Psixologiyaning tadqiqot metodlari va tarmoqlari



Yüklə 34,55 Kb.
səhifə22/28
tarix02.01.2022
ölçüsü34,55 Kb.
#41722
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
2 5233461050820529406

Differensial psixologiya - shaxslar o‘rtasidagi tafovut va farqlarni hamda guruh a’zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik tomonlarini, ya’ni psixologik farqlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi. Differensial psixologiyaga
F.Galton asos solgan bo‘lib, u individual farqlarni statistik analiz qilish uchun

bir qancha usullar va asboblar yaratgan. Differensial psixologiya terminini nemis psixologi V. SHtern o‘zining «Individual farqlar psixologiyasi» (1900 yil) asarida ishlatgan. Differensial psixologiyaning asosiy metodlaridan biri - testdir. Avval individual testlar, keyinchalik esa guruhiy testlar qo‘llanila boshlangan, ular asosan aqliy rivojlanishdagi farqlarni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, muayyan vaqt o‘tgandan so‘ng proektiv testlar ishlab chiqilgan. Mazkur testlar qiziqishdagi, intilishdagi, hissiyotdagi tafovutlarni tekshirishga qaratilgandir. Testlarning faktor analizi yoki intellektga oid ma’lumot beruvchi omillari o‘rganilgan. Jahon psixologiyasida eng keng yoyilgan nazariyadan biri - bu N.Spirmenning ikki faktorli konsepsiyasidir. Bu nazariyaga binoan, har bir faoliyat uchun umumiy bitta faktor mavjuddir, bundan tashqari, o‘sha faoliyatga qaratilgan xususiy faktor ham mavjud. SHu sohaga oid yana bir nazariya L.Tyorston, Dj.Gilford va boshqalarning multifaktorlik yondashuvidir. Mazkur nazariya umumiy faktor borligini inkor qiladi, unda boshlang‘ich aqliy qobiliyatlar asosiy o‘ringa qo‘yiladi. Psixologiya inson qobiliyatlari genetik, biologik omillarga asoslangan, degan g‘oya mavjud bo‘lib, ta’kidlanishicha, ular go‘yoki nasldan naslga o‘tadi. Hozirgi zamon differensial psixologiya diagnostika, prognostika metodlari yordami bilan shaxslarni qobiliyati bo‘yicha tanlashda ilmiy prinsip va qonuniyatlarga asoslanadi.



Yüklə 34,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin