Psixologiya



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə71/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   119
Psixologiya

Ko`nikmalar


Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar hayotida, xususan sut emizuvchilarda hatti- harakatning yanada aynanroq aks ettirishga yordam beruvchi yangi, ildamroq shakllari ko`proq rol o`ynaydi. Bular - ko`nikmalar (harakatning individual tarzda orttirilgan shakllari). Ko`nikma deganda hayvonlarda shartli bog`lanishlar asosida yuz beruvchi va avtomatik ravishda sodir bo`luvchi harakatlar tushuniladi. Instinktlar singari ko`nikmalar ham taraqqiyotning turli bosqichlarida uchraydi. Lekin yaqqol ifodalangan ko`nikmalarni faqat bosh miyaning po`stiga ega bo`lgan hayvonlardagina ko`rish mumkin.

Hayvonlar ko`nikmalarining tarkibiga kiruvchi harakat elementlari hayvon mansub bo`lgan turning tajribasini qayta tiklovchi tug`ma harakatlardan ham takrorlash jarayonida mustahkamlangan tasodifiy harakat namunalaridan iborat bo`lmog`i mumkin. Hayvonlarda hosil qilingan (bo`lgan) ko`nikmalar sharoit murakkablashishi yoki o`zgarishi bilan o`zi ham o`zgarishi, yangi, o`zgartirilgan sharoitga ko`chishi mumkin. Ko`nikmalar bir-birlaridan muhim jihatdan farq qilishlari mumkin: bir holatda ko`nikmalar o`zlarining avtomatizmlariga ko`ra instinktlarga yaqinlashsalar, boshqa bir holatda intellektual harakatlarga yaqinlashadilar.

Ayrim narsalar o`rtasidagi murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini tashqil qiladi. Yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o`rtasidagi munosabatlarni paykay (baholay) oladilar va mazkur vaziyatga qarab, uning natijasini oldindan ko`ra oladilar. Bunday harakatni aqliy (intellektual) harakat tipi deyish mumkin.

Olimlar yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar orasida primatlarni (odamsimon maymunlarni) alohida o`ringa qo`yadilar. Ularning faoliyatining aktivligi, buning ustiga ularda ko`zning yuksak darajada taraqqiy qilganligi ularning idrok doiralarini beqiyos ravishda kengaytiradi, tajriba boyliklarini nihoyatda oshirib yuboradi, ko`nikmalarning tarkib topishi hamda harakat shakllarining vujudga kelishi uchun boshqa hayvonlardagiga qaraganda baquvvat asosni yuzaga keltiradi.

Maymunlar intellekti (aqli) ularning murakkab masalalarni echa olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyatining yo`nalishi bilan ham xarakterlanadi. Maymunlar qo`llariga tushib qolgan narsalarni soatlar davomida mayda bo`laklarga ajratadilar, odamlarni har xil usullar bilan o`z qafaslari oldiga jalb qiladilar, erda sudralib ketayotgan hashoratni kuzatib tura oladilar. Maymunlar xulq-atvoridagi bunday xususiyatlarning kelib chiqishiga ularning yashash usuli sabab bo`lgan. Boshqa hayvonlarga nisbatan maymunlarda harakatlarning taraqqiyot darajasi qo`l tipidagi oldingi oyoqlarning mavjudligi bilan ham bog`liqdir. "qo`l"ning mavjudligi tufayli maymunlar tevarak-atrofdagi narsalar bilan juda murakkab munosabatlarga kirishish imkoniyatiga egadir.

Ma`lum sharoitlarda maymunlarda harakatlarning instinktiv shakllari ham nomoyon bo`ladi. Biroq yuksak darajada taraqqiy etgan maymunlarning instinktiv harakatlari taraqqiyotning pastki bosqichidagi hayvonlarning instinktiv harakatlaridan jiddiy farq qiladi. Masalan uy qurish jarayonida maymunlar materialni analiz qilib ko`rar ekan. Instinklarda tashqi sharoit hisobga olinar ekan.

Maymunlarda ko`nikma hosil qilishning ham o`ziga xosligi bor. Agar past darajada rivojlangan hayvonlarda ko`nikma tez shakllantirilsa, maymunlarda bu jarayon biroz murakkab kechadi. Maymunlarning "qiziquvchanligi" natijasida ularning diqqatini ko`pincha biror harakat va ob`ektga qaratish, to`plash qiyin.

Inson psixikasi bilan eng yuksak darajada taraqqiy etgan hayvon psixikasi o`rtasida juda katta farq borligiga hech qanday shubxa yo`q.



  • hayvonlar "tili" bilan inson tilini hech bir jihatdan taqqoslab bo`lmaydi. Hayvon o`z to`dasidagi boshqa hayvonlarga ayni choqdagi vaziyat va hodisalar haqida signal bera oladi xalos. Inson til yordamida boshqa odamlarga o`tgan, hozirgi, va kelgusi zamondagi narsalar haqida ma`lumot bera oladi, ijtimoiy tajribani uzata oladi.

-hayvonlar va odam tafakkuri o`rtasidagi farq ham ular tili o`rtasidagi farqqa bog`liqdir. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlarga faqat amaliy ("qo`l") tafakkuri xos, ularda abstrakt tafakkur yo`q. Shu sababli hayvon bevosita idrok qilinayotgan vaziyatning quli. Odamning hatti-harakatlari biron-bir anik vaziyatdan abstraktlashishi va shu vaziyatning natijalarini oldindan ko`ra olish qobiliyatiga ega. Odamning abstrakt tafakkur qila olish qobiliyati uni muayan biron vaziyatga bevosita qaramlikdan qutqaradi.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin