Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari



Yüklə 34,55 Kb.
səhifə12/28
tarix02.01.2022
ölçüsü34,55 Kb.
#41722
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
2 5233461050820529406

Pedagogik psixologiya - tarbiya va ta’lim muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. Pedagogik psixologiya shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishi, bilish faoliyatining va shaxsda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini o‘rganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi - o‘qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta’sirini, shart-sharoit va boshqa psixologik faktorlardan kelib chiqqan holda kuchaytirishdir. Pedagogik

psixologiya XIX asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy taraqqiyotning ta’siri natijasida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari pedagogik psixologiya rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Bundan tashqari, pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishda o‘sha davrda yuzaga kelgan psixologik yo‘nalishlar ham o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tqazgan. Bixevioristik psixologiya yo‘nalishi pedagogik psixologiya uchun asos qilib tarbiyachi va o‘qituvchiga vosita qilib tashqi muhit ta’sirini oladi. Tashqi muhit qanchalik ijobiy ta’sir qiluvchi omil bo‘lsa, ya’ni qulay shart-sharoit vujudga kelsa, demak, shaxsning tarbiyalanishi shunchalik ijobiy kechadi.


Hozirgi zamon pedagogik psixologiya rivojlanishi natijasida insonning individual­psixologik farqlari, ijtimoiy-tarixiy tajribalar ta’siri hamda boshqa odamlar o‘rtasidagi muloqot, muomala ta’siri borligini, shuningdek, yana bir qancha faktorlarni hisobga olgan holda shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim orqali o‘qitish va tarbiyalash yotadi. Pedagogik psixologiyani shartli ravishda bir necha turga ajratish mumkin: a) ta’lim psixologiyasi; b) tarbiya psixologiyasi; v) o‘qituvchi psixologiyasi; g) oliy maktab psixologiyasi kabilar.

Yüklə 34,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin