Psixik rivojlanishning yuqoridagilardan tashqari
m e ’y o riy
va
individual rivojlanish shakllari ham mavjud. Me’yoriy rivojla
nish shu yosh davridagi insonlarga xos bo‘lgan o‘zgarishlarni
tavsiflaydi. Aksariyat hollarda m e’yor borasida, psixologik va
shaxs rivojlanishining yuqori darajasi deb qaraladi. Individual
rivojlanish shaxsning alohida xususiyatlarining vujudga kelishi-
ni anglatadi.
Psixologiyaning asosiy tushunchalaridan biri — psixologik yosh-
dir. U individning ontogenezdagi obyektiv, tarixiy va xronologik
jihatlarini belgilaydi.
Shunday qilib, ushbu bobda psixologiyaning tarmoqlaridan
biri bo‘lgan yosh psixologiyasining predmeti, obyekti, umumiy,
nazariy va amaliy vazifalari, psixik taraqqiyot determinatsiyasi
hamda fanning asosiy tushunchalari bo‘lmish, rivojlanish va psi
xologik yosh tushunchalariga to‘xtalib o‘tdik.
Dostları ilə paylaş: