Zoopsixologiyada rasional farazlarning rivojlanish tarixi. Zoopsixologiyada rasional jihatdan o'rganish metafizika va teologiyadan avvalroq paydo bo'lgan. Bizning qadimgi ajdodlarimiz avval hayvonlarni qo'lga o'rgatib, so'ngra ijodiy g'oyalarni talqin qildilar. Zoopsixologiyada rasionalizmni ilmiy va tabiiy ilmiy sifatida e'tirof qildilar. Rasionalizm holatining asosi birlamchi hayvonlarning xulq atvorida ko'rsatilgan. Birinchi rasionalistik yo'nalishning vakili Arastu bo'lgan. U turli xil hayvonlarni solishtirib o'zining fikrlarini Iskandar Zulqarnaynga jo'natgan. Hayvonlarning xulq atvorini inson bilan solishtirib u hayvonlarda ham psixik jarayonlar mavjudligini ko'rsatib o'tgan. Uning fikriga ko'ra har bir hayvon turlichadir. Arastuning fikriga ko'ra eng aqlli hayvonlar sifatida u fillarni aytib o'tgan. Arastuning rasional qarashlari zoopsixologiyaning asosiga kiritilgan. XVIII asrda xuddi shu natijaga keldilar. XVIII asr hayvonlar o'rtasida turli tajribalarni o'tkazish imkoniyatini berdi. Byuffon, Reomyur, Galler, Reymarus, Kondilyak, Lerua va Lamarklarning tadqiotlari sababli turli xil xayvonlarda instinkt tshunchasi va evolyusion rivojlanish holatlari o'rganilgan11.