Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Jinsiy rivojlanish bosqichlari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/240
tarix28.11.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#168659
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Jinsiy rivojlanish bosqichlari. 
Psixologiya deb nomlangan 
ilm-fanning yangi sohasi falsafa va biologiya fanlari negizida rivoj- 
langan. Vundt ham faylasuf, ham psixolog bolgan. Zigmund Freyd 
o‘zining shaxs nazariyasiga oid ta’sirli qarashlari bilan mashhur 
bolgan avstriyalik flzik hisoblanadi. Shvetsiyalik biolog Jan Pia- 
je olgan asrda bolalarni kuzatish sohasida yetakchilardan bolgan.
Zigmund Freyd fikriga kola, bolalik davrida hissiyotlarga 
kolsatilgan ta’sir, keyinchalik shaxsning o‘z-o‘zini anglashida 
namoyon boladi. Shundan boshlab 1920-yilda psixologiya «ruhiy
95


hayot» haqidagi fan sifatida vujudga keldi. Freyd nazariyasi gu- 
manistik nazariyaga qarshi qaratilgan hisoblanadi. Freyd nazari­
yasi psixoseksual nazariya hisoblanadi, yoshni davrlarga bo‘lishda 
ham u jinsiy ehtiyoj «libido»ga tayanadi.
• 
1. Oral bosqich
tug‘ilgandan 18 oygacha davom etadi. 
Psixojinsiy rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida asosiy qoni­
qish manbai asosiy organik talabni qoniqtirish bilan qo‘shiladi 
va ko‘krak bilan oziqlantirish bilan bog‘liq harakatlarni qo‘shadi: 
emish, tishlash va yutish.
• Oral bosqichda boshqa odamlarga munosabatiga nisbatan 
ustanovkalari shakllanadi, ya’ni tobelik, tayanch yoki mustaqillik, 
ishonch ustanovkalari va boshqalar. Ona bolasida jinsiy qiziqish- 
larni yuzaga keltiradi, uni sevishga o‘rgatadi. Aynan qoniqish- 
ning optimal darajasi (stimul) oral zonada (ko‘krakdan oziqla- 
nish, emish) sog‘lom mustaqil katta hayot asoslarini yaratadi.
• Hayotining birinchi olti oyida onalik munosabatlarining 
chegarasi haddan ziyod yoki aksincha yetishmayotgan stimulyat- 
siya shaxsiy rivojlanishni buzadi, oral passivlik fiksatsiyasi so- 
dir bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, katta odam atrofdagi dunyoga 
moslashish usullaridan biri sifatida ishonuvchanlik, nochorlikni 
namoyish etadi, o‘z harakatlarini chetdan ma’qullanishiga yor­
dam sezadi. Haddan ziyod ota-ona mehri jinsiy yetilishni tez- 
lashtiradi va bolani «erkatoy» tobe qilib qo£yadi.
• Hayotni birinchi yilining ikkinchi yarmida tishlar chiqishi 
bilan asosiy e’tibor tishlash va chaynashga qaratilganda oral bos- 
qichni oral sadistik fazasi keladi. Oral sadistik fazasidagi katta 
odamda shunday xususiyatlarni keltirib chiqaradiki, janjalkashlik, 
boshqalarga haddan ziyod talabchanlik munosabati pessimizm.
• Og‘iz qismi Freyd fikricha, odamning butun hayoti 
mobaynida muhim erogen zona bo‘lib qoladi. Libidoni oral zona- 
ga boglanib qolishi ba’zida tishlash, saqish chaynash va shu ka- 
bilarda namoyon boladi.


Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin