Foydalanilgan adabiyotlar
1. G'oziyev E.G'. U mumiy psixologiya.. T. O'qituvchi. 2010 y.
2. F.I.Xaydarov N.I. Xalilova “Umumiy psixologiya” (darslik)
Toshkent -2009
2-Seminar mashg’ulot mavzusi: Psixologiya maktablari.
Reja:
1. Vyursburg maktabi.
2. Bixeoviorizm maktabi.
3. Geshtalt- psixologiya maktabi
4. Psixoanaliz maktabi
Psixologiya fani taraqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o`rinlardan birini egalladi. XX-asrning boshlarida Germaniyada Vyursburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo`nalishga ega bo`lgan psixik oqim vujudga keldi. Mazkur yo`nalishning yirik vakillari sifatida O. Kyul’pe, K. Byuler, O. Messer, Ax. Nartis va boshqalarni sanab o`tish mumkin. Ushbu ilmiy maktab namoyondalari o`zlarining ekperimental tadqiqotlari bilan tafakkur muammosining rivojiga ma’lum darajada qissa qo`sha oldilar.
Vyursburg psixologiya maktabi vakillari psixologiya tarixida keng o`rin egallagan assotsiativ psixologiyani tanqid kilib chiqdilar va sinaluvchilarni o`zini o`z kuzatish metodiga suyangan qolda tajribalar o`tkazish uslubi bilan yuksak darajada taraqqiy etgan psixik jarayonlarni jumladan, tafakkurni xissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga , ya’ni sezgi va tasavvurlarga ajratib o`rganishda ratsional (aqliy) bosqichdagi murakkab ruhiy jarayonlar ana shu ajratilgan jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo`l bilan isbotlashga harakat kildilar. Ekperimental ishlarning ijodkorlari, tashkilotchilari va tashabbkskorlari bo`lib maydonga chiqqan Byuler, Messer, Kyulpe, singari namoyodalari psixologik tajribalarni dastavval o`zining o`zi kuzatish metodini o`zlari ustida o`tkazganlar. Lekin ular olinadigan natijalarning obyektiv bo`lishga kamroq e’tibor bergan.
Vyursburg psixologiya maktabining namoyondalari tafakkur-bu ichki harakat (akt-asfus “harakat” degan ma’noni anglatadi) dir deb qaray boshladilar. O`zini o`zi kuzatish metodidan foydalanib ish tutishi ular mana bunday ifodaning ma’nosini tushuntirib berishlari lozim: “Tafakkur qaddan tashqari mashaqqatliki, shunga qaramay ko`pchilik shunchaki xukm chiqarishni ma’qul ko`rdilar”. Shuningdek, ular oldida munosabatlarni o`rgatish (“qism” “yaxlit,” “tur”, “jins”) obyektning nisbatan va o`zaro munosabatlarini , ushbu munosabatlarini yaqqol a’zolarini idrok qilishni aniqlash vazifalari turadi.
XIX asrning oxirida bir qancha amerika psixolog va fizialoglari, jumladan , E.Torndayk (1874-1949y), Dj.Uotson (1878-1958y) va boshqalar empirik psixologiyani tanqid qilib chiqdilar. Ular, avvalo, bu psixologiya faydalanib kelayotgan o`z-o`zini kuzatish metodi haqiqiy ilmiy bilimlar beralomaydi, chunki uning xulosalari subyektiv harakterga egadir .Haqiqiy ilmiy bilimlar obyektiv va aniq bo`lmoqi kerak. Psixologiya falsafa faniga emas balki xozirgi zamon tabiatshunosligiga tayanmog’i va bashqa tabiiy fanlari singari tashqi tajriba dalillari asosida qurilmoqi kerak.
Psixik hayotni obyektiv metod bilan o`rganishda ongning subyektiv xodisalari inson shaxsining ichki psixik kechinmalari inobatga olinmaydi. Obyektiv metodlar bilan organizmning harakatlari uning mimika va ishoralari nutq va boshqalarnigina o`rganish mumkin.
Uotson o`zining psixologiya sohasidagi asosiy asarini “psixologiya xulq haqidagigi fan” deb nomladi. “Bixevior degan so`z ingilizcha -xulq degan so`z” Amerika psixologiyasidagi bu yo’nalish shuning uchun ham “Bixevioirizm” (Xulq psixologiyasi) deb atadi.
Odatda biz, organizmning harakatlari -mimika, imo-ishoralar, nutq ichki va ruhiy kechiriklarning faqatgina tashqi zoxira deb bilamiz. Traditsion-raditsionalistik va empirik psixologiya ham bizning harakatlarimizni ko’pchiligini ichki psixik kechiriklarining faqat tashqi ifodasidir deb ta’kidlagan.
Lekin bixevioristlar inson xulkini bunday tushuntirishni ilmiy emas deb rad qildilar. Ularning davosiga ko`ra, fizik qonuniyatlariga bo`y sunmaydigan fiziologik xususiyatlar inson xulqiga ta’sir qiladigan va uni boshqaradigan aloqida psixik faoliyati yoki ong faoliyatini buzilishi mumkin emas.
Psixik va ong haqidagi Uotson: “Agar bixeviorizm fanda” qandaydir ko`zga ko`rinarli o`rin olishni xoxlasa (lohal aniq obyektiv metod sifatida bo`lsa ham), u “ong” tushunchasini mutlako rad kilmoqi kerak... Ong va uning takidiy elementlari-bo`larning barchasi quruh gapdan iborat deb atagan.
Shuning bilan bixevioristlar psixologiyasining oddiy terminalogiyasini ham uloqtirib tashlaydilar. Ushbu Uotsonning o`zi yana shunday dedi: “Sevgi, idrok, diqqat, iroda, xayol...” kabi tushunchalardan, biror uimsa to`liq tushungan foydalana olishini men mutlaqo bilmayman va unga ishonmayman ham.
Bixeviorizmning asoschisi Torndayk kuzatish metodi va maxsus eksperimetlar o`tkazish bilan hayvonlarda (asosan, kalamushlarda) malaka xosil qilish protsessini o`rgangan. Torndayk hayvonlar psixikasi o`rganishdagi xuddi shu obyektiv metodlarni inson psixik hayotini urganishga ham kuchirish ( tadbiq qilish) mumkin deb hisoblanadi. Inson xulki reaksiyalar yiqindisi sifatida bitta emas, balki butun bir qo`zqovchilar sistemasi bilan vujudgv keltiradi. Organizimning javob harakatlari yiqindisi harakatlari yiqindisini (xulqini) ro`yobga chiharuvchi barcha qo`zqovchilarning murakkab yiqindisini bixevioristlar situatsiya (tashqi sharoit) deb ataydilar.
Bixeviorizm nuqtai-nazardan, inson xulqi ong faoliyati bilan emas, balki tashqi qo`zqovchilarning yiqindisi bulgan situatsiya bilan belgilanadi.
Bixeviorizm nuqtai nazaricha, ta’lim va tarbiya tarbiyalanuvchilar va uquvchilar ongiga tarbiyachi va o`quvchi tomonidan ta’sir qilishdan emas, balki tegishli situatsiya (sharoit) tashki qilishdan iboratdir.
Bu situatsiya organizmga bevasita ta’sir kilib inson xulqini kerakli yo`nalishda shakillantirmog’i kerak. Ta’lim va tarbiya protsessining o`zi esa, kerakli malakalar xosil qilishga tenglashtirib qo`yiladi, boshqacha qilib aytganda ta’lim va tarbiya protsessi pressirovkadan iborat qilib qo`yiladi.
Dostları ilə paylaş: |