijtimoiy guruhlarining psixik hayoti hamda faoliyati qonuniyatlari to’g’risidagi fandir. Psixologiya fan sifatida psixikaning
qonuniyatlarini va mexanizmini, dalillarini o’rganadi (A.V.Petrovskiy).
Psixologiyaning predmeti aniq bir shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, xulq-atvori va faoliyatlarining o’ziga xos tarzda ong tomonidan aks ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin.
Psixologiyaning obyekti sifatida - bir inson yoki aniq bir shaxs emas balki turli ijtimoy guruhlar, omma va boshqa insonlarning uyushma shakllari xizmat qiladi (
Shu tariqa, inson psixologiyasining predmeti bo’lib, insonlarning turli hayot va faoliyati bosqichlarida hamda har xil sharoitlarda individual va guruhiy psixikaning namoyon bo’lishi,
rivojlanishi, shakllanishi, faoliyat hamda yuzaga kelish qonuniyati, ayrim psixik fenomenlar va mexanizmlaridir.
Hayot psixologiya zimmasiga murakkab nazariy va amaliy vazifalarni yuklaydi. Psixologiyaning asosiy nazariy vazifasi psixik faoliyatning mohiyatini, uning sodir bo’lish va rivojlanish qonuniyatlarini tushuntirishdan iboratdir. Insonning barcha hayoti va faoliyati jarayonida uning psixikasini o’rganish va boshqarish psixologiyaning amaliy vazifasi hisoblanadi. Bu vazifalarni hal qilish, asosiy ma’lumotlarni to’plash va umumiy nazariyani boyitish davrida psixologiyada birqancha mustaqil sohalar ajralib chiqdi.
Dastlabki vaqtlardan boshlab, hatto hozir ham ayrim mamlakatlarda psixologiya falsafaning tarkibida deb hisoblab kelingan. Psixologiya inson va uning kamoloti bilan bevosita bog’liq bo’lgan bir necha fanlar bilan - fiziologiya, pedagogika, etnografiya singari fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
DIQQAT
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta’sir etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog’liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’la aks ettiriladi.
P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb - ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir ob’ektga aktiv qaratilishga aytiladi.
F.N.Dobrinin, N.V.Kuzьmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin
va boshqalarning fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadi.
K.D.Ushinskiyning «diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi» degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. Haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.
. Odam psixik faoliyatining muayyan ob’ektga yo’naltirilishi va to’planishida ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo’linadi.
Diqqatning aktivligiga qarab – ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so’nggi diqqat.
Diqqatning ob’ektiga qarab – tashqi va ichki diqqat.
Diqqatning faoliyat turlariga qarab – individual,
guruhiy va jamoaviy diqqat
Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning hohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi.
Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka yoki bu nima? refleksi tashkil qiladi. Chunki tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina o’zgarishi bizda darhol orientirovka refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, "nima gap?" degan ma'noda atrofimizga razm sola boshlaymiz.
Ixtiyoriy diqqat deb, oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi.
Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqkatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya’ni o’qish, o’yin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo’lib, u zo’r berishlikni, ya’ni irodaviy kuch sarf qilishlikni talab etadi.
Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to’planganidagi kabi
faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning o’zi qiziqarli va ahamiyatli bo’lsa ixtiyoriydan so’nggi diqqat deb tushunish mumkin.
XAYOL
Odam o’z hayoti davomida ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni tasavvur etibgina qolmay, balki hech qachon hayotida uchratmagan narsalarni ham tasavvur eta oladi. Boshqacha qilib aytganda, odam faqat ilgari idrok qilgan narsalarinigina eslash bilan cheklanib qolmay, balki shu paytgacha hech qaerda uchratmagan yangi narsalarini ham o’z hayotida yarata oladi.
Xayol deb odamning ongida ilgaridan bor bo’lgan vaqtli aloqalarning (assotsiatsiyalarni) qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo’shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilishga aytiladi.
Faol xayol doimo ijodiy va shaxsiy masalani hal etishga qaratilgan, aniq amaliy faoliyatni bajarish bilan bog‘liq. Faol xayol kelajakka qaratilgan bo‘lib, vaqtdan ma’lum daraja sifatida foydalanadi.
Yaratuvchi xayol – bu ma’lum inson uchun biror yangilikni so‘z orqali ta’riflash yoki uni shartli ravishda aks ettirish (chizma, notali yozuv va boshqalar) ga tayangan
holda tasavvur qilish
Ijodiy xayol – bu yangi obrazlarni tayyor ta’riflar yoki shartli tasvirlarga tayanmagan holda yaratish.
Antitsipatsiyaviy xayol insonning juda muhim va zarur qobiliyati – kelajakdagi voqealarni oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko‘ra olish va boshqalar asosida yotadi
Sust xayol ichki, sub’ektiv omillarga bo‘ysunadi. Bunda amaliy faoliyatdan to‘liq yoki deyarli to‘liq bo‘lgan ajralish mavjud.
PSIXIK HODISALAR
Psixika (
yunoncha: psychikos — ruhiy), ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi,
tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subʼyektiv obrazlarda aks etadi.
Odatda psixik hodisalarning uchta katta guruhi farqlanadi: psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar (sifatlar) va psixik holatlar.
Psixik jarayonlar-ob’ektiv voqelikning sub‘ektiv aks ettirilishi shakllaridir.
Psixik jarayonlar yordamida tashqi olam o‘rganiladi, turli bilim, ko‘nikma, malakalar shakllantiriladi.
Psixik jarayonlarning quyidagi asosiy turlari farqlanadi: sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, tasavvur,
emotsiyalar, iroda. Ular quyidagi uch guruhga birlashtiriladi: bilish jarayonlari, emotsional (hissiy) va irodaviy xususiyatlar.
Psixik xususiyatlar (sifatlar) – shaxsning individual psixologik xususiyatlari bo‘lib, ular bir kishini boshqalardan ajratib turuvchi, ular faoliyatining tipologiyasi, o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Psixik holatlarga toliqish,
bezovtalik, g‘azab, stress, monotonlik, dipretsiya, affekt, kayfiyat va boshqalar kiradi.