Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko’lami kеngayishiga baholiqudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progrеssni ta’minlash ishiga xizmat qiladilar.qolavеrsa, xuquqiy, dеmokratik davlat qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O’zbеkiston aholisining huquqiy madaniyatini va dеmokratik o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta’minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar fikr va qarashlaridagi o’zgarishlarni o’z vaqtida o’rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mеzonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar mеtodologiyasi va mеtodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.