Seminar mavzusi bo’yicha nazorat savollari.
Har bir savolga o’zingizni o’zlashtirgan bilimingiz bilan javob yozing.
SEMINAR TOPSHIRIG’I
Psixologiyaning rivojlanishidagi 4 bosqichni qayd eting.
I bosqich
|
|
II bosqich
|
|
III bosqich
|
|
IV bosqich
|
|
16-mavzu. Psixikaning evolutsiyasi va vujudga kelishi.
Reja:
Tabiatda aks ettirish formalari
Oparin gepotezasi.
Psixikaning paydo bo`lishi haqidagi nazariyalar. Psixikaning funktsiyalari: signallik va boshqaruv. Psixikaning evolyutsion taraqqiyoti: seskanuvchanlik, tropizmlar. Hayvonlar olamida psixikaning taraqqiyot shakllari; instinktlar, ko`nikmalar, intellektual hatti - harakatlar.
Psixik funktsiyalarning muhit va organlarning tuzilishi bilan bog`liqligi.
Psixika va muhit. Miya va psixika.
Inson ongi. Ong taraqqiyotida mehnatning roli. Ongning psixologik xarakteristikasi va tuzilishi.
Psixikaning paydo bo`lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bulmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bog`liqdir.
Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexanik, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida nomoyon bo`lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg`oqlarini, qoyalarni yuvishi va emirishi, quyosh nurining oynadan aks etishi (sinib qaytishi).
Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo bo`ladi.
Materiyaning evolutsiyasida jonsiz materiyadan jonli materiyaga o`tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar.
Shular orasidan akademik a.i.oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani ko`rsatib o`tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard
yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda fotoximik reaktsiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Oqibatda koatservatlar deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bo`lgan. Koatservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bo`lgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi "ozuq" moddalarni tanlab o`zlashtirganlar. Ular yashash uchun zarur bo`lgan (biotik) moddalarga ma`lum darajada seskanish bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun bevosita kerak bo`lmagan (abiotik) moddalarga nisbatan indifferent (befarq) munosabatda bo`lganlar.
Dostları ilə paylaş: |