Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Inson psixik rivojlanishining o‘ziga xos muammolari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

10.2. Inson psixik rivojlanishining o‘ziga xos muammolari
Biologizatorlik, tarixiy bolmagan yondashuv, evolutsionizm 
g‘oyalariga L.S.Vigotskiy madaniy-tarixiy rivojlanish ta’limoti, 
tarixiylik g‘oyalarini qarama-qarshi qo‘ygan L.S.Vigotskiyga mu­
vofiq, madaniy rivojlanishning har bir shakli oddiy organik yeti­
lish emas, balki insoniyat tarixiy rivojlanishining mahsulidir, ij­
timoiy hayot jarayonida insoniyatning tabiiy ehtiyojlari chuqur 
o‘zgarishlarga bardosh berdi, yangi insoniyat ehtiyojlari yuza­
ga keldi va rivojlandi. Insoniyat ontogenezining o‘ziga xosligini 
tushunish uchun rivojlanishning real va ideal shakllari o‘rtasida- 
gi nisbat g‘oyalari kalit hisoblanadi.
L.S.Vigotskiy o‘zining ma’ruzalaridan birida bola taraqqi- 
yotini rivojlanishning boshqa turlari bilan taqqoslab, (embri- 
onal, geologik, tarixiy) shunday deydi: «Eng qadimgi, ibtidoiy 
odam endigina yer yuzida paydo bolgan damda, bu ilk shakl bi­
lan bir vaqtning o‘zida oliy, pirovard shakl kelajak insoni mavjud 
bolganligini hamda o‘sha ideal shakl qandaydir tarzda ibtidoiy 
odam qo‘ygan birinchi qadamga bevosita ta’sir ko‘rsatganligini 
tasavvur qilish mumkinmi? Buni tasavvur qilib bolmaydi. Biz- 
ga ma’lum bolgan rivojlanish turlarining hech birida, ilk shakl 
skakllanayotgan vaziyatda, rivojlanish so‘nggida yuzaga keluvchi 
oliy shakl, ideal o‘z o‘rniga ega bolganligi hamda u ilk yoki bir­
lamchi, shakllar rivojlanishi yolida bolaning qo‘ygan birinchi qa-
177


dami bilan bevosita o‘zaro ta’sirda bo'lganligi hech qachon so­
dir bolmagan. Rivojlanishning boshqa turlaridan farqli ravishda 
bolalar rivojlanishining eng katta o‘ziga xosligi shundan iborat- 
dir, bunday holat rivojlanishning boshqa turlari o‘rtasida aniqlay 
olinmagan va topolmaymiz ham». Bu o‘z navbatida, bolaning 
rivojlanishida, shaxs rivojlanish mazmunida va uning o'ziga xos 
insoniy xususiyatlarida rivojlanish manbayi rolini o'ynaydi.
L.S.Yigotskiyga ko'ra, ijtimoiy muhit bu oddiy tashqi qurshov 
emas, balki moddiy va ma’naviy madaniyat predmetlariga mate- 
riallashgan, turlangan umuminsoniy tajribadir; insoniyat tomo­
nidan yaratilgan predmetlar va hodisalar olami, madaniy ijod, 
xususan, insoniyat faoliyati olamidir.
Muhit rivojlanishining ideal shakllari namunalarini qamrab 
oladi, ya’ni bolaning rivojlanishi nimaga intilishi kerak bolsa, 
katta yoshdagi insonlarning oliy psixik funksiyasi, kattalarning 
nutq va faoliyati harakati ontogenetik rivojlanish yo'nalishini bel- 
gilab beruvchi bolaning nutqi va faoliyatiga nisbatan ideal shakl- 
dir. Ijtimoiy muhit individual psixik rivojlanish manbayi sifatida 
ontogenezda inson tomonidan o'zlashtiriladigan va uning psixi- 
kasini real shakliga aylanadigan ideal shakllarni mavjudlik ma- 
koni sifatida ko'rib chiqiladi. Inson ijtimoiy mavjudot bolib, u 
jamiyat bilan o'zaro ta’sirsiz, o'zida butun insoniyat rivojlanishi 
natijasida yuzaga kelgan o'sha xususiyatlarni alohida shakllanti- 
ra olmaydi.
L.S.Vigotskiy oliy psixik funksiyalarni shakllantirishning 
umumiy mexanizmi deb, bolaning kattalarga taqlid qilishini hi­
soblagan. Psixik rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch omil — 
ta’limdir. Bolaning oliy psixik funksiyalari hayot davomida kat­
talar bilan bolgan muloqot natijasida shakllanadi L.S.Vigotskiy 
muloqot vositasi deb madaniyat fenomeni sifatida nutq belgisi- 
ni e’tirof etgan. Insoniyat jamiyatini tarixiy rivojlanishi davomi­
da ishlab chiqilgan maxsus qurol-vositalarni qo'llash usullarini 
egallash — ya’ni ta’lim yetilish emas, psixik rivojlanish kechishi 
va yo'nalishini ijtimoiydan individualgacha aniqlaydi. Bolaning
178


rivojlanishini muhim sharti organizmning barcha funksional 
tizimlarini to‘liqligi bir butunligi, me’yorda ishlovchi miyadir. 
Tabiiy o'ziga xos xususiyatlarning ulkan variativligini inkor qi­
lish, organik rivojlanishning ijobiy yoki salbiy omillari ahamiyati- 
ni to‘g‘ri baholamaslik mumkin emas. Biroq o'zining mohiya- 
tiga ko‘ra, ta’lim va tarbiya tabiiy o'ziga xos xususiyatlar rolidan 
yuqori turadi. Keng ma’noda insoniyat jamiyatida hayotning o'zi, 
tabiiy ta’lim bolaning insoniy rivojlanishini o'ziga xos sharti hi- 
soblanadi.
Bundan tashqari, maxsus tashkillashtirilgan maqsadga yo'nal- 
tirilgan ta’limiy jarayon sifatida ta’lim psixik rivojlanishning turli 
tomonlari uchun muhim. Ko'r, kar bolaning to'laqonli rivojlani- 
shiga u bilan maxsus tashkil etilgan ta’lim va muloqot orqali eri- 
shish mumkin va aksincha ko'pgina hollarda jismonan sog'lom 
bolalarning eng maqbul shart-sharoitlari ham kattalar bilan mu- 
loqotning kamligi, bolalar faoliyatini tashkil etishning adekvat 
shakllarining yo'qligi bois amalga oshmay qolishi mumkin. Shun- 
day qilib, og'zaki va yozma nutqning rivojlanishi uchun fonema- 
tik eshitish muhim. U bir tomondan insonning nerv tizimi va 
eshitish apparatiga asoslanadi, biroq nutqni egallash jarayonida 
shakllanadi. Shunday, qilib madaniy-tarixiy yondashuvga me’yor 
darajasida taraqqiyot variativligiga ta’sir ko'rsatuvchi rivojlanish 
sharoitlari ostida miya va muloqotning morfofiziologik o'ziga xos 
xususiyatlari tushuniladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin